5-mavzu. Elektr yuklamalar grafiklarini harakterlovchi asosiy kattaliklar reja



Yüklə 61,43 Kb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü61,43 Kb.
#184630
1   2   3   4
5-Maruza

Maksimum koeffitsiyenti – grafikni to‘ldirish koeffitsiyentiga teskari bo‘lgan miqdor, ya’ni:
;
Bu koeffitsiyentning qiymati t yuklamali smena uchun aniqlanadi va guruh iste’molchilariga tegishli bo‘ladi. Agar maksimal quvvat deganda hisobiy quvvatni qabul qilinilishini e’tiborga olinadigan bo‘lsa,

Demak, maksimum koeffitsiyenti grafikdan aniqlanadigan ikki eng asosiy miqdorlar – hisobiy va o‘rtacha yuklamalar orasidagi munosabatni belgilaydi. Km koeffitsiyenti hisobiy quvvatni o‘rtacha quvvatga nisbatan qancha kattaligini ko‘rsatadi. Uning miqdori birga teng yoki katta bo‘lishi mumkin. O‘zgarmas yuklamali iste’molchilar (ventilyatorlar, nasoslar va t.u.) uchun Km=1, ya’ni Px = Po’rt .
Forma koeffitsiyenti yuklamaning effektiv (o‘rtacha kvadrat) qiymatini uning o‘rtacha qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi. Bu ko‘rsatgich ayrim iste’molchi yoki guruh iste’molchilari uchun ma’lum vaqt oralig‘ida topiladi:
;
;
Forma koeffitsienti yuklama grafigining vaqt bo‘yicha notekisligini ko‘rsatadi. Uning eng kichik qiymati, vaqt bo‘yicha o‘zgarmaydigan yuklamada, birga teng bo‘ladi. O‘rtacha kvadrat yuklama quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:

3.9-rasm. Yuklama grafigining vaqt bo‘yicha notekisligi.

Bu yerda, - yuklama grafigining T vaqt oralig‘idagi teng bo‘laklar soni. Forma koeffitsiyenti Kf.a ning miqdori ishlab chiqarish jarayoni maromida bo‘lgan korxonalarda 1,05 dan 1,15 oralig‘ida bo‘ladi (3.9-rasm).
Yuklanish koeffitsiyenti deb, ma’lum vaqt davomida iste’molchining haqiqiy o‘rtacha quvvatini uning nominal quvvatiga nisbatini aytiladi.

Iste’molchining o‘rtacha haqiqiy yuklamasi Port.x deganda, uning faqat ulangan vaqtga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yuklama tushuniladi. Rasmda ko`rsatilgan grafikda ulanish vaqti: tu=t1+t2 +…......+t10, bo‘lib,

Yuklanish koeffitsienti iste’molchining ulangan vaqtdagi ishlatilish (foydalanish) darajasini ko‘rsatadi.

Yüklə 61,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin