5-mavzu: Mog‘or zamburug‘lari. Achitqilar Asosiy savollar



Yüklə 57,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix07.01.2024
ölçüsü57,11 Kb.
#206205
1   2   3   4   5   6   7
portal.guldu.uz-Mog‘or zamburug‘lari. Achitqilar.

pag‘a-
pag‘asimon
, cho‘kmaga tushmaydigan muallaq holda bo‘ladigan achitqilar esa 
changsimon
deb 
nomlanadilar. 
CHangsimon 
achitqilarning 
qobig‘lari 
shilliqlanmaydi. 
Achitqilarning ko‘payishi. 
Keng taraqqiy etgan achitqilarga xos vegetativ 
ko‘payish usuli kurtaklanishdir, ba’zi achitqilargina bo‘linish va sporalar yordamida
ko‘payadi. 
Kurtaklanish jarayonida hujayrada bo‘rtmacha (ba’zan bir necha) hosil bo‘lib, u 
sekin-asta kattalashadi. Bunday bo‘rtmachani kurtak deb ataladi. Kurtaklanish 
oldidan yadro ikki qismga bo‘linib, bittasi sitoplazmaning qismi boshqa hujayra 
elementlari bilan yangi shakllanayotgan yosh hujayraga o‘tadi. Kurtak o‘sgan sari uni 
ona hujayra bilan ulanib turgan joyi qisqarib, tortilib boradi va yosh qiz hujayra, ona 
hujayradan ajralib ketadi. Ona hujayraning kurtak ajralib ketgan joyida chandiq 
qoladi. CHandiqlar soniga asoslanib, hujayra qancha avlod berganini bilish mumkin. 
Kurtaklanayotgan hujayralar odatda bir necha kurtaklar hosil qiladi. Ba’zan, hali 
ona hujayradan ajralmagan yosh qiz hujayralar kurtaklana boradi. SHunday qilib 
o‘zaro bog‘langan hujayralar to‘plami hosil bo‘ladi va ular 
kurtaklanish o‘simtalari
deb nomlanadi.
Ba’zan suyuq muhitlar yuzasida kurtaklanish o‘simtalari yupqa parda hosil 
qiladi, ammo suyuqlikni aralashtirganda u osongina parchalanib ketadi. SHunday 
achitqilar ham borki, ular turli qalinlikda, bujmaygan, suyuqlikni aralashtirganda 
saqlanib qoladigan parda hosil qiladi. Bunday achitqilar ko‘pincha vino, pivo, 
tuzlangan sabzavotlarni aynitadi. 
Ko‘pchilik achitqilar sporalar yordamida ham ko‘payadi. Achitqilarda spora 
hosil bo‘lishi jinssiz va jinsiy yo‘llar bilan o‘tadi. Jinssiz ko‘payishda har bir tur 
achitqiga xos nechta spora hosil bo‘lishiga qarab, yadro shuncha bo‘laklarga 
bo‘linadi. Keyin hujayrada (xuddi xaltachadagidek) 2, 4, 8 va 12 dona askosporalar 
hosil bo‘ladi. Sporalar jinsiy yo‘l bilan hosil bo‘lganida, avval ikkita hujayra 
qo‘shiladi - kopulyasiya o‘tadi. 



Achitqilarning sporalari tashqi muhitning noqulay sharoitlariga, vegetativ 
hujayralarga nisbatan, ko‘proq chidamlidir, ammo bakteriyalarning sporalariga 
nisbatan kamroq chidamli. 
Qishloq xo‘jaligi yoki sanoat ishlab chiqarishlarida qo‘llanadigan achitqilarda - 
madaniy achitqilarda spora hosil qilish qobiliyati anchagina pasayadi yoki butunlay 
yo‘qoladi (asporogen irqlar). Bunday achitqilarni faqatgina majburiy ravishda spora 
hosil qilishga qaytarish mumkin. Buning uchun achitqilarni yosh to‘plamsini to‘la-
to‘kis oziqlanishdan och qoldirish sharoitiga o‘tkaziladi. YAxshi aeratsiya va 
harakatda achitqilar spora hosil qiladi. 
Spora hosil qila oladigan achitqilarni 

Yüklə 57,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin