jinsiy yo‘l bilan ham ko‘payadi. Bunda ko‘rinishi bir xil bo‘lgan ikki
hujayra - sporalar qo‘shilib
zigota yoki
zigospora hosil qiladi. Agar biri katta,
ikkinchisi kichikroq sporalar (erkak va ayol hujayralar) qo‘shilsa
oospora bunyod
bo‘ladi. Zigospora va oosporadan mog‘or mitseliysi rivojlanadi.
Mog‘or zamburuglarining sistematikasi juda murakkab bo‘lgani uchun faqat
ba’zi turlarini o‘rganamiz.
Mog‘orlar quyidagi sinflarga bo‘linadi:
1.
Xitridiomitsetlar (Chitridiomycetes).
Mitseliy kam rivojlangan. Asosan jinssiz zoosporalar yordamida ko‘payadi.
Jinsiy ko‘payishda ba’zilari oospora, boshqalari zigospora bilan ko‘payadi.
2.
Oomitsetlar (Oomycetes).
Bir hujayrali ko‘p yadroli, yaxshi rivojlangan mitseliylidir. Jinsiy va jinssiz
ko‘payadi.
3.
Zigomitsetlar (Zygomycetes).
YAxshi rivojlangan bir hujayrali bo‘lib, jinsiy va jinssiz ko‘payadi.
4.
Askomitsetlar (Ascomycetes).
Mitseliysi ko‘p hujayrali yaxshi rivojlangan bo‘ladi, ammo mitseliysiz shakllari
ham bor. Bu sinfga achitqilar kiradi. Tabiatda keng tarqalgan, oziq-ovqat sanoatida
ahamiyati katta aspergillus va penitsillium mog‘orlari ham shu sinf vakillaridir.
5.
Bazidiomitsetlar (Basidiomycetes).
Ko‘p hujayrali mitseliysi bo‘lib, jinsiy ko‘payishda bazidiosporalari mavjud
bazidiyalar xizmat qiladi. Bir hujayrali bazidiyalarda to‘rtta kalta o‘simtalar -
sterigmalarda bir donadan bazidiosporalar joylashgan bo‘ladi.
6.
Deyteromitsetlar yoki takomillashmagan zamburug‘lar (Deuteromycetes).
Ko‘p hujayrali va bir hujayrali mitseliysi bo‘lib, jinssiz ko‘payadi. Ko‘pchiligi
konidiyalar bilan ko‘payadi, ba’zilari oidiyalar hosil qiladi.
2-savol bayoni: