5-mavzu: mikroorganizmlarni o‘stirish mashg'ulot o'tkazishdan maqsad



Yüklə 188,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix08.12.2022
ölçüsü188,03 Kb.
#73246
  1   2   3   4   5
portal.guldu.uz-Mikroorganizmlarni o‘stirish



5-mavzu: MIKROORGANIZMLARNI O‘STIRISH 
 
Mashg'ulot o'tkazishdan maqsad. Mikroorganizmlarni suyuq va qattiq
ozuqa muhitiga ekish va qayta ekish usullarini o'rganish, har xil
mikroorganizmlaming yig'ma (elektiv) to'plamini, shuningdek, ularni qattiq ozuqa 
muhitli Petri likobchasiga ekish yo„li bilan toza to'plam olishni o'rganish. 
Mikroorganizmlarni ekish va qayta ekish usullari 
Har xil substratlardan mikroorganizmlarni ajratib olish, ularning toza
to'plamlarini ko'paytirish va aktiv holatda saqlash uchun ular laboratoriya
sharoitida ekiladi va qayta ekiladi. Tekshiriladigan materialdan ozgina olib,
ozuqa muhitiga ekish inokulyatsiya (ekish) deb, boshqa yangi ozuqa muhitiga
ekish qayta ekish deb ataladi. Ekishda va qayta ekishda quyidagi usullarga
amal qilish zarur : 
Probikadan Petri likopchasiga ekishda quyidagi ishlar amalga 
oshiriladi:
1. Petri likopchasining ustiga mum qalam yordamida talabaning ismi, 
guruhining raqami, sana yoziladi.
2. Yuqorida aytilganday, probirkadan ilmoq bilan kultura olinadi. 
3. Bo„sh qo„l bilan Petri likopchasining qopqog‟i ochiladi, lekin stolga 
qo„yilmaydi va likopcha ustida ushlab turiladi. 
4. Petri likopchasidagi oziqli muhitga ilmoqdagi kultura "shtrix" usulida 
ekiladi. Bunda agarni o„ymasdan ehtiyot qilib ekish lozim (6-rasm). 
5. Petri likopchasi yopiladi. 
6. Ilmoq flambirlanadi va joyiga qo„yiladi. Ekmalar 28
°
C da keyingi 
darsgacha o„stiriladi. Aseptika qoidasiga rioya qilingan bo„lsa Petri likopchasida 
faqat sof kultura o„sadi, aksincha qoidaga rioya qilinmasa likopchada har xil rangli 
va har xil kattalikdagi bakteriya koloniyalari o„sib chiqadi. Preparat tayyorlab 
mikroskop ostida ko„rilganda ko„rish maydonida biz ishlayotgan kulturadan 
tashqari shakli va o„lchamlari turlicha bo„lgan mikroorganizmlarni kuzatish 
mumkin. Bunday mikrorganizmlar bilan ishlash usuli mikrobiologik aseptika 
qoidalariga xilof bo„ladi va ishni qaytadan bajarish talab qilinadi.



Yüklə 188,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin