3.Kreatinning sintezi va parchalanishi. Aminokislotalar ko’plab oqsil bo’lmagan azotli birikmalar: xolin, fosfatidlar, kreatin, mediatorlar (biogen aminlar ham), pigmentlar, vitaminlar, kofermentlar, porfirinlar, purin va pirimidin asoslari; o’simliklarda – alkaloidlar, mikroorganizmlarda antibiotiklar sintezi uchun ishlatiladi.
Odam va hayvon to’qimalaridagi kreatin uchta aminokislota – arginin, glitsin, metionindan sintezlanadi. Kreatin sintezi ikki bosqichda boradi. Birinchi bosqichda arginin va glitsindan glitsin-amidinotransferaza fermenti ishtirokida guanidinsirka kislota hosil bo’ladi:
NH2
CH2
COOH
NH2
C = NH
NH +
(CH2)3
HC – NH2
COOH
NH2
C = NH
NH +
CH2
COOH
NH2
(CH2)3
HC NH2
COOH
glitsin
guanidinsirka L-ornitin
kislota
L-arginin
Birinchi bosqich buyrak va oshqozon osti bezida faol boradi. Ikkinchi bosqichda guanidin-metiltransferaza ishtirokida metillanish amalga oshadi:
NH2
C NH
N
CH2
COOH
Guanidin sirka Kreatin
kislota
Bu bosqich jigar va oshqozon osti bezida, ya’ni kreatin sintezi uchun kerakli fermentlar bo’lgan sharoitda amalga oshadi. Bu organlarda sintezlangan kreatin qon orqali boshqa organ va to’qimalar, bosh miya, skelet muskullari, yurakka tashiladi. Ammo kreatin almashinuvi bo’yicha ko’pgina tushunmovchiliklar mavjud. Jumladan, odam yuragi muskul to’qimalariga kreatin deyarli o’ta olmasa ham uning miqdori ko’p bo’ladi. Hujayrada kreatin ATF bilan qaytar – perefosforillanish yo’li orqali energiyaning o’tkazilishida ishtirok etadi. Kreatinning parchalanish mahsulotlaridan biri kreatinin hisoblanadi va fermentsiz yo’l bilan amalga oshadi:
NH2
C = NH
H3C N
CH2
COOH
NH
C = NH
H3C N
CH2
CO
- H2O
Kreatin Kreatinin
Organizmdagi kreatinning taxminan 2% i kreatininga aylanadi. Qon plazmasida kreatin va kreatinin kam miqdorda bo’ladi.
Kreatin siydik bilan faqat bolalarda ajraladi; kattalarda kreatinin siydik bilan bir sutkada 4,4 – 17,6 mmol/l ajraladi. Agar siydik bilan kreatin ajralsa, bu patologik holat ekanligini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: |