5-Mavzu: Krivoship-shatunli mexanizm (KShM) tuzilishi va ishlashi Reja



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix02.06.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#124070
1   2   3   4   5   6   7
Lecture 5

 
14–Rasm. Porshen.
1-tub qismi; 2-zichlovchi qismi; 3- yo’naltiruvchi qismi yondor; 4-bo’rtiqlik qismi; 
5,6-halqa ariqchalari. 
Dizellarga qo’yiladigan porshenlarning tubi ichiga botiq qabariq yoki 
murakkab shaklda tayyorlanadi. Porshenning qanday shaklda yasalishi siqish 
bo’linmasining shakli, gaz oqimining yo’nalishi va klapanlarning joylashuviga 
bog’liq. Dvigatel ishlaganda porshen silindrga tiqilib qolmasligi uchun silindr va 
porshen devorlari orasida issiqlik tirqishi bo’lishi lozim. Porshenning yuqorigi 
qismi, uning yondoriga qaraganda ko’proq qiziydi, natijada ko’proq kengayadi. 
Shuning uchun porshen kallak qismining diametrik yondor qismining diametriga 
nisbatan kichikroq qilib yasaladi, ya’ni porshen balandligi bo’yicha konus shaklida 
boladi. 
Porshen halqalari yuqori harorati va bosimga ega bo’lgan gazlar, shuningdek 
o’zgaruvchan qiymatga ega bo’lgan inersiya kuchlari ta’sir etadigan og’ir ish 
sharoitida ishlaydi.


 
 
 
 
15-Rasm. Porshen halqalari. 
a) moy sidirish halqalari; b) halqa qulflari; c) halqalar. 
1-moy sidirish halqasi, 2-halqaning ariqchasi, 3-oraliq tirqish, 4-halqa yuzasi, 
5-yupqa halqa, 6-kengaytirgich, 7-radial kengaytirgich, 8-porshen. 
 
Porshen halqalari maxsus cho’yandan, keyingi yillarda esa po’latdan ham 
tayyorlanmoqda. Porshen halqalari vazifalariga ko’ra kompression, moy sidirgichli 
va aralash bo’ladi. Kompression halqalari, silindr va porshen oraliqlarini 
jipslashtiradi hamda silindrda hosil bo’lgan gazlarni karterga, moyni esa yonish 
kamerasiga o’tishdan saqlaydi. Bundan tashqari, porshen kallagidan issiqlikni 
silindr devorlari orqali sovituvchi muhitga tarqatadi. Ayniqsa, yuqorida joylashgan 
kompression halqa juda ham og’ir ish sharoitida ishlaydi, chunki uning ishlash 
jarayoni o’ta qizigan gazlar qatlamiga tog’ri keladi, natijada, tashqi sirtdagi qizigan 
moy pardasi porshen Yu. Ch. N. ga yetganda kuyib ketadi. Yuqorida joylashgan 
kompression halqalarning yeyilishga chidamliligi va ishlash muddatini oshirish 
maqsadida ularning tashqarisiga g’ovak xrom qoplanadi, xrom qatlami ularning 
ishlovchi yuzalarining qattiqligini oshiradi, natijada halqalarning yeyilishi 
kamayadi, xrom qatlamidagi g’ovakchalar silindr yuzasidan moyni o’ziga singdirib, 
yubka pardasini hosil qiladi, bu esa silindr yuzasining yeyilishini kamaytiradi. 
Porshen barmog’i bilan shatun sharnir ravishda tutashtiriladi. Ish taktida 
porshen barmog’i gazlarning bosim kuchini shatunga, yordamchi taktlarda esa 
(kiritish, siqish va chiqarish) shatunning tirsakli valdan olgan harakatini porshenga 
uzatadi. Porshen barmog’i porshen bilan birga tezlanish va yo’nalishini o’zgartirib 
harakatlanadi. Shuning uchun u og’ir bo’lmasligi kerak, aks holda mexanizmga 
salbiy ta’sir etuvchi inersiya kuchlarining miqdori ortib ketadi. Bundan tashqari, 
porshen barmog’i shatun kallagida va porshen bo’rtiqli tuynugida ishqalanish 
natijasida qiziydi. Shu sababli u puxta, mustahkam, yeyilishga chidamli hamda 
kichik vaznli bo’lishi lozim (14-rasm). 



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin