5-mavzu mavzu va variatsiyalar (variatsion shakl)


Ostinato basga (basso ostinato) variatsiyalar



Yüklə 23,37 Kb.
səhifə3/5
tarix30.01.2022
ölçüsü23,37 Kb.
#51819
1   2   3   4   5
5-mavzu

Ostinato basga (basso ostinato) variatsiyalar

Basso ostinatoga polifonik variatsiyalar eng dastlabki variatsion shakllardan biri hisoblanadi. Ular XVI asrda paydo bo‘ladi, XVII va XVIII asrlarda esa keng tarqaladi va o‘z rivoji cho‘qqisiga erishadi.

Basso ostinato atamasi aynan bitta kuy davrasining past ovozda uzluksiz takrorini ifodalaydi.

Variatsiyalarda mavzu vazifasini tonikadan dominantaga pasayib boradigan va keyin yana tonikaga qaytish bilan kechadigan bas ovozidagi kuy davrasi o‘taydi. Mavzuga jo‘r ovozlar ko‘proq polifonik tarzda ishlanadi; biroq ko‘p hollarda jo‘rovozlardagi garmonik rivojlantirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Vazmin sur’at, minor ladi, barcha variatsiyalarda o‘zgarmas bo‘lib qoladigan basdagi pasayib boruvchi harakat – hammasi motamsaro – ulug’vorlik xarakteridagi obrazni hosil qiladi. Variatsiyalar polifonik fakturaning tobora ortib boradigan murakablashuvi tamoyili bo’yicha joylashtiriladi. Hamma variatsiyalarda shakl, tonallik va garmoniya saqlanib qoladi. Tutib turilgan basga variatsiyalar soni bir necha o‘ntaliklargacha yetadi. Variatsion turkum markazida bir yoki bir necha variatsiya nomdosh ladda yoziladi. Bu esa butun turkumga uch qismli shakl baxsh etadi.

Kulminatsiyalar taqsimoti shakl hosil qiluvchi katta ahamiyat kasb etadi. Yirik shaklda ular, odatda, bir nechta boladi. Bu kulminatsiyalar shaklni birlashtiradi, zero har bir keyingi kulminatsiya oldingisidan kuchliroq bolib chiqadi va ularning hammasi asar oxirida joylashtiriladigan bitta eng yuqori kulmmatsiya atrofida guruhlanadi.




Yüklə 23,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin