Kiritish-chiqarish modullari, portlar va ularning vazifalari. Kompyuter yongandagi har xil yozuvlar va tovushning chiqishi bu BIOSning ishi. Ular ROM (Read Only Memory) xotirada yozilgan.
BIOS quyidagi vazifalarni bajaradi:
kompyuterni faollashtirish, barcha elementlarini boshlang‘ich holatga keltirish;
kompyuter qurilmalarini dastlabki tekshiruvini amalga oshiradi(POST-test);
PCI qurilmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va sozlash;
operatsion tizimni dastlabki yuklanishini amalga oshiradi(bootmgr);
qurilmalarni bir-biri bilan moslashuvini tekshiradi;
elektr ta’minotini boshqarish, kompyuterni o‘chirish, uxlash holatiga o‘tkazish. [5]
BIOSni to‘g‘ri sozlash, kompyuter ishlashiga ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun dastlab shu dasturni yaxshi o‘rganib olish lozim. Protsessorlarning turi rivojlangan sari, BIOS sozlashlari ham qiyinlashib bormoqda. Bu esa, qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. [4]
BIOS dasturini asosan quyidagi firmalar ishlab chiqishadi:
BIOS turiga qarab, uning ko‘rinishi ham o‘zgarib boradi, uning turidan tashqari bir necha versiyalari ham mavjud. Bu versiyalar ham kundan kunga yangilanib bormoqda. [4]
Kiritish-chiqarish portlari.
Sichqoncha kiritish/ulash porti.
Klaviatura kiritish/ulash porti.
USB (Universal Serial Bus – Ma’lumot uzatish interfeysi) kiritish/ulash porti. [6]
Seriyali port (COM-port, inglizcha: aloqa porti) [6]