5-mavzu: asimmetrik axborot reja



Yüklə 28,64 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü28,64 Kb.
#207776
5-mavzu


5-MAVZU: ASIMMETRIK AXBOROT
Reja:
5.1. Noaniqlik sharoitida tanlov
5.2. Tavakkalchilikka munosabat
5.3. Tavakkalchilikni pasaytirish
5.4.Asimmetrik axborotlashgan bozor. Mahsulot sifati noaniqligi va limonlar bozori
5.5. Ma’naviy tavakkalchilik va noto‘g‘ri tanlov
5.6. Prinsipal agent muammosi va sub’ektiv risk
Kelajakka taalluqli har qanday harakat noaniq natijaga ega. Daromadlarimizning bir qismini bankka depozitga joylashtirganimizda bankdan pulni qaytarib oladigan davrda uning xarid quvvati qancha b o`lishini bilmaymiz, negaki o`tadigan davr oralig`ida inflyasiya sur'atlari qanchalik o`sishi bizga noma'lum. Yoki biror maqsadda bankdan uzoq muddatli kredit olib, uni kelgusida oladigan daromadlarimizdan qoplashni rejalashtiramiz. Ammo kelgusida oladigan daromadlarimiz har doim ham aniq bo`lavermaydi. Bugun xarid qilingan aksiyaning bo`lg`usi qiymati ham bizga noma'lum, chunki biz aksiyasini xarid qilgan aksiyadorlik kompaniyasining kelgusidagi moliyaviy holati, obro`-e'tibori va dividend siyosati fond bozorlarida aksiya qiymatiga kuchli ta'sir ko`rsatadi. Tadbirkorlik faoliyati — tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari tomonidan amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o`z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat. Demak, tadbirkorlikka yoki daromad olish uchun tikilgan kapitalning qiymati kelgusida undan olinadigan daromad qiymatiga bog`liq ekan, demak u noaniqlik va risk (tavakkalchilik) bilan b o`langan ekan. Risk (tavakkalchilik) – bu har qanday usul bilan baholangan ehtimollik, noaniqlik esa baholab b o`lmaydigan holat. Noaniqlik sharoitida iste'molchilar tomonidan ham, ishlab chiqaruvchilar tomonidan ham sotuvchi va xaridorlar sifatida qaror qabul qilishga to`g`ri keladi va bu qabul qilingan qarorlar albatta, ma'lum darajadagi risklar (tavakkalchilik) bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Noaniqlik cheklangan resurslarni samarasiz taqsimlanishiga, ortiqcha sarflarga, vaqtni yo`qotishga olib keladi. Shu vaqtgacha biz barcha ko`rsatkichlar (narx, iste′molchi daromadi, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, olinadigan foyda, xarajatlar) aniq berilgan deb keldik. Lekin, real hayotda bozor sub′ektlari tomonidan qabul qilinadigan qaror noaniqliklar bilan bog`liq. Ma′lumki, to`g`ri qaror qabul qilishning asosiy sharti - bu axborot. Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish deganda, to`liq axborot bo`lmaganda qaror qabul qilish tushuniladi. Biror voqea yoki hodisa to`g`risida axborot to`liq bo`lmasa, qabul qilingan qaror salbiy oqibatlarga, ya′ni ma′lum yo`qotishlarga olib keladi. Ushbu yo`qotishlar tavakkalchilikni bildiradi. Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilishda tavakkalchilik (yo`qotish) darajasini bilish, uni oldini olish uchun, tavakkalchilik darajasini kamaytirish uchun, chora tadbirlar ko`rishga imkon beradi. Tavakkalchilikni o`lchash. Tavakkalchilikni o`lchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan bog`liq. Amerikalik olim F.Nayt (1885-1974) ehtimolni ikki turga bo`ladi: matematik, ya′ni oldindan aniqlash mumkin bo`lgan ehtimol va statistik ehtimol. Birinchi tur ehtimolga tanganing raqam yoki gerb tomonini tushish ehtimoli 1/2 ga tengligi yoki o`ynaydigan olti qirrali toshning oltita raqamidan bittasini tushishi ehtimolining 1/6 ga tengligi misol bo`lishi mumkin. Ikkinchi turdagi ehtimolni empirik, ya′ni faraz qilish yo`li orqali aniqlash mumkin. Masalan, korxonaga xom ashyoni vaqtida etib kelmaslik ehtimoli faraz qilinganda, ushbu faraz qilingan raqam baholovchining bilimiga tajribasiga asoslanadi. Nima uchun deganda, ushbu voqeaning takrorlanishi to`g`risida statistik ma′lumotlar yo`q. Ehtimol sub′ektiv ravishda aniqlanganda, bitta hodisani har xil insonlar har xil qiymatdagi ehtimol bilan baholaydi. Yuqoridagi misolda voqeaga ta′sir qiluvchi tasodifiy omillar ko`p va ularni hammasini bartaraf qilish mumkin emas. Bundan tashqari, bu yerda teng ehtimolli alternativ variantlarning o`zini yo`qligi ehtimolni matematik hisob-kitoblar orqali aniqlashga imkon bermaydi. Birinchi turdagi ehtimolni ob′ektiv ehtimol desak, u iqtisodiyotda kamroq uchraydi, ikkinchi turdagi ehtimol sub′ektiv ehtimol bo`lib, biznesga xosdir. Ham ob′ektiv va ham sub′ektiv ehtimollar tavakkalchilik darajasini ifodalashda va tanlashda foydalaniladi. Ob′ektiv ehtimol o`rtacha qiymatni aniqlashga yordam bersa, sub′ektiv ehtimol olinishi mumkin bo`lgan natijalarning o`zgaruvchanlik mezonini aniqlashga yordam beradi. Tavakkalchilikni miqdoriy aniqlash uchun biror voqea yoki hodisaning olib kelishi mumkin bo`lgan oqibatlarini va bu oqibatlarning ehtimolini bilish kerak bo`ladi. Kutiladigan miqdor - bu mumkin bo`lgan barcha natijalarning o`rtacha o`lchangan qiymatlari. Bu yerda har bir natijaning ehtimoli ushbu mos qiymatlarning takrorlanish chastotasi yoki o`lchovi.    n i iinn xxххXE 1 2211)(    , Bu yerda: i x - mumkin bo`lgan natija; i  - ushbu natijaning paydo bo`lish ehtimoli,    n i i 1 1  . Masalan, firma yangi mahsulot ishlab chiqarmoqchi, agar firmaning yangi mahsuloti bozorda muvaffaqiyatga erishsa, har bir aksiyani 10000 so`mdan sotish mumkin, agar muvaffaqiyatga erishmasa, bir aksiya uchun 1000 so`m olinadi. Firma mahsulotining bozorda muvaffaqiyatga erishish ehtimoli 0,6 ga teng bo`lsa, kutiladigan dividend qiymati quyidagicha aniqlanadi: 640010004,0100006,0)( XE so`m/aksiya. Chetlanish - bu haqiqiy natija bilan kutiladigan natija o`rtasidagi farq bo`lib, u tavakkalchilikdan (yo`qotishdan) darak beradi. Ushbu farq qancha katta bo`lsa yo`qotish, ya′ni tavakkalchilik ham shuncha yuqori bo`ladi. Faraz qilaylik tadbirkorning bir oylik soliq to`lovi 400 ming so`m, soliq to`lashdan qochganlik uchun jarima 10 000 ming so`m. Agar soliq inspeksiyasining yashirgan soliqni aniqlash ehtimoli 1/5 bo`lsa, tadbirkor uchun natijaning kutiladigan qiymati: E (x) = 4/5 × 400  1/5 × 10 000 = 320  2000 =  1 680 ming so`m. Demak, soliqdan qochish tadbirkorga foyda keltirishdan ko`ra zararli ekan. Noaniq holat natijalarining mumkin bo`lgan chegaralari – o`zgaruvchanlik deb ataladi. Faraz qilaylik talaba o`qishdan keyin qo`shimcha ish izlayapti. Uning uchun ikkita variant mavjud. Birinchisi, firmada sotish bo`yicha menedjer bo`lib ishlash, unda sotilgan mahsulotdan % shaklida maosh oladi. Agar tovar aylanmasi yaxshi bo`lsa, oyiga 1 500 ming so`m, yomon holatda esa 800 ming so`m maosh olish ehtimoli bor. Sotish hajmini yaxshi yoki yomon bo`lish ehtimoli 1/2.
Ikkinchi variant firma adminstrasiyasida qat'iy belgilangan oklad bo`yicha maosh olish. Bunda maosh miqdori 900 ming so`m, ammo shtat qisqarib, talaba ishsiz qolishi va bo`shaganda 700 ming so`m kompensasiya olishi mumkin (ehtimoli 10 %). Quyidagi 8.1-jadvalda mumkin bo`lgan natijalar va ularning ehtimoli keltirilgan. 8.1- jadval Ish joylari variantlari bo`yicha daromad olish ehtimoli
Oylik maoshi
1- natija 2 – natija Ehtimoli Daromad, ming so`m Ehtimoli Daromad, ming so`m
Sotuvdan foiz shaklida
0,5 1 500 0,5 800
Qat′iy oklad 0,9 900 0,1 700
Manba: shartli raqamlar
Bunda ikkala ish joyidan olinishi kutiladigan daromad miqdori: Birinchi variantda: E(x) = 0,5×1 500 + 0,5 × 800 = 1 150 ming so`m; Ikkinchi variantda: E(x) = 0,9× 900 + 0,1 × 700 = 880 ming so`m. Ikkala ish joyi uchun ham mumkin bo`lgan natijalarning o`zgaruvchanligi har xil. Ushbu o`zgaruvchanlikka ko`ra tavakkalchilikni tahlil qilish va uning katta yoki kichikligi to`g`risida gapirish mumkin. Bunday mezonga ko`ra, haqiqiy natija bilan kutiladigan natija o`rtasidagi farq (u musbat yoki manfiy bo`lishidan qat′iy nazar) qancha katta bo`lsa, bunday chetlanish shuncha katta tavakkalchilik bilan bog`liq ekanligidan darak beradi. Amaliyotda chetlanishni o`lchash uchun bir-biridan farq qiladigan ikkita mezon ishlatiladi. Birinchisi, dispersiya bo`lib, u haqiqiy natijadan kutiladigan natijani ayrilganining o`rtacha o`lchovi miqdori kvadratiga teng, ya′ni:    n i ii x Ex 1 22 )]([ 
Bu yerda: 2  -dispersiya; i  - i-natijaning ehtimoli; i x - mumkin bo`lgan natija; ) (xE - kutiladigan natija. Bizning misolimizda:    2 22 2 11 2 ) ()( x ExxEx    .
Ushbu formuladan foydalanib quyidagi jadvalda ikkita daromad manbai uchun haqiqiy natijalarning kutiladigan natijlardan chetlanishini topamiz Haqiqiy natijalarni kutiladigan natijalardan chetlanishi, ming so`mda
Ish joyi Sotuvdan foiz shaklida Qat′iy oklad shaklida
natija Chetlanish natija chetlanish
Birinchi 1 500 350 800 350 Ikkinchi 900 20 700 180
Manba: shartli raqamlar
2
1 
= 0,5 (1500  1 150)2 + 0,5 (800  1 150)2 = 61 250 + 61 250 =
122 500. 2 2 
= 0,9 (900  880)2 + 0,1 (700  880)2 = 360 + 3 240 = 3 600. Ko`rinib turibdiki, har ikkala variant dispersiyalari keskin farq qiladi. Agar bu dispersiyalarni kvadrat ildizdan chiqarsak standart (o`rtacha kvadrat) chetlanish hosil bo`ladi. Standart chetlanish (o`rtacha kvadratik chetlanish ham deyiladi), bu
dispersiyadan olingan kvadrat ildizga teng, ya′ni:
   2 , bu yerda
-
standart chetlanish. Birinchi ish joyi uchun standart chetlanish 350 1225001   
so`m. Xuddi shunday yo`l bilan ikkinchi ish joyi uchun standart chetlanish 6036002   so`m. Bu shundan darak beradiki, birinchi variantda ikkinchi variantga nisbatan tavakkalchilik (risk) yuqori. Ikkala mezon ham bu yerda bir hil vazifani bajaradi, gap ularning qaysi biri foydalanishda o`ng`ayligida. Ko`rinib turibdiki ikkala holda ham ikkinchi ish joyi birinchiga qaraganda kamroq tavakkalchilikka (yo`qotishga) ega
Yüklə 28,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin