5-Mavzu Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlarini tashkil qilish va rahbarlik qilish Reja


Tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachining o‘rni



Yüklə 60 Kb.
səhifə3/3
tarix24.12.2023
ölçüsü60 Kb.
#192281
1   2   3
5- Mavzu Tabiat ma'ruza (1)

Tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachining o‘rni. Kelajak avlodni barkamol kishilar qilib tarbiyalash shu kunning dolzarb masalalaridan biridir. Bu borada bolalarni tabiat bilan tanishtirish muhim rol o‘ynaydi. Shunga ko‘ra maktabgacha ta’lim muassasalarida ishlayotgan tarbiyachilar oldida bolalarda tabiat go‘zalliklarini ko‘ra bilish, uni sevish, tabiatda yuz berayotgan voqea, hodisalar haqida to‘g‘ri tushunchalar hosil qilish, ularga ekologik ta’lim-tarbiya berishdek muhim vazifa turadi. Tarbiyachi, eng avvalo, o‘zi tabiatni sevuvchi, jonli va jonsiz tabiat haqida aniq bilimlarga ega bo‘lmog‘i lozim. Tarbiyachi bolalarni tabiat bilan tanishtirish uchun «Ilk qadam» o’quv dasturida berilgan tabiatga oid bilimlar bilan tanishib chiqqan va har bir yosh guruh uchun berilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi zarur. Tarbiyachi har bir faslda olib boradigan tabiat haqidagi bilimlarini to‘g‘ri rejalashtirishi, yer maydonchasidagi o‘simliklar, tirik burchakdagi xona o‘simliklari, akvariumda, terrariumda yashovchilarni parvarish qilish ko‘nikmalarini, qafasdagi qushlar va mayda sutemizuvchilar bilan tanishtirishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi zarur. Tarbiyachi bolalarni yuqoridagilar bilan tanishtirar ekan, ularning dunyoqarashini shakllantirib, jonli va jonsiz tabiatning xususiyatlarini o‘rganib, ular haqida dastlabki tushunchalar beradi.
Nazorat uchun savollar :
1.Tabiat burchagida o’simliklarni tashkil etish va o’stirish uchun nimalarga e’tibor berish lozim?
2.Katta guruhlarda hayvonlarni tashkil etishda ularning qanday xususiyatlariga e’tibor qaratiladi?
3.O’rta guruhda tashkil etiladigan o’simlik nomlarini ayting
4.Har bir guruhda tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlari haftada necha soat olib boriladi?
Foydalanilgan adabiyotlar


1.Q.Haydarov, S.Nishonova Tabiatshunoslik asoslari va bolalarni atrof-tabiat bilan tanishtirish. T.: O‘qituvchi. 1992.
2.YUsupova P.A. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berish. T.: O‘qituvchi. 1995.
3.M.M.Markovskaya.”Bolalar bog‘chasida tabiat burchagi”
4.A.To‘xtaev.Ekologiya.T.:O‘qituvchi.1998.
5.N.Jo‘raev va boshqalar “Ekologiya huquqi” T.:Adabiyot jamg‘armasi.2001.
6.X.J.Djabborova “Tabiat bilan tanishtirish metodikasi” T.: TDPU 2002
Yüklə 60 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin