5-mavzu. Diqqat reja


Diqqatning ko’chuvchanligi



Yüklə 28,86 Kb.
səhifə4/4
tarix22.06.2022
ölçüsü28,86 Kb.
#62085
1   2   3   4
5-Diqqat

Diqqatning ko’chuvchanligi odamning diqqati har doim bir narsadan ikkinchi bir narsaga, bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga ko’chib turadi. Diqqatning ana shunday xususiyatini diqqatning ko’chuvchanligi deb yuritiladi. Diqqatning ko’chuvchanligi diqqatning bo’lunuvchanligi bilan bog’liq xususiyatdir. Yuqorida aytib o’tganimizdek, diqqatning ayni bir vaqtda birdaniga bir necha narsaga qaratilishi, ya'ni diqqatning bo’linishi o’z mohiyati jihatidan diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga juda tez ko’chishidan iboratdir. Ana shu jihatdan olganda diqqatning ko’chuvchanlik xususiyati juda ko’p faoliyat va uning turlari uchun zarur bo’lgan xususiyatdir. Masalan, hikoya o’qib berish mashg’ulotida bolalar o’z diqqatlarini hikoya eshitishdan surat ko’rishga, undan so’ng yana eshitishga bemalol ko’chira olishlari kerak. Agar maktab o’quvchilariga nisbatan oladigan bo’lsak, o’quvchilar o’z diqqatlarini bir dars predmetidan boshqa bir dars predmetiga bemalol ko’chira olishlari kerak. Aks holda o’quvchilar o’tgan dars ta'sirida o’tirib, yangi darsning mazmunini sifatli o’zlashtira olmaydilar.
Diqqat hamma vaqt ham bir narsadan ikkinchi narsaga, bir faoliyat turidan boshqa bir faoliyat turiga osonlik bilan ko’cha bermaydi. Ba'zan qiyinchiliklarga to’g’ri kelib qoladi. Albatta buning o’z sabablari bordir. Masalan, bunday sabablardan biri - diqqatimiz ko’chirilishi lozim bo’lgan narsalar yoki harakatlar o’rtasida bog’lanish bor yoki yo’qligiga bog’liq. Agarda diqqatimiz ko’chirilishi lozim bo’lgan narsalar o’rtasida ma'lum jihatdan mazmuniy bog’liqlik bo’lsa, diqqatimiz osonlik bilan ko’chadi. Odamning qiziqishlari va ehtiyojlari bilan bog’liq bo’lgan narsalarga ham diqqat yengillik bilan ko’chadi.
Shunday qilib, diqqatning ana shu yug’orida ko’rib o’tgan asosiy xususiyatlari odamning barcha turdagi faoliyatlari uchun juda kerakli xususiyatlardir. Diqqatning ana shu xususiyatlari tufayli odam atrofidagi muhitga, undagi turli tuman o’zgarishlarga tez moslasha oladi. Diqqatning bu asosiy xususiyatlari odamga tug’ma ravishda, ya'ni irsiy yo’l bilan berilmaydi. Bu xususiyatlar odamning yoshlik chog’idan boshlab turli faoliyatlar o’yin, o’qish va mehnat faoliyatlari jarayonida tarkib topib boradi.
Diqqatning buzilishi
Diqqatning salbiy jihatlaridan biri parishonxotirlikdir. Parishonxotirlik diqqatni uzoq vaqt davomida biron ishga layoqatsizlikda diqqatning osongina va tez- tez bo’linib turishida namoyon bo’lishi mumkin. Parishonxotirlikning bu ko’rinishi ko’pincha ish qobiliyati susayib ketishining va xulq-atvordagi uyushmaganlikning sabablaridan biri hisoblanadi.
Parishonxotirlikning sabablari har xildir. Parishonxotirlik shaxsning barqaror xislati sifatida ixtiyoriy diqqatning sustligi ko’rsatkichi hisoblanadi va noto’g’ri tarbiya natijasi(bolaning erkalatib yuborilishi, jazolanmasdan qolishi, taassurotlarning har xilligiga odatlanish va boshqalar) bo’lishi mumkin. Bu xildagi parishonxotirlikka qarshi avvalo shaxsda irodaviy sifatlarni shakllantirish yo’li bilan kurash olib borish kerak. Parishonxotirlikni bola salomatligining yaxshi emasligi, nerv tizimining umuman buzilganligi bilan izohlash mumkin. Parishonxotirlik haddan tashqari hissiy hayajonlanish, yoxud charchash oqibati sifatida qisqa muddatli bo’lishi ham mumkin. So’nggi holatda u ko’pincha o’qish kuni va qaftasining oxirida namoyon bo’ladi. Pedagogik ish tajribasida diqqatni tarbiyalash maqsadida parishonxotirlikning barcha sabablari va xususiyatlari inobatga olinishi shart.
