Chirituvchi bakteriyalarning elektiv to'plamini olish. Protey (Proteus vulgaris) va kartoshka tayoqchasi (Вас. m esen tericu s)
chirituvchi bakteriyalaring tipik vakillari hisoblanadi. Bularning yig'ma to'plamini
olish uchun ichida sterillangan GPB bo'lgan probirkaga ozgina tuproq solinadi.
Probirkaning og'zi paxta tiqin bilan berkitiladi. Bunda keyinchalik oqsilning
ayrim parchalanish mahsulotlari (NH
3
va H
2
S) hosil bo'lishini aniqlash maqsadida
tiqin tagiga nam lakmus qog'oz va qo'rg'oshin atsetat shimdirilgan filtr qog'oz
lentasi bir uchi bilan qistirib qo'yiladi. Qog'ozlar probirka devoriga tegmasdan
erkin osilib turishi kerak. Tarkibidagi ammiak va vodorod sulfid uchib ketmasligi
uchun probirkaning paxta tiqini ustiga sellofan o'rab yoki rezina qalpoqcha
kiydirib qo'yiladi. Keyin probirka termostatda 30°C issiqda 2-3 kun saqlanadi.
Vaqt o'tishi bilan lakmus qog'ozning ko'karishi ammiak ajralayotganidan dalolat
beradi. Agar vodorod sulfid ajralsa, qo'rg'oshin atsetat bilan namlangan qog'oz
qorayadi (yoki qo'ng'ir rangga kiradi), chunki bunda qo'rg'oshin atsetat qora
rangli qo'rg'oshin sulfatga aylanadi. Mikroskopda ko'rish uchun “ezilgan tomchi”
preparati tayyorlanadi va tayoqchalarning harakatlanishi o'rganiladi,
shuningdek, fiksirlangan preparat tayyorlanadi, “oddiy” usulda bo'yaladi va
hujayralarning shakli hamda sporalar bor-yo'qligi o'rganiladi.
Proteylarning yig'ma to'plamini olish. Protey nihoyatda harakatchanligi bilan xarakterlanadi. U mayda tayoqcha
shaklida bo'lib, spora hosil qilmaydi, Gram usulida bo'yalmaydi. Ayrim xillari
toksin ishlab chiqaradi. Bu bakteriyalar ko'paygan mahsulot iste'mol qilinsa,
zaharlanish mumkin.
Yig'ma to'plam olish uchun qiya go'sht-pepton agarli probirkaga bug'doy
donidek aynigan go'sht tashlab, og'zi paxta tiqin bilan berkitiladi va
termostatda 30°C issiqda 1-2 kun saqlanadi. Protey aktiv harakatlanadigan
bo'lgani uchun boshqalardan oldin qiya agar yuzasida chirmashib o'sib, uning
yuqori qismida o'ziga xos och havorang-kulrang mayin g'ubor hosil qiladi. Ana
shu g'ubor (nalyot) ning eng yuqori qismidan olib “ezilgan tomchi” preparati
tayyorlanadi. Uni mikroskopda ko'rilsa hujayralarning shakli va harakatchanligini
qayd etish mumkin.