Ajdodlarimiz qadim zamonlardan boshlab so‘z san’atining, xususan, og‘zaki ijrochilik
san’atining inson ruhiyatiga ko'rsatadigan ta’sirigajuda katta c’tibor bilan qaraganlar.
Shuma’noda, ifodali o‘qish san’atining tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi.
0‘rta Osiyoda ifodali o'qish san’atining taraqqiy etishida “Avesto”, “Bundaxishn”, “Dinkard”
kabi diniy xarakterdagi asarlaming ahamiyati katta bo‘lgan. Inson axloqini poklashga qaratilgan
ushbu asarlar ko‘proq og‘zaki ijrochilik vositasida xalq orasiga kirib borgan-ligi m
a’lum.
Jumladan
, “Avesto”ning asosiy mohiyatini tashkil etgan “Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu am
al” ta’limotini xalq o‘rtasida targ‘ib qilib, odamlar qalbida ezgulik tuyg‘ularini uyg‘otishda
kohinlaming xizmati beqiyos edi. Kohinlar faqat din targ‘ibotchilari sifatidagina emas,
balki
ifodali so‘z sehri bilan mo‘jizalar ko‘rsatuvchi san’atkor ijrochilar sifatida ham shuhrat
qozonganlar. Ular “Avesto”dagi ibodat qo'shiqlarini, Ahura Mazda so‘zlarini, afsona va
rivoyatlami yorqin nutq, ifodali so‘z va jozibador ovoz bilan ijro etib xalq ommasini o ‘z
g‘oyalariga ishontirganlar.
Badiiy so‘z san’ati, shu jumladan, ifodali o‘qish san’ati xalqning umumtaraqqiyot tarixiga
bog‘liq holda rivojlanib bordi. Jamiyat taraq-qiyoti o‘rtaga qo‘ygan talablar
hamda mavjud shart-
sharoit tufayli, IX - XV asrlarda Markaziy Osiyoda ilm-fan va madaniyat yuksak taraqqiyot
bosqichiga ko‘tarildi. Mana shu davrlarda Qur’oni Karim targ‘ibi bilan bog‘liq holda, voizlik
san’ati rivojlandi. Voizlik san’atining taraqqiy etishi esa, ifodali o‘qish san’ati tarixida muhim
o‘rin tutadi.
Ma’lumki, Qur’oni Karim o‘z zamonasining nafis adabiy usuli saj’da vahiy qilingan bo‘lib, u
so‘z san’atining oliy namunasi hisob lanadi. Qur’oni Karimni o ‘qish voizdan juda katta ilmiy
salohiyatni,
ayni paytda
, yoqimli ovoz sohibi boMishni ham talab qilardi.
Shu bois-dan ham
Qur’on suralarini maftunkor qiroat, jozibali ohangda o‘qishga o ‘rgatuvchi “Ilmi balog‘a”
san’atiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu haqda Abu Rayhon Beruniy “Geodeziya” asarining kirish
qismida shunday deydi: “A rab nutqida balog‘aning mavjudligi Q u r’on targ ‘ibotida muhim
aham iyat kasb etadi. Balog‘a arab nutqining ziynatidir”
Voizlik (notiqlik) san’ati 0‘rta asrlarda juda katta ijtimoiy-siyosiy mavqega ega bo‘lib,
umumdavlat ahamiyatiga molik ish hisoblangan. Voizlik san’atining dabirlik, xatiblik,
muzakkirlik kabi turlari mavjud bo‘lib, ba’zi voizlar dabirlik - davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan
yozish-malami o‘qish va yozib berish bilan, ba’zi voizlar xatiblik - juma kun-lari Qur’oni Karim
suralari asosida xalqni odob-axloqqa chaqirish bi lan, ba’zilari esa muzakkirlik
- tarixiy voqea-
hodisalami gapirib berish bilan shug‘ullanganlar.
Qadimda xalq ommasi oldida nutq so‘zlovchi kishi voiz, uning nutqi esa va’z deb yuritilgan.
Voizlik nihoyatda sharafli va, ayni paytda, mas’uliyatli kasb bo‘lgan. Omma oldiga chiqib bir
necha soatlab nutq so‘zlovchi kishi tinglovchilaming tuyg4ulariga ta’sir o‘tkazishi,
ishon-tirishi
,
so‘z sehri bilan ularni toMqinlantirishi uchun juda katta bilim va iqtidorga, fasohat va mahoratga
ega bo‘lishi lozim edi. Shu bois-dan minbarga chiqib so‘zlovchi kishilaming hammasi ham voiz
degan sharafli nomga ega bo‘lavermagan.
So‘z ijrochiligi san’atiga asoslangan voizlik va suxandonlik, lining inson hayotida tutgan o‘mi
haqida Kaykovusning “Qobusnoma”, Nizo-miy Aruziy Samarqandiyning “Nodir hikoyatlar”,
Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, Husayn Voiz Koshifiyning “Dah majlis”, “Sahifai
shohi”, Faxriddin Ali Safiyning “Latoif ut-tavoif ’ kabi asarlarida qim-matli fikr-mulohazalar
bayon etilgan.
Jumladan, Alisher Navoiy voizlar haqida shunday fikrlami yozadi: “Va’zxon
shunday bo‘lishi kerak-ki, uning majlisiga bo‘sh kirgan odam to‘lib chiqsin, to‘la kirgan odam
esa, yengil tortib holi qaytsin. Voiz olim va halol ish ko‘ruvchi bo‘lsa, uning nasihatidan chetga
chiqqanlar gunohkor bo‘ladi. Agar u boshqalarga buyursa-yu, o‘zi qilmasa, uning so‘zlari hech
kimga ta’sir etmaydi va foyda keltirmaydi”
Ushbu fikrlar zamiriga juda katta ibrat va hikmat m a’nolari singdiril-gan. Demak,
xalqqa pand-
nasihat aytib
, ulami to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi voiz nafaqat ilmi va chiroyli so‘zlari bilan, balki
o‘zining yuksak axloq-odobi, halol hayot tarzi bilan ham boshqalarga namuna bo‘lishi lozim.
Buyuk tafakkur egalarining butun bir avlodi yetishib chiqqan, ja-honni ilm -ma’rifat nuri bilan
yoritgan uyg‘onish davri deb yuritiladigan zamonlarda 0‘rta Osiyoda so‘z san’ati, shuningdek,
notiqlik san’ati ham taraqqiy etdi. Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud
Koshg'ariy,
Abulqosim Zamaxshariy
, Alisher Navoiy kabi ulug‘
siymolar ilm-fanning turli
sohalariga oid kashfiyotlar bilan bir qatorda, notiqlik san’ati asoslarini ham yaratdilar.
Dostları ilə paylaş: