5-mavzu: Boshqaruvning xorijiy modellari
Reja:
1. Mumtoz menejment namoyondasi Anri Fayol olg‘a surgan tamoyillar
2. Insoniy munosabatlar maktabi namoyondasi Duglas Makgregorning X va Y nazariyasi
3. “Tizimli” yoki zamonaviy menejment mohiyati
4. O‘rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va tamoyillari.
Tayanch so’z va iboralar: Xorijiy
modellar, ilmiy menejment, A.Fayol,
D.Makgregorning X va Y nazariyasi,
insoniy munosabatlar, “Tizimli” yoki zamonaviy
menejment, O‘rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari,
boshqaruvning mumtoz maktabi.
“Ilmiy menejment” maktabi F.Teylor ta'limotining mazmuni va mahiyati
“Ilmiy menejment” maktabi XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Amerikada shakllana
boshlagan. Bu maktab boshqacha nom bilan, ya'ni “boshqaruvshning mumtoz maktabi” deb
ham yuritilgan. Bu maktab ibtidosida amerikalik muhandis va ixtirochi F.Teylor (1856-1915)
turgan edi. Uning nazariyasi keyinchalik “Teylorizm” degan nom olgan. U yaratgan tizim esa
ishchilarning “siqib suvini olish” ning tizimi deb atalgan.
F.Teylor ta'limotining asosiy mazmuni - yollanma ishchilar unumdorligini oshirishda g‘oyatda
va maqbul usullarni izlashdir. Uning prinsiplariga binoan:
•
mehnatning
har bir jarayoni, uning ko‘lami va ketma-ketligi aniq puxta
ixtisoslashtirilishi shart;
•
har bir mehnat turi qat'iy vaqt oralig‘ida taqsimlanishi lozim;
•
har bir mehnar jarayoni va hatto har bir harakat puxta ishlab chiqilgan qoidalarga
bo‘ysundirilgan bo‘lishi kerak;
•
yuqoridan belgilab berilgan ish usullari va qoidalarni bajarish uchun doimiy talabchan
nazorat
amalga oshirilishi lozim;
•
ishchilar malakasi va saviyasiga qarab joy-joyiga qo‘yilishi shart;
•
boshqaruvchi bilan boshqariluvchi ma'suliyatini aniq belgilish va vazifalarini to‘g‘ri
taqsimlash shart.
F.Teylorning mehnatni tashkil etish va uni boshqarish borasidagi takliflari ishlab
chiqarishga tadbiq etilganda mehnat unumdorligi ikki baravar (100%) ga o‘sishiga olib kelgan.
Ayniqsa , qo‘llagan haronometraj usuli diqqatga sazovordir. F. Teylor nazariyasiga ko‘ra rahbar
va mutaxassilarni kam malaka talab qiladigan ijrochilik mehnatidan va ularga xos bo‘lmagan
vazifalardan ozod qilish, ishchidan esa boshliqlarning barcha
buyruqlarini hyech qanday
mulohaza yuritmasdan, biror-bir shaxsiy tashabbus ko‘rsatmasdan aniq hamda tez bajarishni
talab qilish kerak edi. F. Teylar boshqarishni “aniq qonun va qoidalarga tayanadigan haqiqiy
ilm, shuningdek , nima qilish kerakligini aniq bilish va uni puxta hamda arzon usulda bajarish
san'ati” deb baholagan.
Shunday qilib F. Teylor “boshqaruvning mumtoz maktabi” ni yaratishga asos soldi. U
yaratgan boshqaruv
maktabi faqat Amerikada emas, balki yevropaning boshqa mamlakatlarida
ham turli nazariya va oqimlar ko‘rinishida rivojlanib bordi.
F.Teylorning zamondoshi va ishining davomchisi amerikalik iqtisodchi G.Emerson
mehnatni ilmiy tashkil qilish bo‘yicha yirik mutaxassislardan bo‘lib , u boshqarish va mehnatni