5-mavzu: sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlantirish metodlari reja



Yüklə 21,29 Kb.
səhifə1/4
tarix20.11.2023
ölçüsü21,29 Kb.
#165290
  1   2   3   4
5-ma\'ruza sahnalshtirish


5-MAVZU:SAHNALASHTIRISH FAOLIYATI JARAYONIDA BOLALARDA IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISH METODLARI
Reja:

  1. Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlantirish mazmuni.

  2. Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlantirish metodlari.

  3. Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlantirish usullari.



Tayanch so’z va iboralar: ijodiy tasavvur, mustaqil fikrlashni, tasavvur, Mustaqil faoliyat.


Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyasi: T sxemasi, muammoli ta’lim, klastr, diologik yondoshuv, VVEN diogrammasi


Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlantirish mazmuni.
Bolalar bog’chasida olib borilgan tadqiqotlar va amaliy ishlar bolalarga bеrilgan ta'lim natijasida ularda bog’cha yoshidan boshlab, ijodkorlik rivojlanishini ko’rsatadi. Ijodkorlik maktabgacha yoshidagi bolalarda rasm chizish, loy va plastilitndan uyinchoqlar yasashda ijodiy faoliyat ko’rsata olishlarini isbotladi. Mustaqil Respublikamiz amaliyotda qo’llanayotgan baxt qonunimizda belgilab qonunlarimizdan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash lozimki, har tomonlama kamolga etgan barkamol inson uchun zarur bo’lgan ma’naviyat qirralari iymon, e’tiqod, vatanparvarlik, insonga cheksiz muhabbat, do’stlik, sabr-toqatlik, mehnatsevarlik milliy g’urur kabi fazilatlarini shakllantirish zarurdir. Asirlar davomida inson aql-zakovati bunyod etilgan boy ma’naviyat tufayli, - deydi Prezidentimiz I.A.Karimov –halqimiz mag’rur yashadi, mehnat qildi, doimo hurriyat va erk sari intildi. Buyuk allomalarimiz tomonidan yaratilgan og’zaki va yozma ijodiyot, avloddan – avlodga o’tib kelayotgan iymon-e’tiqod sirlarining nazariy va amaliy jihatlari haqidagi bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish lozim. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlis 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida»gi yangi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta’lim sohasidagi siyosatimizni belgilab berdi. Uzluksiz ta’lim tashkil etish rivojlantirish principlari. Uzluksiz ta’limni isloh qilish, uzluksiz ta’lim tizimi va turlari masalalarini qamrab olgan.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek «Har bir insonning ayniqsa endigina hayotga qadam qo’yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o’rtacha qo’yilgan maqsadga erishish o’zlariga bog’liq ekanligini, ya’ni bu narsalar ularning sobit qadam, g’ayrat inshoatiga to’la-to’kis fidokorligi va cheksiz mehnatsevarligiga bog’liq ekanligini anglab etishlari kerak». Mehnatni sharaflash mehnat aholini qadr-qiymatini uning mashaqqati uchun astoydil kurashish, o’sib kamol topayotgan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish jarayonida mehnatga munosabatlarni shakllantirish zarur bo’lib, yosh avlod jamiyatimiz taraqqiyotida o’z bilimi, mehnat kasb hunarlari bilan hissa qo’shishlari pedagog-tarbiyachilarning oldida turgan eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Prizidentimiz I.A.Karimov ,,Bugun biz tarixiy bir davr da –xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug’ maqsadlar,qo’yib,tinch osoyishta xayot kechirgan,aavvalom bor o’z kuch va imkoniyatlariga tayanib,demokratik davlat vafuqarolik jamiyati qo’rish yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.Ana shu haqiqatni xalqimiz xar tamonlama to’g’ri tushunib,tanlagan taraqqiyot yo’limizni ongli ravishda qabulqilgani va qo’llab-quvvatlayotgani oldimizga qo’ygan maqsadga erishishning asosiy manbai va garovi ekani xayotning o’zi tasdiqlamoqda.
Tabiat,ijtimoiy voqealik bir butun bo’lib uni o’rganishda fanlarning o’zaro bog’liqligi obyektiv qonuniyatdir.Tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonunlari to’g’risida yangi fundamental va amaliy bilimlar shakllanadi o’rgatish usullari: jamoa bo’lib bajaradigan ijodiy, mustaqil ijodiy, yakka tartibdagi ijodiy, qiz va o’G’il bolalar ijodiyotidagi umumiylik va xususiylik, ijodiy faoliyat uchun zarur bo’lgan prеdmеtlar turlariga oid masalalar yoritilib bеrilgan. Bolalar bog’chasida olib borilgan tadqiqotlar va amaliy ishlar bolalarga bеrilgan ta'lim natijasida ularda Bog’cha yoshidan boshlab, ijodkorlik rivojlanishini ko’rsatadi. Ijodkorlik maktabgacha yoshidagi bolalarda rasm chizish, loy va plastilitndan uyinchoqlar yasashda ijodiy faoliyat ko’rsata olishlarini isbotladi. Alatta bolalar ijodkorligi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, kattalar ijodkorligi mеzonlariga javob bеra olmaydi.

Yüklə 21,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin