2. Almashinadigan aminokislotalar biosintezi. Sut emizuvchi hayvon va inson to’qimalarida faqat almashinadigan aminokislotalar sintezlanishi mumkin, almashinmaydiganlari esa ovqat bilan birga kiradi. Almashinadigan aminokislotalar biosintezi uglevodlar parchalanishining oraliq mahsulotlari, Krebs sikli metabolitlari va almashinmaydigan moddalar asosida amalga oshadi.
1. Almashinadigan aminokislotalarning uglevodlar parchalanishi mahsulotlaridan hosil bo’lishi. Bunda piruvat, 3-fosfoglitserat va ribozo-5-fosfat aminokislotalar sintezi uchun manba hisoblanadi. Piruvat va 3-fosfoglitserat – glikolizning metabolitlari, ribozo-5-fosfat – pentozofosfatli siklning metaboliti. Piruvatdan alanin ikki xil usulda hosil bo’ladi:
1) alaninaminotransferaza ishtirokida transaminlanish:
ALT
Piruvat + glutamat Alanin + 2-oksoglutarat
2) alanindegidrogenaza (ALDG) ishtirokida qaytarilishli aminlanish:
ALDG
Piruvat + NH3 + NAD∙H + H++ H20 Alanin + NAD+
3-fosfoglitseratdan serin, serindan esa glitsin hosil bo’ladi. Shu sababli 3-fosfoglitserat serin va glitsinning umumiy o’tmishdoshi hisoblanadi:
3-fosfoglitserat → 3-fosfoserin → serin → serin + TGFK(tetragidrofolat
- H3PO4
kislotasi) → glitsin + N5, N10-metilen -TGFK
Dastlab ribozo-5-fosfat α-5-fosforibozil-1-pirofosfat(FRPF) ga aylanadi, u esa gistidin va purinlarning biosintezida ishtirok etadi:
Ribozo-5-fosfat → Fosforibozilpirofosfat → Gistidin.
Ammo gistidinning bu usulda sintezlanish imkoniyati chegaralangan, shu sababli u yarim almashinadigan aminokislota bo’lib hisoblanadi.
2.Almashinmaydigan aminokislotalardan almashinadigan aminokislotalarning sintezi. Almashinmaydigan aminokislota fenilalanindan almashinadigan – tirozin hosil bo’ladi:
F enilalanin + NADF∙H + H++ 02 Tirozin + NADF+ + H20
Fenilalanin almashinmaydigan aminokislota bo’lganligi uchun endogen tirozin sintezi imkoniyati chegaralangan.
Shuningdek, metionin sisteinga aylanishi mumkin. Metionin oltingugurt manbai bo’lib hisoblanadi, molekulaning boshqa qismi esa serin hisobiga quriladi.
Metionin → S-Adenozilmetionin → S-Adenozilgomosistein → sistationin Sistationin → 2-oksobutirat + NH3 + sistein
To’qimalarda ornitin argininga aylanadi. Ammo uning bu usul bilan hosil bo’lishi kam miqdorda, chunki u mochevina sintezi uchun substrat vazifasini bajaradi. Shu sababli arginin yarim almashinadigan aminokislota bo’lib hisoblanadi.
3. Almashinadigan aminokislotalarning Krebs sikli metabolitlaridan sintezlanishi. Aminokislotalar sintezi uchun oksaloatsetat va 2-oksoglutarat manba bo’lib hisoblanadi. Oksaloatsetdan asparagin kislota va asparagin hosil bo’ladi. Asparagin kislota aspartataminotransferaza ishtirokida transaminlanadi, asparagin esa asparaginsintetaza ishtirokida aminlanadi:
O ksaloatsetat + glutamat Asparagin kislota + 2-oksoglutarat
A sparagin kislota + NH3 + ATF Asparagin + ADF + Fn
2-oksoglutaratdan glutamin kislota, glutamin, prolin va nihoyat gidroksiprolin hosil bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |