11.4. Milliy g‘oya negizlarini asrab-avaylash, uni himoya qilish shartsharoitlari va omillari Milliy g‘oya xalqning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni o‘zoldiga qo‘ygan maqsadlari sari birlashtiradigan va safarbar etadigan g‘oyadir. Milliy g‘oya o‘ztarixi va taraqqiyotining tub burilish davrlarida har qanday millat va xalqning kelajagini belgilaydi, unga yetishishning o‘ziga mos yo‘llarini tanlab, ana shu jarayonga xos ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy yo‘nalishlar bilan barcha g‘oyaviy tamoyillarni ham belgilab oladi. Bunda butun millat uchun umumiy bo‘lgan g‘oyalar muhim ahamiyat kasb etib, agar milliy mafkuraning bosh g‘oyasi Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdan iborat bo‘lsa, bosh g‘oyaning mazmun va mohiyatidan kelib chiqadigan Vatan ravnaqi, Yurt tinchligi, Xalq farovonligi, Komil inson, Ijtimoiy hamkorlik, Millatlararo hamjihatlik, Diniy bag‘rikenglik kabi g‘oyalar ana shunday umummilliy g‘oyalar qatoriga kiradi.
Muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma’naviy tamoyillarini ifoda etadigan g‘oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimiga mafkura deyiladi. Ijtimoiy hamkorlikka asoslangan, erkin demokratik jamiyat barpo etishni ko‘zlagan davlatlarda milliy mafkura aholining barcha qatlamlarini jipslashtirishga, umummanfaat va yagona maqsad yo‘lida birlashishga chorlaydi. O‘zbekistonxalqining milliy g‘oya va milliy mafkurasi jamiyatni jipslashtirishga, buyuk kelajak yo‘lida hamjihatlik bilan harakat qilishga, barpo etilayotgan erkin fuqarolik jamiyatida har bir O‘zbekistonfuqarosining o‘ziga xos o‘rni bo‘lishiga erishishga safarbar etadi. Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kuni o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishga qodir g‘oya jamiyat mafkurasi bo‘lib hisoblanadi. Mafkuraning mohiyati faqat uning asosiy g‘oyalari vositasida emas, balki ana shu g‘oyalarga erishish usullari va umume’tirof etilgan tamoyillari, ularning aksariyat omma manfaatlariga mosligi orqali ham namoyon bo‘ladi. Mafkuralar, ma’no-mohiyatiga ko‘ra, falsafiy, dunyoviy, diniy va boshqa turli ta’limotlar asosida yaratiladi. Milliy g‘oya fanining falsafiy asoslari deb har qanday g‘oyaning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishi uchun ma’naviy asos bo‘lib, nazariy-metodologik vazifani o‘taydigan ilmiy falsafiy ta’limotlarga aytiladi. Milliy g‘oyaning diniy negizlari deb muayyan millatni ezgulikka da’vat etadigan, insoniyatni ezgulik sari yetaklaydigan diniy dunyoqarash, tasavvur, urfodat va marosimlar majmuasiga aytiladi. Milliy g‘oya fanining dunyoviy ildizlari deb jamiyat hayotida shaxs va jamiyatning g‘oyaviy-mafkuraviy tafakkurini yuksak darajada rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-madaniy munosabatlarning yaxlit tizimiga aytiladi. Dunyoviy va diniy g‘oyalar bir-birini boyitib borgan sharoitda taraqqiyot yuksak bosqichga ko‘tariladi. Bunga insoniyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan Imom Buxoriy va Muso Xorazmiy, Imom Moturidiy va Abu Rayxon Beruniy, Imom G‘azzoliy va Abu
Nasr Forobiy singari mutafakkirlar yonma-yon yashab faoliyat ko‘rsatgan davr misol bo‘la oladi. Ilmiy kashfiyotlar ham milliy g‘oya va mafkura rivojiga katta ta’sir o‘tkazib, zamonaviy fan yutuqlari, jumladan kosmonavtika, kibernetika, elektronika, biologiya va tibbiyot, tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar odamlar tasavvurini keskin o‘zgartirmoqda. Ayni vaqtda yuksak ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, globallashuv jarayonlari bir tomondan, inson aql-idrokining imkoniyatlariga, kelajakka ishonchni orttirayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ekologik halokatlar, ma’naviy tanazzul kabi umumbashariy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Shuning uchun, ilm-fan va madaniyat borasidagi yutuqlardan oqilona foydalanish uchun ham jamiyatga sog‘lom g‘oya, sog‘lom mafkura zarurdir.
Milliy g‘oya jamiyat hayotida tarixiy xotirani uyg‘otish, o‘tmishdan saboq chiqarish, o‘zlikni anglash mezoni bo‘lib hisoblanadi. U ijtimoiy hayotda xalq maqsadlarini ifoda etib, jamiyat a’zolarini birlashtiruvchi g‘oyaviy vazifani bajaradi. Milliy g‘oya millat, xalq va jamiyatni birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch e’tiborning manbai bo‘lib, u O‘zbekistonda yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam vakillarining manfaatlarini himoya qiladi. Milliy g‘oya
O‘zbekistonda yashaydigan barcha fuqarolarning ongi va qalbida «O‘zbekiston– yagona Vatan” degan tushunchani shakllantirishga xizmat qiladi. Milliy g‘oya jamiyat hayotida turli millat, qatlam, uning vakillari, siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun turadigan yuksak fenomen – ijtimoiy hodisa mazmuniga egadir. Milliy g‘oya va milliy mafkura ijtimoiy taraqqiyotda yagona maqsadga – Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtimizda ozod va obod Vatan barpo etish, erkin va farovon jamiyat qurish uchun xizmat qiladi. Mafkuraning asosiy maqsadi ushbu yo‘lda xalqimizni jipslashtirish, kishilar ongida mustaqil dunyoqarash va ogohlik xissini tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazish, fuqarolarimizda begona va buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mustahkam mafkuraviy immunitetni tarbiyalash bilan uzviy ravishda bog‘liqdir. Milliy g‘oyaning tarixiy ildizlari – xalqimizning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratilgan boy madaniy va ma’naviy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odat va an’analari, bayram va marosimlaridagi ozodlik, erkinlik to‘g‘risidagii qarashlari, otabobolarimizning mustaqillik yo‘lida ko‘rsatgan jasorati, bunyodkorlik ishlari hamda ularni amalga oshirishda ma’naviy ruh bergan tafakkur tarzida namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda yurtimiz ko‘rkiga-ko‘rk bag‘ishlab kelayotgan qadimiy obidalar, osori atiqalar xalqimizning yuksak salohiyati, kuch-qudrati, bunyodkorlik an’analaridan dalolat berib, ular Vatanimizning shonli tarixi to‘g‘risida yaqqol tasavvur va tushunchalarni shakllantiradi, shu muqaddas diyorda yashaydigan har bir inson qalbida g‘urur va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi. Milliy g‘oyani anglash umummaqsad yo‘lida birlashish, uyushish, o‘zini safarbar etish, hamjihatlik va hamkorlik, totuvlik hamda bag‘rikenglik fazilatlari sifatida namoyon bo‘ladi. Shunday omilning mavjudligi mamlakatning, xalqning, millatning ma’naviy, ruhiy kuch-qudrati mustahkam ekanligini ko‘rsatadi.