5-mavzu: dopusk va o’lchamlar haqida va o’zaro almashinish to’G’risida tushuncha



Yüklə 41,22 Kb.
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü41,22 Kb.
#166338
  1   2
maruza5


5-MAVZU: DOPUSK VA O’LCHAMLAR HAQIDA VA O’ZARO ALMASHINISH TO’G’RISIDA TUSHUNCHA.


Reja:



  1. Mashinasozlikda o’zaro almashinishi to’g’risida tushuncha.

  2. Dopusklar va o’lchamlar haqida tushuncha hamda uning o’zaro almashinishi bilan bog’lanishi.

  3. Dopusklar tuzimida uchraydigan belgilari.

  4. Teshik va val sistemasi haqida tushuncha.

Konstruktorlar mashinalardagi asbob va mexanizmlar detallarning o’zaro almashinadigan qilib, ya’ni mashina yig’ish va remont qilishda biror detalni o’sha nomli va o’sha nomerli boshqa detalga almashtirish mumkin bo’ladigan qilib yaratishga intiladilar.


Mashinasozlikda o’zaro almashinish deb buyumlarni shunday konstrukstiyalash va ishlab chiqarish prinstipini tushuniladiki, bunda erkin, ya’ni muayyan mashinani ko’zda tutmasdan tayyorlanmagan detallarni tanlamasdan va maxsus to’g’rilab burmasdan yoki qo’shimcha ishlov bermasdan tegishli mashinaning uzellariga yig’ilganda mashinaning qo’yilgan talablarga muvofiq ravishda yig’ilishini ta’minlaydigan bo’ladi.
O’zaro almashinishdan detallar o’lchamlari shakli qattiqligi mustahkamligi ximiyaviy elektor va xossalari jihatidan bir xil bo’ladi.
Agar detallari va uzellar sifatini funkstional monometrik mashinaning ko’rsatkichlariga nisbatan yuqori sifat bilan ishlashini ta’minlaydigan chegaralarda detalning ortishi va xossasini ta’minlaydigan qilib aniqlanadigan bo’lsa, bu funkstional o’zaro almashinish deyiladi. O’zaro almashinish konstruktorga ayrim detallarning ularning ma’lum vaqt ishlagandan keyin zanos qismlardan yasalgan boshqasiga almashtirish mumkinligini e’tiborga olib, yangi va qulay garbioli mashinalar yaratishga yordam beradi. Bunday xolda eng kichik bilan eng ko’p ishlaydigan detallarning ishlash muddatini hisobga olish yo’li aniqlash mumkin bo’ladi.
O’zaro almashinish korxona va zavodlarda mashinalarni yig’ish ishlarini soddalashtiradi va yuqori ish sur’atini ta’minlaydi.
O’zaro almashinish prinstipini birinchi bo’lib, to’la shakldagi miltiq ishlab chiqaruvchi zavod masteri tadbiq etgan.
O’zaro almashinish konstruktor va texnolog ishini o’zaro bog’laydi va uni soddalashtiradi. Agar biror zavod chiqargan tayyor detallar va uzellar loyixalanayotgan mashinaga tayyor detallar va uzellar loyixalanayotgan mashinaga nisbatan qo’yiladigan talablarga javob beradigan bo’lsa, bu mashina konstrukstiyani ishlovchi konstruktori xaligi detallarning chizmalarini chizib o’tirishga, zavod uchun esa bu detallarni ishlab chiqarishga vaqt hamda mablag’ sarflashga ehtiyoj qolmaydi. Har qanday mashina ayrim detal yoki uzellardan yig’iladi. Biri ikkinchisining ichiga kiradigan ikki detalning birikishidan qamrovchi va qamraluvchi sirtlar birinchisidan farq qilinadi.
Silindrik birikmalardan qamrovchi teshik umumiy nom bilan, qamraluvchi esa val deb ataladi. Teshik va val nomlarini shartli ravishda qamraluvchi va qamrovchi sirtlarni parallel tekislikni tekis vaqtida bir qator detallarga emas, balki bitta detalning o’zida ham ayrim kesmalarda oldindan ko’rsatilgan absolyut bir xil o’lchamga erishib bo’lmaydi. Bu xol detalni ishlash prostsesiga g’oyat ko’p sabablarni ta’siri tufayli yuz beradi.
Detal shakli va o’lchamlarini oldindan ko’rsatilgan shaklda va o’lchamlardan farq qilishdagi asosiy sabablaridan ishlov berish jihozlarining va kesish asboblarining aniq ishlanmaganli, ularning emirilishi darajasi ayrim zagatorvkalarning o’lchamlari, shakli, qattiqligi, mexanik xossalari bir xil bo’lmasligi zagatovkalarning noaniq bog’lash va ularni moslamalarga noto’g’ri mahkamlanishi tushayotgan detal shuningdek, uskuna, moslama va kesish asboblari detallarning ayrim qismlari o’lchamlarining o’zgarishiga sabab bo’la oladigan temperatura ta’siri, uskuna, moslama, kesish asboblari, detallarning va ishlanayotgan detalning elastik deformastiyasi shular uchun belgilangan kesimning buzilishi, uskuna o’rnatilgan poydevorning tebranishi va b.
Konstruktor detalning chizmasini chizishda valning ishlash sharoitiga qarab val diametrining o’lchamini belgilaydi. Bu o’lcham nominal o’lcham deyiladi va birikmani hosil qiluvchi val uchun ham umumiy o’lchash hisoblanadi.
Ishlash vaqtida yuz berishi mumkin bo’lgan xatollarni ham hisobga olib konstruktor chizmada ayrim detallar uchun yo’l qo’yish mumkin bo’lgan birgina o’lchamni emas, bir nechta, ya’ni ikkita o’lchamni: eng katta chegaraviy o’lchamni va eng kichik chegaraviy o’lchamni ko’rsatiladi.
Yo’l qo’yish mumkin bo’lgan eng katta va eng kichik chegaraviy o’lchamlarning ayirmasi ishlash uchun dopusk deb ataladi. Shunday qilib dopusk ishlashda ruxsat etilgan oldindan ko’rilgan va detallarning chizmasida aks ettirilgan xatoni ko’rsatadi. Bu holda ishlashdan keyingi o’lchamlarini dopusk chegarasida bo’lgan detal yaroqli hisoblanadi.
Detallarni ishlashda erishilgan o’lchamlarning to’g’riligini ularni o’lchab aniqlanadi. O’lchamlarni qiymatini birlik sifatida qabul qilingan kattalik bilan taqqoslash tushuniladi.
Uzunlik o’lchamlar uchun birlik metr hisoblanadi, uning ulushlari millimetr va mikrometr juda ko’p ishlatiladi.
Silliq birikmalar uchun detallarga ishlov berish dopusklari turli xil standartlarda ko’rsatilgan bo’lib, ularda bu standartlar 0,01 dan 10000 mm gacha o’lchamlarini o’z ichiga oladi. O’lchamlarni miqdoriga qarab dopusklar 4 guruhga bo’linadi:
Birinchi gruppada 0,01 dan 0,1 mm gacha o’lchamlarga tegishli dopusklar ko’rsatiladi.
Ikkinchi gruppada 0,1 dan 1 mm gacha o’lchamga tegishli dopusklar ko’rsatiladi.
Uchinchi gruppada 1 dan 500 mm gacha o’lchamga tegishli dopusklar ko’rsatiladi.
To’rtinchi gruppada 500 dan katta va 10000 mm gacha o’lchamlar tegishli dopusklar ko’rsatiladi.
Beshinchi gruppa 10000 dan katta va 32400 mm gacha o’lchamlar dopusklar rahbar materiallar tarzida ishlab chiqarilgan va tasdiqlangan.
O’lchamlar dopusk o’tkazishlar majmui dopusklar sistemasi deyiladi.
Dopusklarning turli sistemalarni masalan, bizning sistemani Xalqaro sistemani va boshqa mamlakatlar sistemasini taqosslasak har qaysi dopusklar sistemasida dopusklarni tuzishda uchraydigan uchta belgisini sezish mumkin. Bu belgilar aniqlik klasslariga ajratish belgilangan dopusk birligi o’lchamlarni intervallariga bo’lishdir.
Aniqlik klasslari dopusklarning xar qaysi sistemada aniqlik klassi belgilanadi va bu klasslar dopuskni kattaligi bilan xarakterlanadi.
Nominal o’lcham bir xil detall uchun aniqlik klassi qancha qo’pol bo’lsa uning uchun dopusk shuncha katta bo’ladi.
Aniqlik klassi qancha aniq bo’lsa unga mos dopusk shunchalik kichik bo’ladi dopuskni kichik detallarini ishlash ancha qiyin bo’ladi va ularning qiymatiga tushadi.
Dopusk birligi; Aniqlik birligi sifatida dopusk birligi belgilangan bo’lib, bu birlik yordamida aniqlikning diametriga bog’ligini ifodalash mumkin.
Eng ko’p tarqalgan o’lchamlar uchun birlik dopusk sifatida o’rtacha miqdor belgilangan, bunda d o’rtacha mm larida olinadi. Natijada esa mikrometrda hosil bo’ladi. Dopusk birligida xar xil klasslardan dopusk kattaligini aniqlashda foydalaniladi. Bunda bog’lanishdan foydalaniladi. Bu formula q a. i
Bunda: -dopusk kattaligi.
a- esa turli klasslarga tegishli dopusk birliklar soni.
O’lchamlar intervali; agar dopusk birikmalarida dopuskning kattaligini malum
v a . i yordamida 1 dan 500 mm li intervalda chiqsa dopusklarga doir katta jadval hosil qilishimiz mumkin.
Detallning kattaligi ortishi bilan ishlov berishida yuz berishi mumkin bo’lgan xatolar uncha kattalashganini etiborga olib, dopusklarni o’lchamlarini ayrim intervallar uchun xisoblaydilar.



Yüklə 41,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin