5-mavzu: Boshqaruvning xorijiy modellari Reja: Mumtoz menejment namoyondasi Anri Fayol olg‘a surgan tamoyillar


Insoniy munosabatlar maktabi namoyondasi Duglas Makgregorning X vaY



Yüklə 195,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix03.06.2022
ölçüsü195,77 Kb.
#60453
1   2   3   4   5
5-mavzu

  
Insoniy munosabatlar maktabi namoyondasi Duglas Makgregorning X vaY 
nazariyasi.  
“Ilmiy menejment” va “mumtoz menejment” namoyondalari mehnati ilmiy tashkil qilish 
usullarini ishlab chiqishdi va mehnatni texnokratik boshqarilishiga asos solishdi. Bu usulga 
ko‘ra:
• 
rahbarning hodimga bo‘lgan munosabatlari alohidalashtiriladi.
• 
mehnatni rag‘batlantirish qatiy normalashtirildi.
• 
mehnatni rejalashtirish va nazorat qilish qat'iylashtirildi.
• 
mehnatni “jismonan majburlash” joriy qilindi
• 
yollanma ishchidan “fikrsiz robot” sifatida foydalanish usuli qat'iy o‘rnatildi.
Mehnatni texnokratik boshqarish usuli yollanma ishchilarining mehnati unumdorligini 
oshirishda g‘oyatda samarador va maqbul usul sifatida ko‘p yillar davomida xizmat qildi. 
Ayniqsa, bu usul G.Ford zavodlarida yuqori rivojlanishga erishdi. Uning boshqa izdoshlari 
ishlab 
chiqarishni 
uzluksiz-konveyner 
usulida 
tashkil 
etish 
orqali 
boshqarishni 
markazlashtirishga, mehnatni ilmiy tashkil etishga, unumdorlikni keskin oshirishga erishdilar.
1850-1860 yillarda fan-texnika omilining kuchayishi mehnatni tashkil qilish va uni 
boshqarishda qo‘llanilayotgan texnologik usulning takomillashtirishini taqozo etdi Fan texnika 
taraqqiyoti yangi texnologiyalarning kirib kelishini jadallashtiradi. Endi ishchi kuchiga bo‘lgan 
munosabat tubdan o‘zgaradi.
Shunday bir sharoitda 1820-1830 yillari AQShda ilmiy va mumtoz menejmentlarga 
muqobil harakat sifatida “teylorizm”ga qandaydir darajada qarshi yangi nazariya “insoniy 
munosabatlar” maktabi paydo bo‘ldi. Bu maktabda amerikalik jamiyatshunos va ruhshunos 
E.Meyo (1880-1949) asos soldi.
Bu maktab nuqtai nazaridan:
• 
ishchi- bu fikrsiz robot emas , balki obro‘-e'tiborga, o‘z-o‘zini hurmat qilishga, o‘z 
qadrqimmatini his etishga;
• 
boshqa kishilar tomonidan ma'qullanishga, shaxsiy maqsadlar va manfaatlarga 
erishishga intilishda muayyan ijtimoiy ehtiyojlarga ega bo‘lgan individdir.
Ayni individlar kompaniya va firmalarning manbai ekanligidan kelib chiqib, insoniy 
munosabatlar maktabi boshqaruvining:
• 
tashabbuskorlikdan;


• 
ishchilar bilan hamkorlikdan;
• 
kompaniyadan “birdamlik ruhi” va “mushtaraklik tuyg‘usi” ni shakllantirishdan 
foydlanish hamda ularni rag‘batlantirishga asoslangan tegishli usullarni ishlab chiqdi.
Amerikalik olim D. Mak- Gregor (1906-1964) “insoniy munosabatlari” maktabining 
atoqli namoyondalaridan hisoblanadi. U inson hulq-atvorining ikki modeli, hodimning o‘z 
mehnatiga ikki hil munosabatda bo‘lishi mumkinligini inobatga olib X (iks) va ye (yegrik) 
nazariyasini yaratdi.
X (iks) nazariyasiga ko‘ra, namunaviy yollanma ishga – tabiatdan yalqov bo‘lgan kishi, shu 
sababli u topshirilgan ishdan bo‘yin tovlashga o‘rinadi, unda izzattalablik , ma'suliyati sezish, 
fahm-farosat yetishmaydi. Bunday holatda hodimni doimo majburlash , nazorat qilish, jazolash 
va jarima solish qo‘rqitib turish zarur.
Y(yegrik) nazariyasi birinchisiga qarama-qarshi : yollanma ishchilar tabiatdan faol, ularga 
tashabbuskorlik va uddaburonlik, o‘z zimmasiga ma'suliyat olish salohiyati xosdir. Bunday 
holda menejerning vazifasi kishilar o‘z maqsad va manfaatlariga g‘oyat maqbul tarzda 
erishadigan shart-sharoitni yaratishdan iborat bo‘lgan. Kompaniyanig siyosati va istiqboli esa 
hodimlarning hulq-atvoriga asoslangan holda tashkil etilishi kerak. Bu nazariyaga muvofiq 
keluvchi ishchi rag‘batlantirish va unga qulay muhit yaratib berishgina kifoya qiladi.
Albatta, har ikkala nazariya ham faqat nazariyadir. Amaliyotda ular sof ko‘rinishda 
uchramaydi.Inson murakkab va ziddiyatli mavjudot. U o‘zida ham birinchi, har ikkinchi 
modellar sifatini mujassamlashtiradi. Boshqarishning yuksak san'at ekanligi ham ana shu ikki 
jihatni uyg‘unlashtirishdir.

Yüklə 195,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin