14–Rasm. Porshen.
1-tub qismi; 2-zichlovchi qismi; 3- yo’naltiruvchi qismi yondor; 4-bo’rtiqlik qismi;
5,6-halqa ariqchalari.
Dizellarga qo’yiladigan porshenlarning tubi ichiga botiq qabariq yoki
murakkab shaklda tayyorlanadi. Porshenning qanday shaklda yasalishi siqish
bo’linmasining shakli, gaz oqimining yo’nalishi va klapanlarning joylashuviga
bog’liq. Dvigatel ishlaganda porshen silindrga tiqilib qolmasligi uchun silindr va
porshen devorlari orasida issiqlik tirqishi bo’lishi lozim. Porshenning yuqorigi
qismi, uning yondoriga qaraganda ko’proq qiziydi, natijada ko’proq kengayadi.
Shuning uchun porshen kallak qismining diametrik yondor qismining diametriga
nisbatan kichikroq qilib yasaladi, ya’ni porshen balandligi bo’yicha konus shaklida
boladi.
Porshen halqalari yuqori harorati va bosimga ega bo’lgan gazlar, shuningdek
o’zgaruvchan qiymatga ega bo’lgan inersiya kuchlari ta’sir etadigan og’ir ish
sharoitida ishlaydi.
15-Rasm. Porshen halqalari.
a) moy sidirish halqalari; b) halqa qulflari; c) halqalar.
1-moy sidirish halqasi, 2-halqaning ariqchasi, 3-oraliq tirqish, 4-halqa yuzasi,
5-yupqa halqa, 6-kengaytirgich, 7-radial kengaytirgich, 8-porshen.
Porshen halqalari maxsus cho’yandan, keyingi yillarda esa po’latdan ham
tayyorlanmoqda. Porshen halqalari vazifalariga ko’ra kompression, moy sidirgichli
va aralash bo’ladi. Kompression halqalari, silindr va porshen oraliqlarini
jipslashtiradi hamda silindrda hosil bo’lgan gazlarni karterga, moyni esa yonish
kamerasiga o’tishdan saqlaydi. Bundan tashqari, porshen kallagidan issiqlikni
silindr devorlari orqali sovituvchi muhitga tarqatadi. Ayniqsa, yuqorida joylashgan
kompression halqa juda ham og’ir ish sharoitida ishlaydi, chunki uning ishlash
jarayoni o’ta qizigan gazlar qatlamiga tog’ri keladi, natijada, tashqi sirtdagi qizigan
moy pardasi porshen Yu. Ch. N. ga yetganda kuyib ketadi. Yuqorida joylashgan
kompression halqalarning yeyilishga chidamliligi va ishlash muddatini oshirish
maqsadida ularning tashqarisiga g’ovak xrom qoplanadi, xrom qatlami ularning
ishlovchi yuzalarining qattiqligini oshiradi, natijada halqalarning yeyilishi
kamayadi, xrom qatlamidagi g’ovakchalar silindr yuzasidan moyni o’ziga singdirib,
yubka pardasini hosil qiladi, bu esa silindr yuzasining yeyilishini kamaytiradi.
Porshen barmog’i bilan shatun sharnir ravishda tutashtiriladi. Ish taktida
porshen barmog’i gazlarning bosim kuchini shatunga, yordamchi taktlarda esa
(kiritish, siqish va chiqarish) shatunning tirsakli valdan olgan harakatini porshenga
uzatadi. Porshen barmog’i porshen bilan birga tezlanish va yo’nalishini o’zgartirib
harakatlanadi. Shuning uchun u og’ir bo’lmasligi kerak, aks holda mexanizmga
salbiy ta’sir etuvchi inersiya kuchlarining miqdori ortib ketadi. Bundan tashqari,
porshen barmog’i shatun kallagida va porshen bo’rtiqli tuynugida ishqalanish
natijasida qiziydi. Shu sababli u puxta, mustahkam, yeyilishga chidamli hamda
kichik vaznli bo’lishi lozim (14-rasm).
|