Qachonki, kishi ishga berilib ketib o’z xayollari, kechinmalari bilan bo’lib, mashg’ul bo’lgan ishidan boshqa hech narsani ko’rmayotgan va eshitmayotgan hollarda ham "parishonxotirlik" haqida so’z yuritiladi. U masalan tevarak-atrofdagilarga e'tibor bermaydi, o’ziga qaratilgan savollarga parvo qilmaydi. Bunday "parishonxotirlik" diqqatning yorqin ifodalagan holdagi tanlanganligidan, uning behad jamlanganligi va jadalligidan hosil bo’ladi. Diqqatni eng ko’p darajada jamlanganligi yuqorida qayd qilib o’tilganidek, faoliyatda muvaffaqiyat qozonishning muhim sharti bo’lib hisoblanadi. Lekin diqqatning faqat bir ob'ektga qaratilganligi uning taqsimlanishi va ko’chirilishida qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin. Bu xildagi parishonxotirlik kundalik hayotda amaliy faoliyatda kishining tevarak-atrofdagi olam bilan munosabatini mushkullashtirib qo’yadi va shuning uchun ham unga diqqatning nuqsoni sifatida qaraladi.
Maktab hayotidagi parishonxotirlik "qoidaga sig’maydigan" deb atalmish xatolarda dars paytida o’quvchida tegishli maktab anjomlari yo’qligining ma'lum bo’lishida, o’quvchining dars jarayoniga yetarlicha jalb etilmaganligida va shu kabi boshqa hollarda namoyon bo’ladi. Bolalarda, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalarda parishonxotirlik juda ko’p uchraydi.
Diqqatning parishonxotirlikdan tashqari boshqa xildagi buzilishlari ham borligi e'tirof etiladi. Diqqatning haddan tashqari harakatchanligi bir ob'ektdan va faoliyat turidan boshqalariga doimiy ravishda o’tib turishi, yoki aksincha harakatsizligi, diqqatning sust harakat qilishi, uning tor doiradagi tasavvurlar va fikrlarga patologik tarzda qayd etilishi shular jumlasiga kiradi. Diqqatning bu xildagi buzilishlari miyaning ba'zi bir organik kasalliklari eng avvalo uning peshona qismidagi kasalliklari yuz bergan paytlarda kuzatiladi.
Diqqatning fazilatlari bilan bir qatorda uning buzilishi va nuqsonlari bo’lishi mumkinligini psixologik jihatdan asoslangan tarzda hisobga olish diqqatni o’zida aks ettiradigan bilish jarayonlarini tadqiq etishning zarur shartidir.
Ayrim ruhiy kasallik holatlarida diqqatning inertligi (sustligi) yoki mutlaqo harakatsizligi, qandaydir biron ob'ekt ustida to’xtab qolish holatlarini kuzatish mumkin. Bola hayotining bir oylik davrlarida uning uchun faqat ixtiyorsiz diqqat xos bo’ladi. Bu davrda bola dastavval tashqi qo’zg’atuvchilardan, ularning keskin o’zgarishlaridan ta'sirlanadi. Masalan, to’satdan paydo bo’ladigan qattiq ovozlardan harakatning o’zgarishidan va boshqa narsalardan ta'sirlanadi. Ixtiyoriy diqqatning alomatlari odatda bola yoshiga to’lgandan so’ng yoki ikki yoshga qadam qo’ygan davrda paydo bo’la boshlaydi. Ixtiyoriy diqqat tarbiya jarayonida yuzaga keladi, bolaning atrofidagi odamlar nima qilish lozimligini asta-sekin o’rgatadilar. Bolalar o’z diqqatlarini rivojlantirishda ulardan talab qilinayotgan harakatlarni bajarishga o’zlarining bevosita mayllaridan voz kechishlariga to’g’ri keladi. Bolada, albatta juda sodda go’daklik shakli bo’lsa ham onglilik namoyon bo’ladi. Bolani ozodalikka, tartiblilikka, ma'lum intizomlilikka, jamoat qoidalariga rioya hilishga o’rgatar ekanmiz, buning bilan biz bolada ixtiyoriy diqqatni rivojlantiramiz. Bog’cha yoshidagi davrda bolaning ixtiyoriy diqqatini rivojlantirish uchun o’yin katta ahamiyatga egadir. Bog’cha yoshidagi bolalar diqqati juda barqaror bo’ladi. Mashq qilish usuli bilan o’z diqqatini to’plash qobiliyati asta-sekin rivojlanadi.
O’quv jarayonida ixtiyoriy diqqatni tarbiyalash alohida ahamiyatga egadir. Maktab mashg’ulotlarini intizomlashtiruvchi ta'siri, dars davomida sinfda o’tirish, o’quvchilarning so’zlarini eshitish zaruriyati, chalg’imaslik bularning hammasi ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashda katta rol o’ynaydi. har turli ta'lim ishlari maktabdagi o’quv mashg’uloti ustida ongning yo’nalganligi va to’planganligini saqlab turishni talab qiladi. Bolalarning hissiyotlari ko’pincha kuchli bo’ladi. Shuning uchun ularning diqqatlari qisqa vaqt ichida davom etsa ham kuchli bo’ladi.
Maktab yoshidagi bolalarning hissiyotlari ancha barqaror bo’la boshlaydi. Shuning uchun pedagog o’qish materialini hissiy momentlar bilan boyitar ekan, buning bilan diqqatning barqarorligi va kuchini saqlab turilishiga yordam beradi. Biror narsaga qiziqib kelgan maktab yoshidagi o’quvchi uzoq vaqt diqqatli bo’lishi mumkin. Ammo kattalarning nazorati pasayib qolsa, u zarur vazifani bajarishdan chalg’ib boshqa narsaga kirishib ketishi mumkin. Masalan: adabiyotni o’rganayotgan o’quvchi kino yoki biror o’qigan asari haqida xayol surib ketishi mumkin. Ayrim bolalar jismoniy mehnat darslarida diqqat bilan o’tirsalar boshqalari aqliy mehnatda kuchli diqqat bilan o’tiradilar. O’zi yoqtirgan darslarda kuchli diqqat bilan o’tirgan o’quvchilar boshqa darslarda o’qituvchilarni ancha tashvishga solib qo’yishlari mumkin.
O’quvchilarning o’quv predmetiga munosabati, unga diqqat bilan qarash ko’p jihatdan darsda o’quvchining o’quv materialini jonli, emosional, qiziqarli, tushunarli, shu bilan birga to’liq va chuqur o’qita bilishga bog’liq. Bu talablarga rioya qilmaslik darsda o’quvchilarning parishonligiga yoki ikkinchi darajali qiziqishlarning paydo bo’lishiga olib keladi. O’smirlarda chuqur, barqaror qiziqishni tarbiyalash, o’qitishning mazmunini jiddiy o’ylab ko’rilganligi ularda diqqatni tarbiyalashning zaruriy sharti hisoblanadi.
Bu shart-sharoitlarga rioya qilinsa, o’smir diqqatini boshqarishga halal beradigan ba'zi impulsiv (ixtiyorsiz) harakatlarga qaramay, o’z diqqatini ixtiyoriy ravishda boshqarish va to’xtab turish mumkinligini tezda egallab oladi. U o’zi uchun qiziqarsiz va qiyin ishni diqqat bilan bajarish zarur bo’lsa, o’zini bu ishga majbur eta oladi. Masalan, hamma predmetlardan beriladigan vazifalarga nisbatan o’smirlarda kichik maktab yoshidagi bolaga qaraganda diqqatning tashqi ifodasi ham o’zgaradi. Agar kichik yoshdagi maktab o’quvchining yuz ifodasi va gavda holati uning qanchalik diqqatliligini aniq belgilab bersa, o’smir esa o’zining diqqatsizligini yashira oladi. Faqat o’qituvchining kuzatuvchanligi orqali buni aniqlashi mumkin.


Nazorat savollari
1. Diqqat tushunchasining mohiyatini izohlang?
2. Diqqatning fiziologik asosini nima tashkil qiladi?
3. Diqqat turlarini ko’rsating?
4. Diqqatning xususiyatlarini ajratib ko’rsating?
5. Parishonxotirlik tushunchalarining mazmuni nimalarda ko’rinadi?
6. Jahon psixologiyasida diqqat nazariyalari xususida nimalarni ayta olamiz?
Yüklə 28,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin