5-mavzu. Diqqat reja



Yüklə 28,86 Kb.
səhifə3/4
tarix22.06.2022
ölçüsü28,86 Kb.
#62085
1   2   3   4
5-Diqqat

Diqqat xususiyatlari
Odamning diqqati bir qancha xususiyatlarga ega bo’lib, ulardan asosiylari - diqqatning kuchi va barqarorligi, diqqatning ko’lami, diqqatning bo’linuvchanligi va diqqatning ko’chuvchanligidan iboratdir. Diqqatning mazkur xususiyatlari quyidagi jadvalda to’liq aks ettirilgan va shunga muvofiq har biriga qisqacha ta'rif berib o’tamiz.

Diqqatning kuchi va barqarorligiga ko’ra odamlarning diqqatlari o’zining kuchi va barqarorligi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ayrim odamlarning diqqati kuchli va barqaror bo’lsa, boshqa bir odamlarning diqqati kuchsiz va beqaror bo’ladi.


Diqqatning kuchi va barqarorligi deb, odam o’z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi inson hayotida juda katta ahamiyatga ega. Chunki diqqatni ma'lum muddat biror narsaga muttasil, ya'ni uzluksiz tarzda qaratib odam ishlay ham olmaydi, o’qiy ham olmaydi va hatto o’ynay ham olmaydi.
Diqqatning kuchli va barqaror bo’lishi bir qancha sabablarga bog’liqdir. Birinchidan, diqqatimiz qaratilgan narsaning xususiyatlari, biz uchun bo’lgan ahamiyatiga, ikkinchidan diqqatimiz qaratilgan narsa bilan amalga oshiriladigan faoliyatlarimizga, uchinchidan nerv sistemasining ayrim xususiyatlariga bog’lidir. Bularning hammasi ob'ektiv, ya'ni bizning irodamiz bilan bog’liq bo’lmagan sabablardir. Diqqatning kuchi va barqarorligi albatta sub'ektiv, ya'ni odamning ayni chog’dagi holati bilan ham bog’liq. Masalan, ayni chog’da betobroq bo’lib turgan odamning yoki boshiga bir og’ir tashvish tushgan odamning diqqati kuchli va barqaror bo’la olmaydi.
Odamlar o’z diqqatlarining ko’lami jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Ayrim odamlar diqqatining ko’lami keng bo’lsa, boshqa bir odamlar diqqatining ko’lami torroq bo’ladi. Diqqatning ko’lami ayni bir vaqtda odamning idrokiga sig’ishi mumkin bo’lgan narsalar miqdori bilan belgilanadi. Boshqacharoq qilib aytganda, idrok qilish jarayonida diqqatimiz qaratilgan narsalardan qanchasini ongimizga sig’dira olishimiz diqqatning ko’lamini tashkil etadi.
Diqqat ko’lamini tajriba yo’li bilan aniqlash qiyin emas. Buning uchun diqqatning ko’lamini aniqlayotgan odamga ayni bir vaqtning o’zida bir necha o’zaro bog’lanmagan harflarni, raqamlarni va turli geometrik shakllarni ko’rsatish yo’li bilan aniqlash mumkin. Bunda odam ko’rsatilayotgan narsalardan ayni vaqtda qanchalik ko’pini birdaniga idrok eta olsa, uning diqqati shunchalik keng bo’ladi. Diqqatning ko’lami odatda taxistoskop degan maxsus asbob bilan aniqlanadi. Bu asbob yordamida ayni bir vaqtning o’zida idrok ettiriladigan narsalar juda tez ko’rsatiladi. Bunda odam o’z diqqati doirasiga qancha narsa sig’dira olsa, ana shunga qarab diqqatning keng yoki torligi aniqlanadi. O’tkazilgan tajribalarning ko’rsatishicha, katta yoshli odamlarda o’z diqqat doiralariga ayni bir vaqtda 3 tadan 6 tagacha bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan narsalarni sig’dira oladilar.
Diqqat ko’lamining keng bo’lishi odam idrok qilayotgan narsalarini atroflicha va chuqur aks ettirishi, binobarin bilish jarayonning sifatli bo’lishi uchun juda katta ahamiyatga egadir.
Odamning diqqati bir vaqtda faqat bitta narsagagina emas, balki ikkita yoki uchta narsaga ham birdaniga qaratilishi mumkin. Ana shunday paytlarda diqqatning bo’linishi talab qilinadi. Demak, diqqatning bo’linishi deganda biz ayni bir vaqtda diqqatimizni ikki yoki uch narsaga qaratishimizga aytamiz. Agar diqqatimiz bitta narsaga qaratilgan bo’lsa, ya'ni diqqatimiz bitta narsa ustida to’plangan bo’lsa, uni konsentrasiyalashgan (to’plangan) diqqat deb yuritiladi. Buning aksincha agar diqqatimiz ayni bir vaqtda bir necha narsaga qaratilgan bo’lsa, buni bo’lingan, diqqat deb yuritiladi.
Shuni ta'kidlash lozimki, aslini olganda diqqatning ayni bir chog’da ikki yoki undan ortiq narsaga qaratilishi, ya'ni bir necha narsalarga bo’linishi amaliy jihatdan mumkin emas. Shuning uchun diqqatning bo’linishi, ya'ni ayni bir vaqtda ikki yoki uch narsaga birdaniga qaratilishi o’z mohiyati jihatidan diqqatning bir narsadan boshqa bir narsaga nihoyatda tezlik bilan bo’linishini talab qilgan vaqtda diqqatimiz bir narsadan ikkinchi narsaga shu qadar tezlik bilan ko’chadiki, buni biz payqay olmaymiz. Natijada diqqatimiz ayni bir vaqtning o’zida bir necha narsalarga birdaniga qaratilayotgandek bo’lib ko’rinadi.
Diqqatning ana shunday bo’linuvchanlik xususiyati hayotda juda katta ahamiyatga ega. Chunki bir qancha mehnat turlari diqqatning bo’linuvchanlik xususiyatiga ega bo’lishlikni talab qiladi. Bunday xususiyat pedagoglar uchun juda zarur bo’lgan xususiyatdir. Masalan, tarbiyachi bolalar bilan biror mashg’ulot yoki suhbat o’tkazayotgan paytida diqqatni bir necha narsalarga, ya'ni gapirayotgan gapiga, bolalarni quloq solib o’tirishlariga va bundan so’ng nimalar haqida gapirishga qarata olishi lozim. Ana shundagina tarbiyachi suhbat yoki mashg’ulot paytida guruhni boshqara oladi.
Diqqatning bo’linishi har kimda har xil bo’ladi. Buning sababi shundaki diqqatning yengillik bilan bo’linishi diqqatimiz qaratilgan narsalarning ilgaridan bizga qanchalik tanishligi bilan bog’liqdir. Agar diqqatimiz qaratilgan narsalarning ayrimlari bizga yaxshi tanish bo’lsa ya'ni biz ularni ilgaridan yaxshi bilsak faoliyat jarayonida bir necha ishlarni birdaniga ya'ni birga qo’shib bajara olamiz. Masalan, yozish harakati ilgaridan bizga yaxshi tanish bo’lgani uchun darsda ham eshitib, ham yozib o’tira olamiz. Shunday qilib, diqqatning bo’linuvchanligi juda ko’p faoliyatlarimiz uchun zarur bo’lgan xususiyatdir.

Yüklə 28,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin