5-mavzu: Mog‘or zamburug‘lari. Achitqilar Asosiy savollar


chinakam achitqilar, spora hosil  qilmaydiganlarini  (asporogenlarini)  yolg‘on achitqilar yoki  achitqisimon



Yüklə 57,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix07.01.2024
ölçüsü57,11 Kb.
#206205
1   2   3   4   5   6   7
portal.guldu.uz-Mog‘or zamburug‘lari. Achitqilar.

chinakam
achitqilar, spora hosil 
qilmaydiganlarini 
(asporogenlarini) 
yolg‘on achitqilar yoki 
achitqisimon 
organizmlar deb nomlanadi. 
Achitqilarning sistematikasi. 
Achitqilarning sistematikasi ularning ko‘payish 
usuliga, spora hosil qilishiga va fiziologik xususiyatlariga qarab asoslangan. 
Achitqilarning bir nechta sistematika turlari mavjud. SHular jumlasidan V.I. 
Kudryavsevning sistematikasida to‘xtalib o‘tamiz.
V.I. Kudryavsev barcha bir xil hujayrali mitseliy hosil qilmaydigan achitqilarni 
zamburug‘larning mustaqil guruhiga - Unicellomycetales tartibiga birlashtiradi. Uni 
vegetativ ko‘payish usullariga asoslanib uchta oilalarga bo‘ladi; spora hosil qilishini 
esa hisobga olinmaydi. 
Saccharomycetaceae
- kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payadigan achitqilar; 
Schizosaccharomycetaceae
- bo‘linish usuli bilan ko‘payadigan achitqilar; 
Saccharomycodaceae
- limonsimon achitqilar, ularning ko‘payishi kurtaklanish 
turidan boshlab, bo‘linish turi bilan tugaydi. 
Spora hosil qiluvchi achitqilardan - 
saxaromitses turkumi
(
Saccharomyces

katta e’tiborga egadir. U o‘z tarkibida tabiiy turlarni va sanoatda qo‘llanadigan 
madaniy turlarni birlashtirgan. 
Bu turkum achitqilari kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payadi va spora hosil qilish 
qobiliyatiga ega. Ularning alohida turlari bijg‘itish intensivligi, u yoki bu qandlarni 
bijg‘ita olish qobiliyati bilan, spirtni hosil qilish miqdori, kurtaklanish va spora hosil 
qilish harorat optimumi va boshqa belgilar bilan bir-biridan farq qiladi. 
Saxaromitses turkumidagi achitqilarning ikki turi: sereviziya va ellipsoideus 
sanoatda eng ko‘p qo‘llaniladi. 
Saxaromitses serevizia
(
Sacch. cerevisiae
) - yumaloq yoki tuxumsimon 
cho‘zilgan shakldagi achitqilar. Ular etil spirtini ishlab chiqarishda, pivochilikda, 
kvas va non mahsulotlarini olishda ishlatiladi. Turli ishlab chiqarishlarga xos bu 
achitqilarning irqlari qo‘llanadi. 

Yüklə 57,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin