5-Mavzu: Sezishning fiziologik mexanizmlari va sezgi turlari.
Sezgilar va sezgi turlari haqida tushuncha.
Tevarak-atrofimizda bo‘lgan va bizga taʼsir
etib turadigan narsa va
hodisalarning xilma-xil xossalari bor. Bu xossalar koʼruv, eshituv, tuygʼu organlari
va shunga oʼxshash sezgi organlari yordami bilan ongimizda bevosita aks etadi.
Sezgi organlarimizga taʼsir etadigan narsalardagi ayrim xossalarning miyamizda
shu tariqa bevosita aks etishi sezgi deb ataladi.
Biz qizil, yashil ranglarni, shirin,
achchiq taʼmlarni, ogʼir-engilni, issiq-sovuqni va shu kabilarni sezamiz.
Sezgi
organiga taʼsir yetib, sezgini vu¬judga keltiradigan har bir narsa (yoki hodisa)
qoʼzgʼovchi deb ataladi, uning taʼsiri esa qoʼzgʼalish deb yuritiladi.
Sezish jarayoni quyidagicha ro‘y beradi:
1) narsa yoki hodisalar sezgi organlariga (retseptorga) taʼsir etib, tegishli
sezuvchi nervning chekka (periferi) uchlarini qoