Oila kodeksi (OK) - oilaviyhuquqiy munosabatlarni tartibga solib, oila aʼzolari (yaʼni, er-xotinlar, ota-onalar, bolalar, shuningdek, farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinuvchilar va oilaning boshqa aʼzolari) oʻrtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi va mustahkamlovchi qonun hujjati.

Huquqning alohida tarmogʻi hisoblangan oila huquqining maxsus manbaidir. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi OK Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-apreldagi qarori bilan tasdiqlanib, ushbu yilning 1-sentabrdan amalga kiritildi. Eʼtiborli-si, OK mamlakatimizda "Oila yili" deb eʼlon qilingan yilda qabul qilindi.
Kodeks 8 boʻlim, 30 bob, 238 moddadan iborat. Amaldagi OK bir qator oilaviy huquqiy munosabatlarni yan-gicha hal etgan. Chunonchi, milliy ne-gizlarga asoslanganligi (quda-andachilik, qarindoshurugchilik, bobo-buvilar va nabiralar oʻrtasidagi munosabatlarning yangicha talqini), umuminsoniy qadriyatlar aks etganligi (nikoh shart-nomasi institutining kiritilishi, nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi) kabi hollar.
Oila huquqining umumiy qismiga oid nazariy muammolar, oila, oila huquqi tushunchasi va predmeti, metodi, oila qonunchiligi tarixi, oilaviy-huquqiy munosabatlar, oila va fuqarolik huquqining nisbati yoritib berildi. Oila huquqining maxsus qismiga oid asosiy masalalar: nikoh, er va xotinning huquqiy munosabatlari, ota-onalar va bolalarning huquq va majburiyatlari, aliment majburiyatlari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilinadi.