Aminokislotalarning dekarboksillanishi va biogen aminlarning hosil bo’lishi
Aminokislotalarning dekarboksillanishi va biogen aminlarning hosil bo’lishi. Almashinadigan aminokislotalar va tarkibida azot saqlovchi oqsil bo’lmagan birikmalarning hosil bo’lishi
Reja:
1. Aminokislotalarning dekarboksillanishi va biogen aminlarning hosil bo’lishi.
2. Almashinadigan aminokislotalar biosintezi.
3. Kreatinning sintezi va parchalanishi.
4. Gistamin, serotonin hosil bo’lishi va ahamiyati.
5. Gamma-aminomoy kislota va uning nerv impulslarini o’tkazishdagi ahamiyati.
1. Aminokislotalarning dekarboksillanishi va biogen aminlarning hosil bo’lishi. Aminokislotalar karboksil guruhining CO2 ko’rinishida ajralish jarayoniga dekarboksillanish, ushbu jarayon natijasida hosil bo’ladigan mahsulotlar yuqori biologik faollikka ega bo’lib, biogen aminlar deyiladi.
To’qimalarda quyidagi aminokislotalar va ularning unumlari dekarboksillanishga uchraydi: tirozin, triptofan, 5-oksitriptofan, valin, serin, gistidin, glutamat va γ- oksiglutamat, 3,4-oksifenilalanin, sistein, arginin, ornitin, S-adenozilmetionin va α-aminomalonatlar.
Aminokislotalarning dekarboksillanish reaktsiyalari qaytmas reaktsiyalardir; ularni maxsus fermentlar dekarboksilazalar katalizlaydi, kofermenti transaminazalar singari piridoksalfosfatdir:
dekarboksilaza
R – CH – COOH R – CH2 – NH2 + CO2
(PALF)
NH2
aminokislota biogen amin
Dekarboksillanish mahsuloti aminlar hisoblanadi, ular yuqori biologik faollikka ega bo’lgani uchun biogen aminlar deb ataladi. Ko’pchilik mediatorlar bu guruh birikmalariga kiradi.
Biogen aminlarning zararsizlantirish yo’llaridan biri – ularning aminooksidazalar ishtirokida oksidlanishli dezaminlanishi hisoblanadi:
O
R – CH2 – NH2 + O2 + H2O aminooksidaza R – C + NH3 + H2O2
H
Aminooksidazalar ikki turda bo’ladi: monoaminooksidaza (MAO) va diaminooksidaza (DAO). Monoaminooksidazalarning kofermenti FAD, diaminooksidazalarning kofermenti esa – piridoksalfosfat (reaktsiya uchun Cu2+ ionlari zarur). MAO hujayra mitoxondriyasi bilan bog’liq, DAO esa sitoplazmada joylashgan. Bu fermentlar kam miqdorda qonda ham bo’ladi. MAO birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlarni; DAO esa gistamin, putrestsin, kadaverin va kam darajada alifatik aminlarni faolsizlantiradi. Biogen aminlarning dezaminlanish mahsulotlari – aldegidlar aldegiddegidrogenazalar yordamida organik kislotalargacha oksidlanadi:
O
R – C + HAD∙H + H+ + H2O R – COOH + NAD+
H
Dostları ilə paylaş: |