5-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari


Asosiy tayanch tushunchalar



Yüklə 94,97 Kb.
səhifə11/12
tarix26.04.2023
ölçüsü94,97 Kb.
#102670
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
5-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari

Asosiy tayanch tushunchalar:

Makroiqtisodiyot – moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalarini yaxlit bir butun qilib birlashtirgan milliy iqtisodiyot va jahon xo’jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir.


Milliy hisoblar tizimi – milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash hamda ulardan foydalanishni tavsiflaydigan o’zaro bog’liq ko’rsatkichlar tizimi.
YAlpi milliy mahsulot (YAMM) – milliy iqtisodiyotda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita iste’molchilarga borib tushadigan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi summasi.
YAlpi ichki mahsulot (YAIM) – yil davomida mamlakat hududida ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymati.
Sof milliy mahsulot (SMM) – yil davomida jonli mehnatning unumli harakati bilan yaratilgan yangi mahsulotdir.
Milliy daromad – yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning puldagi ifodasi bo’lib, hozirgi hisoblar tizimida SMMdan egri soliqlarni chiqarib tashlash yo’li bilan aniqlanadi.
SHaxsiy daromad – milliy daromaddan ijtimoiy sug’urta ajratmalari, korxona foydasidan olinadigan soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasini chiqarib tashlash hamda aholi qo’liga kelib tushadigan ijtimoiy to’lovlar summasini qo’shish yo’li bilan aniqlanadi.
Nominal YAIM – joriy narxlarda hisoblangan YAIM.
Real YAIM – narxlarning o’zgarishini hisobga olib, o’zgarmas yoki qiyosiy narxlarda hisoblangan YAIM.
Qo’shilgan qiymat – ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan sotib olingan va unumli iste’mol qilingan xom ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati.
Oraliq mahsulot – ishlov berish, qayta ishlash va qayta sotish maqsadlarida sotib olingan mahsulotlar.
Pirovard mahsulot – ishlab chiqarish jarayoni yakunlangan, shaxsiy va unumli iste’mol qilishga tayyor bo’lgan mahsulotlar.
Xufyona iqtisodiyot – YAIMni ishlab chiqarish, taqsimlash va undan foydalanishning rasmiy iqtisodiyotdan yashirin qismi.



Yüklə 94,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin