5-mavzu. Menejment jarayoni funksiyalari va bosqichlari boshqaruv maqsadi va unga qo’yiladigan asosiy talablar Boshqaruv maqsadi turlari


Boshqarish funktsiyalari mazmuni va mohiyati



Yüklə 41,82 Kb.
səhifə10/13
tarix02.01.2022
ölçüsü41,82 Kb.
#37154
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
5- мавзу.MENEJMENT JARAYONI FUNKSIYALARI VA BOSQICHLARI

3. Boshqarish funktsiyalari mazmuni va mohiyati
Dastlab “funktsiya” va “vazifa” iboralarining lug’aviy ma’nosi to’g’risida ikki og’iz so’z.

“Funktsiya” —bu lotincha so’z bo’lib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan ma’nolarni bildiradi.

“Vazifa” — bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo’lgan masala, o’rganilishi lozim bo’lgan, ko’zda tutilgan maqsad, yokibiror-bir topshiriq, xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab, amaldemakdir.

"Funktsiya" tushunchasi "vazifa" tushunchasiga nisbatan torroq, ma’noga ega. Zero, funktsiya faqat o’z faoliyat doirasidagi vazifalarni o’z ichiga oladi.

"Va­zifa" esa o’z faoliyat doirasidan tashqarida ham bo’lishi mumkin.

Boshqaruv funktsiyasi deganda u yoki bu ob’ektni boshqarishga oid aniq vazifalarni haletishga qaratilgan bnr turdagi ishlar majmui tushuniladi.

Demak, boshqaruv muayyan funktsiyalar orkali amalga oshiriladi. Funktsiyalarni aniqlash, ularning mohiyatini ochish va o’rganish boshqaruv jarayonini to’g’ri tashkil qilishning muhim shartidir.

Boshqaruv funktsiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tash­kil qilishdan kelib chikadi. Masalan, ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida:

• loyihalash;

• konstruktorlik;

• rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funktsiya­lar paydo bo’ladi. Keyingi funktsiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash, ya’ni,

• mahsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish;

• mehnat normalari, materiallari sarfini belgilash;

• asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilanbog’liq, funktsiyalar paydo bo’ladi.




Yüklə 41,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin