5-mavzu: O‘zbеkistоndа оilа pеdаgоgikа fаnining rivоjlаnishining ijtimоiy- iqtisоdiy, mе’yoriy-huquqiy аsоslаri



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə2/5
tarix20.11.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#164529
1   2   3   4   5
5-MAVZU

Oila huquqining yangi institutlari xususan, nikoh shartnomasi, aliment kelishuvi, sun'iy bolani vujudga kelish tufayli otalik va onalikni belgilash masalalariga alohida e'tibor beriladi. Kitob Oila huquqi fani bo‘yicha o‘zbek tilida birinchi ilk bor nashr etilgan darslik hisoblanadi. Umuman ushbu asar bu borada dastlabki harakat hisoblanib, oliy o‘quv yurtlari talabalari, magistrlar, aspirantlar, o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, shuningdek sud, prokuratura, FHDYO, advokatlar va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga, respublika aholisining huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirishga mo‘ljallangan.

  • Oila huquqining yangi institutlari xususan, nikoh shartnomasi, aliment kelishuvi, sun'iy bolani vujudga kelish tufayli otalik va onalikni belgilash masalalariga alohida e'tibor beriladi. Kitob Oila huquqi fani bo‘yicha o‘zbek tilida birinchi ilk bor nashr etilgan darslik hisoblanadi. Umuman ushbu asar bu borada dastlabki harakat hisoblanib, oliy o‘quv yurtlari talabalari, magistrlar, aspirantlar, o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, shuningdek sud, prokuratura, FHDYO, advokatlar va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga, respublika aholisining huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirishga mo‘ljallangan.

Mamlakatimizda oila huquqlari xalqaro huquq normalariga mos ravishda muhofaza etilmoqda. Mustaqillik yillarida hukumatimiz tomonidan oila-nikoh munosabatlari, xotin-qizlar va bolalar huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar va deklaratsiyalarning ratifikatsiya qilinishi buning yaqqol namunasidir. Jumladan, Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi (BMT Bosh Assambleyasining 1948-yil 10-dekabrdagi 217-rezolyutsiyasi), Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya (BMT Bosh Assambleyasining 1952-yil 20-dekabrdagi 640-son rezolyutsiyasi), Bir xil qiymatdagi ish uchun erkaklar va xotin-qizlarga teng haq to‘lash to‘g‘risidagi (100) Konvensiya (XMT Bosh Konferensiyasining 34- sessiyasida 1951-yil 29-iyunda qabul qilingan), Onalikni himoya etishga qaratilgan (103) konvensiya (Jeneva, XMT tomonidan 1952-yil 28-iyunda qayta ko‘rib chiqilgan), Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya (BMT 43-Bosh Assambleyasi tomonidan 1989-yil 20-noyabrda), Fuqarolik huquqlari va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro Pakt (BMT Bosh Assambleyasining 1966-yil 16-yanvardagi 2200-rezolyutsiyasi), Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi Konvensiya (BMT Bosh Assambleyasining 1979- yil 18-dekabrdagi 34-, 180-son rezolyutsiyalari), Bolalarning yashashi, himoyalanishi va rivojlanishini ta’minlash to‘g‘risidagi umumjahon Deklaratsiyasi, boshqa mamlakatlarga bolalarni o`g‘irlab ketishning fuqarolik jihatlari to‘g‘risidagi Gaaga konvensiyasi (Gaaga 1980-yil 25-oktyabr), 1995-yilda Pekinda 4-Butunjahon xotin-qizlar konferensiyasida qabul qilingan xotinqizlarning ahvoli bo‘yicha asosiy harakatlar dasturi mamlakatimizda oila, onalik va bolalikni xalqaro huquq normalariga mos holda muhofaza qilish borasidagi dastlabki muhim qadamlardir, maqsad har bir fuqaroning, har bir oila a’zosining huquqlari himoya etilishi xalqaro huquq normalari doirasida yo‘lga qo‘yishga erishishdir.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin