5-mavzu. Menejment jarayoni funksiyalari va bosqichlari boshqaruv maqsadi va unga qo’yiladigan asosiy talablar Boshqaruv maqsadi turlari



Yüklə 41,82 Kb.
səhifə5/13
tarix02.01.2022
ölçüsü41,82 Kb.
#37154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
5- мавзу.MENEJMENT JARAYONI FUNKSIYALARI VA BOSQICHLARI

-2005 va undan keyingi yillar — to’plangan tajribani tahlil qilish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.

Uzluksiz maqsadlar deganda har kuni qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan odatiy maqsadlar tushuniladi. Masalan, mehnat unumdorligini o’stirish, intizomni mustahkamlash, mahsulot tannarxini pasaytirish, mahsulot sifatini oshirish kabilar muntazam, kunda talab kilinadigan maqsadlardir

Boshqarish jarayonida bir martalik maqsadlarga ham zaruriyat tug’ilishi mumkin. Bunday maqsadlar, odatda, korxona uchun kutilmagan, favqulodda vujudga kelgan muammoni yechish uchun o’rtaga qo’yiladi. Bu maqsad, masalan, tabiiy ofat yuz bergan xolda shu ofatni bartaraf qilish uchun zaruriy mablag’ni ajratish ko’rinishida bo’lishi mumkin.

Boshqarishga maqsadli yondoshuv namoyandalari barcha maqsadlarni quyidagi to’rtta guruhga bo’lishadi:

• oddiy, qotib qolgan an’anaviy maqsadlar;

• muammoli maqsadlar;

innovatsion maqsadlar;

• xodimlar malakasini, mahoratini oshirish bo’yicha maqsadlar.

Birinchi guruhdagi maqsadlar har kun qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan odatiy maqsadlar bo’lib, ularning bajarilishini ta’minlash tegishli bo’g’indagi rahbarning bevosita burchiga kiradi

Ikkinchi guruhdagimaqsadlar odatiy maqsadlardan farqqiladi. Bu maqsadlar korxonaga va ayrim xodimga qiyinchiliklar tug’diradi.




Yüklə 41,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin