5-Mavzu: Krivoship-shatunli mexanizm (KShM) tuzilishi va ishlashi Reja



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix02.06.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#124070
  1   2   3   4   5   6   7
Lecture 5



5-Mavzu: Krivoship-shatunli mexanizm (KShM) tuzilishi va ishlashi 
 
Reja: 
 
1. Krivoship-shatun mexanizmi (KSHM) vazifasi, turlari va ularning kinematik 
sxemalari. 
2. Qatorli dvigatellarining KSHM konstruksiyasi, o`zaro bog`lanishi va ularni 
taxlili. 
3. Silindr-porshen guruxi detallarining ishlash sharoitlari. 
4. Silindr, porshen, porshen barmog`ining konstruktiv qiyosiy taxlili. 
5. Silindrlar bloki, gilzalar, blok kallagi, xalqalar, tirsakli val, maxovik, shatun, 
vkladishlar, tirsakli val posongilari, ularda qo`llaniladigan materiallar
komplektlashdagi texnik sharoitlar xaqida ma`lumotlar. 
6. KSHMning asosiy kamchiliklari va uning texnik holatini dvigatelning 
ko`rsatkichlariga ta`siri. 
7. KSHM detallarining taraqqiyotidagi asosiy yo`nalishlar. 
 
Krivoship-shatun mexanizmi (KSHM) vazifasi, turlari va ularning kinematik 
sxemalari. 
 
Krivoship-shatun mexanizmi silindrlarda hosil bo’lgan gaz bosimini qabul 
qilib, porshenning ilgarilama-qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga 
aylantirib beradi. 
Avtomobil dvigatellarida keng tarqalgan krivoship - shatun mexanizmining 
joylashuv tasviriy chizmasi 10-rasmda keltirilgan. 
10-Rasm. Krivoship - shatun mexanizmining joylashish chizmalari. 
Ko’p avtomobillarda bir qatorli dvigatеllarning silindrlari tik joylashgan. 
Ba'zi bir dvigatеllarda silindrlar tik holatdan 20-45
0
burchak ostida, masalan yoki 
yotiq joylashishi mumkin. Silindrlarni bu holda joylashtirish natijasida dvigatеlning 
balandlik o’lchami qisqartiriladi. Silindrlari ikki qator joylashgan dvigatеllarnig 
silindrlari ma'lum burchak ostida yoki yotiq holatda o’rnatiladi. Agar silindrlari ikki 


qator joylashgan dvigatеllarda ularning silindrlari orasidagi burchak 180
0
dan kam 
bo’lsa bu holda ular V-simon dvigatеllar dеyiladi. Agar 180
0
ga tеng bo’lsa, ikki 
qatorli yotiq dvigatеllar dеyiladi. Ko’p V-simonli dvigatеllarning silindrlari 90
0
burchak ostida joylashadi. Bunda dvigatеllarning uzunligi va vazni bir qatorli 
dvigatеllarnikiga nisbatan ancha kichik bo’ladi. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin