Boshqaruv tizimi. G‘aznaviylar davlatida boshqaruv tizimi o‘zining murakkabligi bilan diqqatni jalb etadi. Boshqaruv tizimining markazida dargoh va devonlar (vazirliklar) turgan. Dargohga oliy hukmdor faoliyati bilan bog‘liq xizmatlar va amallar kirgan. G‘aznaviylar davrida hojiblik xizmatining o‘rni alohida e’tiborga loyiq. Dargoh faoliyatida si’ohdor
‘ardador (mahram; xufiya ishlarni bajaruvchi), martabador (saroydagi o‘rta amaldor), xazinachi, joma xona va farrosh kabi mansab va xizmatlarning o‘rni katta bo‘lgan. Devonlar ijroiya idoralari bo‘lib, o‘sha davr manbalarida 5 ta devon nomi uchraydi. Ular vazir devoni (bosh vazir devoni); harbiy ishlar devoni; elchilik va boshqa rasmiy tadbirlarni yuritish devoni; moliya devoni; ‘ochta-xabar devoni. Viloyat boshlig‘ini voliy deganlar va uni oliy hukmdor tayinlagan. Viloyatlardagi boshqaruv ishlarni amid olib borgan. Shahar boshlig‘ini rais deb ataganlar. Shahar miqyosida shihna, kutvol (qal’a komendanti), sohibi devon (ma’muriy boshqaruvchi) kabi amaldorlar ham faoliyat ko‘rsatganlar. G‘aznaviylar davlati qudratli harbiy qo‘shinga ega edi. Oliy qo‘mondonlik hukmdorning ixtiyorida bo‘lgan. Bosh qo‘mondon — si’ohsolor esa sulolaning eng ishonchli vakili yoxud shu xonadon a’zosi hisoblangan. Masalan, Mahmud G‘aznaviy si’ohsolor mansabiga ukasi Muhammad Yusufni loyiq to’gan. Yuqori darajadagi harbiy lashkarboshilar salor, o‘rta darajadagilari sarhang deyilgan. Harbiylar o‘z ‘ochta-xabar va
qozilik xizmatlariga ega bo‘lgan. G‘aznaviylar qo‘shinida harbiy kemalar (daryo va dengiz floti) ham mavjud edi.