Milliy g'oya negizlarini asrab-avaylash, uni himoya qilish shart-sharoitlari va omillari Reja



Yüklə 35,15 Kb.
səhifə1/6
tarix02.11.2022
ölçüsü35,15 Kb.
#67164
  1   2   3   4   5   6
Mg\'nvt 8-mavzu


Milliy g'oya negizlarini asrab-avaylash, uni himoya qilish shart-sharoitlari
va omillari
Reja
1. Milliy g'oyaning negizlari tushunchasi, uning mazmun va mohiyati.
2. Milliy ma'naviy meros va umuminsoniy demokratik prinsiplar. Ruhiy safarbarlik va ma'naviy jipslikning milliy g'oya negizida shakllanishi.
3. Milliy g'oya va milliy ma'naviy meros o'rtasidagi uzviylikning Prezident Islom Karimov asarlarida nazariy asoslanishi.
4. Milliy g'oya negizlarini asrab-avaylash, uni himoya qilish shart-sharoitlari va omillari.
5. Milliy g'oyaning rivojlanib, yangilanib borishi – umumiy qonuniyat ekanligi.

11.1. Milliy g‘oyaning negizlari tushunchasi, uning mazmun va mohiyati
Milliy g‘oyaning ma’no-mazmunini belgilaydigan asoslardan biri xalqimizning qadimiy va boy tarixi bo‘lib, yurtimizdagi qadimiy obidalar, osori atiqalar xalqimizning yuksak salohiyati, kuch-qudrati, bunyodkorlik an’analari, Vatanimizning shonli tarixi, boy tarixiy moddiy va ma’naviy merosi to‘g‘risidagii tasavvur va tushunchalar, shu muqaddas diyorda yashayotgan har bir inson qalbida g‘urur – iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi. Xalq og‘zaki ijodi namunalari, san’at durdonalari, milliy qahramonlarimizning ibratli hayoti milliy g‘oya va mafkuramiz oziqlanadigan manbalardir.
Har qanday g‘oya singari milliy g‘oya ham o‘zining tub ildizlariga egadir. Shu ma’noda unga kuch berib, rivojlanishi uchun asos vazifasini o‘taydigan milliy g‘oya negizlarini asrab-avaylash, uni himoya qilish shart-sharoitlarini yaratish bilan birga, uning rivojlanishiga munosib hissa qo‘shish yurtning baxtli kelajagini o‘ylagan har bir fuqaro uchun mas’uliyatdir.
Milliy g‘oya fanining tarixiy ildizlari o‘zbek xalqining milliy o‘zligini anglashi, ozod va obod Vatani ravnaqi yo‘lida tinmay samarali erkin mehnat qilishi, insoniylikni ulug‘ fazilat deb bilib, komil insonlarni voyaga yetkazishga yordam beruvchi moddiy va ma’naviy madaniyat yutuqlariga asoslanadi. Milliy g‘oyaning falsafiy asoslari deb har qanday g‘oya va mafkuraning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishi uchun ma’naviy asos bo‘lib, nazariy-uslubiy vazifani bajaradigan ilmiy falsafiy ta’limotlarga aytiladi.
Milliy g‘oya tamoyillari asosida O‘zbekistonda barpo etilayotgan demokratik jamiyat asoslarining eng qadimgi ildizlaridan biri “Avesto”dir. U miloddan avvalgi IIV-IV asrlarda hozirgi O‘zbekistonning Xorazm viloyati hududida yaratilgan ilk davlatchilik to‘g‘risidagii ijtimoiy-falsafiy, diniy ta’limot hisoblanadi. ”Avesto”ni “Hayot yo‘riqnomasi”, ”Qonunlar to‘plami”, “Bilimlar majmuasi” deb bejiz atashmagan. Avestoda xalqimizning miloddan avvalgi davrdagi hayoti, dunyoqarashi, olam va odam to‘g‘risidagii tasavvur, urf-odat va ma’naviy qadriyatlari, g‘oyalari, diniy qarashlari o‘zifodasini topgan. Hozirgi adolatparvar demokratik jamiyat asoslarini yaratishga qaratilgan milliy g‘oya bilan hamohang ijtimoiy-falsafiy fikr Avestoda mavjudligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, manbalarda yozilishicha, mahalliy xalqni o‘zasoratida tutib turish uchun bosqinchilar mustahkam o‘rnashib olish maqsadida “Mahalliy xalq ustidan o‘zhukmini yanada mustahkamlash, ular ustidan nazoratni kuchaytirishning zarurligi natijasi o‘laroq, boshqaruv apparati, boshqaruv markazi muntazam qurolli kuchlar, nazorat organlari tashkil etila boshlandi. Davlat ana shu tartibda tarkib topa boshladi”1. Ana shunday tarixiy sharoitda mahalliy xalqni birlashtirish ob’yektiv zaruriyatga aylanib, qadimgi ma’naviy merosimiz bo‘lgan Avestoda milliy g‘oyani asrab-avaylash, xalqni jipslashtirish, uni ma’naviy yuksaklikka da’vat etish, odamlar o‘rtasida mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlash va xalq an’analarini saqlab qolish kabi fikrlar ilgari surilgan. Miloddan oldingi IIV-asrda Markaziy Osiyo hududida temirdan yasalgan mehnat qurollari keng tarqalib, mehnat unumdorligi oshdi, jamiyatda mulkiy jihatdan tabaqalanish yuz berib, turli tabaqalar, chorvador va o‘troq ziroatkor xalqlar o‘rtasidagi ziddiyatlar kuchaydi. Mana shunday sharoitda jamiyatdagi barcha odamlarning manfaatlariga javob beruvchi mafkuraga ehtiyoj vujudga kelib, bu mafkura vazifasini Avesto bajardi. Markaziy Osiyo hududidagi ilk davlatlar – Qadimgi Baqtriya va Katta Xorazm davlatlari Avesto bilan bir vaqtda vujudga kelgan bo‘lib, Zardo‘sht ta’limoti cho‘l bilan voha xalqi, kelgindi va o‘troq xalqlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etdi. “Avesto”da davlat boshqaruvi tizimiga doir, jamiyat tarixi va uning rivojlanishiga oid ma’lumotlar o‘zifodasini topgan bo‘lib, unda avvalo inson haq-huquqi, manfaati, erki, uning ruhiy, ma’naviy komilligi masalalariga katta e’tibor qaratilgan. Avestoda “Ezgu fikr, ezgu so‘zva ezgu amal”ni amalga oshirish asosiy g‘oya bo‘lib hisoblanib, barcha insonlar unga da’vat etiladi. Shu bilan birgalikda zardushtiylar iymoni mana shu uch so‘z“Ezgu fikr, ezgu so‘zva ezgu amal”dan iborat ekanligi ta’kidlanadi. Avestoda sog‘lom avlod g‘oyasini amalga oshirish masalasida ham bir qator falsafiy fikrlar ilgari surilgan. Oila qurishda yigit va qizning sog‘lom bo‘lishi, inson faqat halol mehnat evaziga topilgan rizqni yeyishi, oila qurganda er va xotinning teng huquqliligi masalalariga katta e’tibor qaratilgan. Avesto Vatanimiz hududida buyuk davlat, buyuk madaniyat, buyuk ma’naviyat bo‘lganidan guvohlik beruvchi bebaho tarixiy hujjat bo‘lib, ming yillar, asrlar davomida avlodu-ajdodlar uchun ma’naviy-ruhiy tayanch, cheksiz kuch-quvvat manbai bo‘lib kelgan. Qadimgi ajdodlarimizning ezgu g‘oyalari va milliy davlatchilik an’analari aks etgan bu kitobda milliy g‘oyamizning tarixiy negizlari o‘zifodasini topgandir.
O‘rta asr Sharq Uyg‘onish davrining buyuk mutafakkirlaridan biri Abu Nasr Forobiy o‘zining “Fozil odamlar shahri” risolasida jamiyatni boshqarish tizimi haqidagi ilmiy-nazariy ta’limotni yaratdi. Forobiyning demokratik jamiyat haqidagi ta’limotining asosini adolat va axloq, qonunchilik g‘oyasi tashkil etadi. “Madaniy jamiyat va madaniy shahar (ya’ni mamlakat) shunday bo‘ladiki, – deb ta’kidlaydi Forobiy, – shu mamlakatning aholisidan bo‘lgan har bir odam kasbhunarda ozod, hamma barobar bo‘ladi, kishilar o‘rtasida farq bo‘lmaydi, har kim o‘zi istagan va o‘zi tanlagan kasb-hunar bilan shug‘ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod bo‘ladilar. Odamlarning tinchlik va erkinliklariga xalaqit beruvchi sulton bo‘lmaydi. Ular orasida turli yaxshi odatlar, zavq-lazzatlar paydo bo‘ladi”2.
Odil – demokratik jamiyat barpo etish haqida gap borar ekan, A.Temur va temuriylar davriga alohida to‘xtalmoq lozim. Chunki, bu davrda demokratik jamiyat nazariyasi emas, balki uning real voqelikda namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq muhim ilmiy-falsafiy g‘oyalarni uchratishimiz mumkin.
Ma’lumki, XII-XIII asrlarda Markaziy Osiyo mintaqasi mo‘g‘ullar tomonidan bosib olinib, ushbu jarayon shakllanayotgan milliy davlatchilik tamoyillari rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Mo‘g‘ullar istilosi Markaziy Osiyo xalqlari moddiy va ma’naviy madaniyati tanazzuliga olib kelib, shaharlar vayron qilindi, aholining ko‘pchiligi qirib tashlandi, milliy davlatchilik yo‘q qilindi. Ayniqsa, ma’naviy hayotda, iqtisodiyotning izchil rivojlanishida va ijtimoiy munosabatlarda bu ta’sir yaqqol namoyon bo‘lib, Markaziy Osiyo xalqlari qattiq jabr-zulm ostiga olindi, mehnatkash mahalliy aholi soliqlardan qattiq ezildi, ularga nisbatan zo‘ravonlik siyosati olib borildi. Mo‘g‘ullar istilosi davrida ming yillar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan moddiy va ma’naviy merosimizga juda katta zarar yetkazildi, ko‘plab ilm-fan maskanlari, madrasalar va qiroatxonalar yakson qilindi. Ana shunday, bir murakkab davrda Amir Temurning tarix sahnasiga chiqishi va Markaziy Osiyoda mustaqil davlatchilik tizimini shakllantirishi mamlakatda ichki nizolarni, mahalliy-xalqqa nisbatan adolatsizlikni bartaraf etishga olib keldi. Amir Temurning dunyoda buyuk shaxs, davlat arbobi, mashhur sarkarda, fan va madaniyat homiysi sifatida nom qozonishiga sabab bo‘lgan fazilatlar “Temur tuzuklari”da o‘zifodasini topgan bo‘lib, ushbu asarda davlatni boshqarish, mamlakatni idora qilish yo‘l-yo‘riqlari, qonun-qoidalari, pand-nasihatlari o‘rin olgandir. “Temur tuzuklari”da do‘stlik, vafodorlik, iymon va e’tiqod, kasb-hunar va boshqa insoniy fazilatlarga rioya qilish to‘g‘risida fikr yuritilgan. “Temur tuzuklari”da ilgari surilgan fikr va g‘oyalar bugungi kunda ham katta ahamiyatga egadir.
Yana tajribamda ko‘rib bildimki, davlat agar dinu oyin asosida qurilmas ekan, to‘ra-tuzukka bog‘lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo‘qoladi, – deydi Amir Temur, – Bunday saltanat yalang‘och odamga o‘xsharkim, uni ko‘rgan har kimsa, nazarini olib qochadi. Yoxud kasu nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigi – to‘sig‘i yo‘q uyga o‘xshaydi. Shuning uchun ham men o‘zsaltanatim binosini dini islom, to‘ra va tuzuk asosida mustahkamladim. Saltanatni boshqarishimda uchragan har qanday voqea va ishni to‘ra va tuzuk asosida bajardim 3 . Amir Temur davlatining mafkurasi Islom dinining Hanafiylik mazhabiga asoslangan bo‘lsa, to‘ra va tuzuk qonun-qoida, qonunlar degan ma’noni bildirib, Amir Temur davlatida davlat boshqaruvi qonunlarga asoslangan holda olib borilishini o‘zida ifodalaydi. Ikkinchidan, hayotda, davlat ishlarini boshqarishda odillik, adolat va haqiqatning ustuvorligini ta’minlash uchun kurash masalasi “Temur tuzuklari”da ilgari surilgan asosiy masaladir.
Amir Temurning Markaziy Osiyo xalqlari tarixida adolatli davlat barpo etishdagi tutgan o‘rni alohida ahamiyatga molik bo‘lib, u markazlashgan yirik davlatga asos solgan buyuk siymodir.
E’tiborli jihati shundaki, musulmonlarga diniy masalalardan ta’lim berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tafsir, hadis, fiqhdan dars bersinlar deb, har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qilganligi sohibqironning demokratik tizimni ijtimoiy hayotga joriy etish uchun ma’naviyat, mafkura va g‘oyaning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratganini ko‘rsatadi. Ijtimoiy qatlamlar va guruhlarga tayangan holda faoliyat yuritish hamda ularning manfaatlarini himoya qilish o‘sha davr boshqaruvining o‘ziga xos jihatlaridan biri edi. Temur esa, davlatni boshqarishda alohida ijtimoiy guruhlar, sinflar manfaatlarini himoya qilmasdan, davlat tizimining qatlamlariga, har bir fuqaroga tayanadi. Saltanatim ishlarini qonun-qoida va intizomga solib, saltanatim martabasiga zebu ziynat berdim, – deydi Amir Temur, – Saltanatimni o‘n ikki toifaga bo‘lib, ularga tayangan holda ish yurgizdim. Saltanatim qonun-qoidalarini ham shu o‘n ikki toifaga bog‘lab tuzdim. Bu o‘n ikki toifani saltanatim falakining o‘n ikki burji va davlatim korxonasining o‘n ikki oyi deb hisobladim 4 . “Temur tuzuklari”da aytilishicha, davlat asosini o‘n ikki ijtimoiy toifa tashkil qilib, ularga 1) sayyidlar, ulamo, mashoyix, fozil kishilar; 2) ishbilarmon, donishmand odamlar; 3) xudojo‘y, tarkidunyo qilgan kishilar; 4) no‘yonlar, amirlar, mingboshilar, ya’ni harbiy kishilar; 5) sipoh va raiyat; 6) maxsus ishonchli kishilar; 7) vazirlar, sarkotiblar; 8) hakimlar, tabiblar, munajjimlar, muhandislar; 9) tafsir va hadis olimlari; 10) ahli hunar va san’atchilar; 11) so‘fiylar; 12) savdogar va sayyohlar kiradi. “Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangizdir... Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo‘lsin”2, deydi Amir Temur.
Markaziy Osiyoda demokratik jamiyat barpo etish va bu jarayonda ma’naviyat, mafkura va milliy g‘oyaning naqadar muhimligi haqidagi ta’limotlar tariximizda ham, hozirgi davrda ham nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, yirik mutafakkirimiz Alisher Navoiy ham o‘zfaoliyatida amaliyot bilan nazariyaning birligini mujassam etgan siymolardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Alisher Navoiy nazariyotchi va amaliyotchi sifatida xalq hokimiyati va davlat siyosatining adolatga asoslanganligini va uning mafkuraviy mezonlarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan. Uning fikricha, adolatsizlik, fuqarolarning fikrini inobatga olmaslik davlat boshqaruv tizimi tanazzuliga sabab bo‘ladi va pirovard natijada demokratik jamiyat emas, balki jamiyatni jaholatga olib keladi.
A.Navoiy o‘zining shoh asarlaridan biri bo‘lgan “Mahbub ul – qulub” nomli asarida, “Goh amirlik o‘rnida o‘tirdim va hukumat mahkamasida xalqning arzu dodini so‘rdim va goh podshoh yonida vazirlik qildim va menga umidvor nazar bilan qarab turgan elga muruvvat ko‘rsatdim”5, – deydi. A.Navoiyning ijtimoiyfalsafiy ta’limotining asosida adolatli jamiyat g‘oyasi yotadi. Adolatli jamiyat esa, kishilarning jamiyat hayotidagi tengligini ta’minlay oladi. Bunday jamiyatga erishishda, nafaqat podshohning adolatliligi, balki kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning yuksak ma’naviyat va mafkura asosida sog‘lom bo‘lishi lozimligiga e’tibor qaratiladi. Alisher Navoiy dostonlaridagi asosiy g‘oya va mavzu mehnatkash xalq manfaatlarini har narsadan ustun qo‘yish, adolat va insof, mardlik va qahramonlik, sof sevgi va muhabbat, halollik va rostgo‘ylik, go‘zallik va nafosatni ulug‘lash, mehnatni butun borliqning boshlang‘ich ibtidosi va asosi deb bilishdir. Navoiy dostonlaridagi asosiy qahramonlar – Farhod, Shirin, Layli va Majnun kabi obrazlar insonlardagi barcha ulug‘ va olijanob fazilatlarni o‘zlarida mujassamlashtirgan. Navoiyning xalqchil asarlari uning obro‘siga yana obro‘ qo‘shadi. O‘zbekistonmustaqilligidan so‘ng avlodlarimiz ongida milliy ong, mustaqillik tafakkuri va milliy birlik kabi g‘oyalarni shakllantirishda Mir Alisher Navoiyning bosib o‘tgan boy, jo‘shqin hayot va ijod yo‘li hammamiz uchun ibrat va namunadir.
Yurtimizga islom dini kirib kelishi bilan adolatli jamiyat haqidagi tarixiy ma’lumotlarning barcha ko‘rinishlarida islom falsafasi, fiqh ilmi arkonlari, ilmi kalom, ilmi hikmat, ilmi rivoyat, tavhid ilmining barcha qarashlari o‘zifodasini topa boshladi. Islomning birinchi ildizi tavhid, ikkinchi ildizi axloq va uchinchi ildizi ilmdir. Qur’oni karimdagi ilm haqidagi, madaniyat, ma’naviyat, ma’rifat haqidagi g‘oyalar umumbashariyatga tegishli bo‘lib, unda ilm-ma’rifatga inson ma’naviy-axloqiy barkamolligining ustuvor sohalaridan biri sifatida qaralgan. “Qur’on” kishilarni tenglikka, birodarlikka, tinch-totuv yashashga, ezgulikka undaydi. “Qur’on”da saxovat, mehmondo‘stlik, jasorat, sabr va qanoat, qo‘li ochiqlik, bag‘ri kenglik, muruvvatlilik, keng fe’llilik, to‘g‘rilik, vafodorlik va sodiqlikka katta e’tibor berilgan va yuksak ma’rifat belgisi deb qaralgan. Hadislar islomda Qur’oni karimdan keyin ikkinchi manba hisoblanadi va xalqning turmush tarzidagi barcha qonun-qoidalarni belgilab beradi. Hadislarda insonning inson oldidagi mas’uliyati “savob” va “gunoh” tushunchalari orqali bayon etilib, hadislarda ota-ona, keksalarni hurmat qilish, ayollarni e’zozlash, halollik, qanoat, ilmli bo‘lish, saxovat, ishonch, rostgo‘ylik, xayr-ehson, diyonat, vafo, qadr, rahmshafqat, sahiylik, sadoqat, mehr-oqibat kabi masalalar bayon etilgan.
Binobarin, islom dini jamiyatda insonparvarlik, adolatparvarlik g‘oyalarini keng targ‘ib-tashviq qilib, unda, birovlarning haqiga ko‘zolaytirish, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o‘g‘rilik kabi qabih ishlar bilan shug‘ullanish, fohishabozlik, poraxo‘rlik qattiq qoralanadi. Islom dini odamlarni harom-harish yo‘llardan uzoq yurishga, insofli-diyonatli bo‘lishga, o‘zidan yaxshi iz qoldirishga undaydi. Biz ko‘p joylarda jaholatga qarshi ma’rifat tashabbusi bilan chiqyapmiz, deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev, Muqaddas islom dinini niqob qilib boshqa ko‘chalarga kirib ketayotgan johil kimsalar bir narsani tushunmaydi yoki tushunishni istamaydi. Ya’ni, islom faqat nurli hayotga, ilm-ma’rifatga, yaxshilikka undaydi. Hech qachon xunrezlik, qotillik, zo‘ravonlikka chaqirmaydi6, deb ta’kidlanishi islomning odil jamiyat qurishda o‘rni beqiyos ekanligini ko‘rsatib turibdi.
Ijtimoiy voqelikning turli sharoitlarida O‘zbekistonda odil jamiyat, demokratik jamiyat haqidagi nazariyalar va ta’limotlar tarixiga oid misollarning goh unisi, goh bunisi o‘zmohiyatini, ahamiyatini ko‘proq namoyon qilishi mumkin. Ammo bizning nazarimizda, yuqorida ko‘rib chiqqan jihatlar bugungi kunda O‘zbekistonda barpo etilayotgan demokratik jamiyatning tarixiy-nazariy asoslari desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Binobarin, O‘zbekistonRespublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: Xususan, islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib beradigan, barcha odamlarni ezgulik, mehr-oqibat va hamjihatlik yo‘lida birlashishga da’vat etadigan teran ma’noli fikr va g‘oyalar bugun ham o‘zqimmati va ahamiyatini yo‘qotgan emas. Lekin biz ana shunday noyob meros vorislari, shunday boylik egalari bo‘la turib, ularni har tomonlama o‘qib-o‘rganish, xalqimiz, avvalo, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizga, jahon hamjamiyatiga yetkazish bo‘yicha yetarli ish qilmaganimizni ham ochiq tan olish kerak7.
Shu o‘rinda, ulug‘ ajdodlarimiz yaratgan boy ijtimoiy-falsafiy, ma’naviymadaniy meroslarning tiklanib borishi va xalqimiz hayotiga kirib borishini alohida ta’kidlash kerak. Ayniqsa, jahon ilm fani va tafakkuri taraqqiyotida muhim o‘rin egallagan ilmiy-falsafiy meros, ma’naviy qadriyatlarimiz demokratik jamiyatning shakllanishida muhim ahamiyatga egadir. Ularni asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazish bugungi kundagi muhim vazifadir.
Kelajagi buyuk davlatni barpo etish jarayonida o‘zining tub negizlariga asoslangan milliy g‘oyalarimiz O‘zbekistonda demokratik jamiyatni barpo etish, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur, iftixor tuyg‘ularini yuksaltirish, insonning qobiliyatini rivojlantirish, uning o‘zkuchi va imkoniyatlarini ishga solib, millat taraqqiyoti yo‘lida jipslashib bir maqsad sari harakat qilishiga zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi, deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev, Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrabavaylash, o‘rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir8. Bugungi kunda boy tarixiy ma’naviy meros va milliy qadriyatlarni tiklash masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda.

Yüklə 35,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin