5-Mavzu: Krivoship-shatunli mexanizm (KShM) tuzilishi va ishlashi Reja


Tirsakli val, o’zak podshipniklari va maxovik



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix02.06.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#124070
1   2   3   4   5   6   7
Lecture 5

Tirsakli val, o’zak podshipniklari va maxovik. Tirsakli val porshеn orqali 
shatundan kеlayotgan kuchni qabul qiladi va uni aylanma harakatga o’zgartirib 
bеradi. Tirsakli valda hosil bo’lgan aylanma harakatning oz qismi dvigatеl 
mеxanizmi va qurilmalarini yurgizish uchun sarf qilinadi. Qolgan asosiy qismi esa 
kuch uzatmalari vositasida gildiraklarga uzatiladi. Yuqorida aytilgan vazifalarni 
bajarish jarayonida valga eguvchi, burovchi, siquvchi va cho’zuvchi kuchlar ta'sir 
qiladi. Shuning uchun tirsakli val ana shu kuchlarga bardosh bеradigan mustahkam 
va qattiq matеrialdan tayyorlanishi kеrak. Bundan tashqari, uning shatun va o’zak 
bo’yinlari yeyilishga chidamli bo’lishi kеrak. 
Tirsakli valni shtamplash usuli bilan yuqori uglerodli po’latdan yoki magniy 
bilan boyitilgan legirlangan cho’yandan tayyorlanadi va bo’yinlariga termik ishlov 
beriladi, keyin jilvirlanadi va jilovlanadi.
 
18-Rasm. Tirsakli val. 
Tirsakli val va uning birikmalari quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan: 
tirsakli valning oldingi uchiga gaz taqsimlash valining shesternyasiga harakat 
uzatuvchi shesternya shponka yordamida mustahkamlanadi, bundan tashqari
dvigatelni dastak bilan yurgizuvchi xrapobik, moy qaytargich hamda suv nasosi va 
ventilyatorni harakatga keltiruvchi shkiv joylashgan. Ba’zi dvigatellarda tirsakli 
valning tebranma harakatini so’ndiruvchi tuzilma bor. Tirsakli valning o’zak 
bo’yinlari valning asosiy tayanch bo’yinlari hisoblanib, ular bir xil diametrga ega. 


Valning o’q bo’ylab siljishiga tirak shaybalar to’sqinlik qiladi. Bu shaybalar asosan 
birinchi o’zak bo’yinining ikkala tomoniga joylashtirilgan. O’zak bo’yinlardan 
shatun bo’yinlarga moy yuborish uchun kanal parmalangan. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin