5-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari


YAlpi ichki mahsulotni hisoblash usullari



Yüklə 139,81 Kb.
səhifə6/12
tarix14.12.2023
ölçüsü139,81 Kb.
#179220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
5-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari

3. YAlpi ichki mahsulotni hisoblash usullari

YAlpi ichki mahsulot (YAIM)ni hisoblashda milliy hisoblar tizimidan foydalaniladi. Milliy hisoblar tizimi (MHT) – bu barcha asosiy iqtisodiy jarayonlarni, takror ishlab chiqarish sharoitlari, jarayonlari va natijalarini tavsiflovchi o’zaro bog’liq makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, tasniflar va guruhlar tizimi.


MHT BMT tomonidan e’lon qilingan «Milliy hisoblar va yordamchi jadvallar tizimi» nomli hujjat asosida xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953 yildan boshlab qo’llanila boshladi. SHu davrdan (1953 yildan) buyon shu davrgacha MHT to’rt marta o’zgartirilib, takomillashtirildi. Lekin u hali ham takomillashtirishga muhtoj. Hozirgi davrda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida, shu jumladan O’zbekistonda mazkur tizimning takomillashtirilgan shakli qo’llanilmoqda.
Milliy hisoblar tizimi asosini yig’ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va xarajatlar balansi misol bo’lishi mumkin. Daromadlar xo’jalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizatsiya) summasini aks ettiradi. Xarajatlar to’rtta guruhdan iborat bo’ladi: iste’mol, investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning me’yordagi – muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi.
Ushbu milliy hisoblar tizimi asosida YAIM uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin:
Birinchi usul – bu YAIMni hisoblashga qo’shilgan qiymatlar bo’yicha yondashuv. Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo’yicha yaratilgan qo’shilgan qiymatlar yig’indisi hisoblab chiqiladi. Qo’shilgan qiymatni aniqlash jami ijtimoiy mahsulotdan oraliq mahsulotlar va xomashyo, yoqilg’i, materiallar qiymatini chegirish orqali amalga oshiriladi. Biz YAIMni hisoblashning mazkur usuliga tegishli ba’zi tushunchalar (masalan, takroriy hisob, oraliq mahsulot) va shartli misollarni darslikning 2-bobida ko’rib chiqqan edik. Bu usul bilan hisoblangan YAIM alohida tarmoqlarning shu mahsulotini yaratishdagi o’rnini va hissasini aniqlash imkonini beradi.

Yüklə 139,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin