5-mavzu. Aloqa tizimlari va uning modellari. Reja


n – kodli kombinatsiya bitlari soni; p12



Yüklə 327,67 Kb.
səhifə3/4
tarix19.04.2023
ölçüsü327,67 Kb.
#100738
1   2   3   4
5-Aloqa tizimlari va ularning modellari qo\'shimcha

n – kodli kombinatsiya bitlari soni;

  • p12 – 1-holatdan 2-holatga o’tish ehtimolligi;

  • p24 – 2-holatdan 4-holatga o’tish ehtimolligi;

  • p31 – 3-holatdan 1-holatga o’tish ehtimolligi;

  • p43 – 4-holatdan 3-holatga o’tish ehtimolligi;

  • p2o – 2-holatda xato paydo bo’lish ehtimolligi;

  • p3o – 3-holatda xato paydo bo’lish ehtimolligi;

  • ticks – modellashtirish aniqligini oshirish uchun ishlatiladigan o’zgaruvchi;

  • chiqish:

    1. TDo qiymatlarining soni;

    2. Do – n uzunlikdagi kodli kombinatsiyadagi xato bitlar soni (xatolar karrasi);

  • lokal:

    1. do – to’g’ri uzatilgan bitlar soni;

    2. ns – uzatilgan bitlar soni;

    3. p – bir holatdan boshqasiga o’tish zarurligini aniqlaydigan vaqtincha o’zgaruvchi;

    4. p23 – 2-holatdan 3-holatga o’tish ehtimolligi;

    5. p32 – 3-holatdan 2-holatga o’tish ehtimolligi;

    6. po – xatolikning mavjudligini aniqlaydigan vaqtincha o’zgaruvchi.

    Joriy SF-diagrammasidagi beginG’ holati boshlang’ich hisoblanadi. Joriy holat to’g’ri uzatilgan bitlar hisoblagichini (do) va uzatilgan bitlar (ns) hisoblagichini nol holatiga tushirish, shuningdek p23 va p32 qiymatlarini hisoblash uchun kerak.


    st2G’ holati Petrovich modelining 2 holatiga mos keladi (6.1-rasm). beginG’ holatidan st2G’ holatiga o’tish shartsiz ravishda amalga oshiriladi. Bunday holatda joriy modelda boshlang’ich holatda kanal 2 “yomon” holatda bo’ladi deb olinadi. Shunga qaramay, bu yondoshuv modellashtirishning yetarlicha uzoq davomiyligida (105 dan ko’p) natijalarga ta’sir ko’rsatmaydi. st2G’ holati o’z ichiga uchta voris holatlarni oladi: st21G’, st22G’ va st23G’.
    st21G’ holati kanal 2-holatda bo’lganda xatolik bor yoki yo’qligini aniqlaydi. ml.rand(1) funksiyasi [0; 1] intervalda tasodifiy sonni beradi. Agar po qabul qilgan qiymat po > p2o shartni qanoatlantirsa, st22G’ holatiga o’tish sodir bo’ladi, bu bitta bitni uzatishda xato yo’qligiga mos keladi. Aks holda (pop2o bo’lganda) Do qiymati hisoblagichi T ning qiymati bittaga oshiriladi, chiqish o’zgaruvchisi Do ga do qiymati o’zlashtiriladi va beginG’ holatiga o’tish yuz beradi.

    Rasm 4.7 – Tadqiq qilinayotgan diskret kanal Petrovich modelining SF-diagrammasi

    st22G’ holatida uzatilgan bitlar hisoblagichi (ns) va to’g’ri uzatilgan bitlar hisoblagichi (do) qiymatlari bittaga oshiriladi. Agar uzatilgan bitlar hisoblagichi qiymati kodli kombinatsiya uzunligidan kichik bo’lsa (ns < n), st23G’ holatiga o’tish sodir bo’ladi. Aks holda Do qiymati hisoblagichi T ning qiymati bittaga oshiriladi, chiqish o’zgaruvchisi Do ga do qiymati o’zlashtiriladi va beginG’ holatiga o’tish yuz beradi.


    st23G’ holatida 2-holatdan 3-holatga yoki 4-holatga o’tish zaruriyati aniqlanadi. Agar p < p24 sharti bajarilsa, unda st4G’ holatiga o’tish sodir bo’ladi. Aks holda tizim st3G’ holatga o’tadi.
    st4G’ holati Petrovich modelining 4-holatiga mos keladi. Bu holat o’z ichiga 2 ta voris holatlarni oladi: st41G’ va st42G’. Bu holatda xatoliklar yuzaga kelmaydi.
    st41G’ holatida uzatilgan bitlar hisoblagichi (ns) va to’g’ri uzatilgan bitlar hisoblagichi (do) qiymatlari bittaga oshiriladi. Agar uzatilgan bitlar hisoblagichi qiymati kodli kombinatsiya uzunligidan kichik bo’lsa (ns < n), st42G’ holatiga o’tish sodir bo’ladi. Aks holda Do qiymati hisoblagichi T ning qiymati bittaga oshiriladi, chiqish o’zgaruvchisi Do ga do qiymati o’zlashtiriladi va beginG’ holatiga o’tish yuz beradi.
    st42G’ holatida 4-holatdan 3-holatga o’tish zaruriyati aniqlanadi. Agar p < p43 sharti bajarilsa, st3G’ holatiga o’tish sodir bo’ladi. Aks holda tizimi st4G’ holatida qoladi (ya’ni, st41G’ holatiga o’tadi).
    st1G’ va st3G’ holatlari Petrovich modelining 1 va 3-holatlariga mos keladi (6.1-rasm). Bu holatlarda kechadigan jarayonlar yuqorida keltirilganlari bilan bir xil.
    Modellashtirish natijasida olingan qiymatlar error-free_period11.mat fayliga Gilbert modelidagi kabi yoziladi.



    Yüklə 327,67 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin