Men Surxandaryo viloyati Sho’rchi tuman Iqtisodiyot va Moliya bo’limida amaliyot o’tash jarayonimda tumanning yillik daromadlari va xarajatlari smetasi hamda tashabbusli byudjet mablag’lari hisobidan qanday va qancha xarajatlar qilinishini byudjet tushumlarining qayerdan paydo bo’lishini o’rgandim.
Bundan tashqari amaliyot o’tash jaryonida byudjet tashkilotlari xarajatlarini tahlil qilish va yo’nalishlari bo’yicha ya’ni sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya, obod qishloq jamg’armasiga ajratilgan mablag’lar xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim, kadrlar tayyorlashga qilingan xarajatlar bo’yicha tashkilotlar tomonitan taqdim etilgan xarajatlar smetasining moliyalashtirish usullari amaliyot utash joyimdan biriktirilgan xodim O’ Meliqulov tomonidan amaliy tushunchalar berish orqali o’z nazariy bilimlarimni yanada mustahkamladim.
Amaliyot o’tash vaqtida nazariy bilimlar bilan birgalikda amaliyotni ham mustahkamlash, moliya sohasidagi dunyoqarashni kengaytirish va bo‘lajak mutaxassislarning malakasini oshirishga xizmat qiluvchi amaliy ko‘nikmalarni egallashga qaratilgan. Malakaviy amaliyoti mazmuniga qo'yiladigan asosiy talablar: Malakaviy amaliyot bo'yicha mutaxassis tomonidan hal qilinishi kerak bo'lgan vazifalarga mos kelishi; talabalarning oliy o‘quv yurtida o‘qish davomida egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari hajmidan kelib chiqib, o‘z oldiga vazifalar qo‘yish va mustaqil ta’lim asosida yangi ilmiy-texnik bilimlarni egallashni hamda kelajakda ilmiy ishlar qilishni ta’minlash;o‘quv jarayonida olingan nazariy bilimlarni tahlil qilish va amaliyotda qo‘llashga qaratilgan ijodiy bo‘lish. Har bir amaliyotning tashkiliy tuzilishi bir xil bo'lib, quyidagilarni o'z ichiga oladi: talabalarni amaliyotning maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish; talabalar uchun ish joylarini tanlash va vaqt balansini aniqlashtirish; talabalarni amaliyot mazmuni bilan tanishtirish; talabalarga individual topshiriqlar berish va ularni bajarish; ma'ruzalar va ekskursiyalar o'tkazish.
Malakaviy amaliyot maqsadi - bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash, olgan bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rish va kasbiy faoliyat maʼsuliyatini his etish va o‘z ustida ishlash ko‘nikmasini shakllantirish, shuningdek, tajribali mutaxassislarning ish faoliyatini o‘rganishdan iborat. Kelajakda muxtaram prezidentimiz Sh. Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan siyosat jarayonida aktiv qatnashish vazifamizga kiradi.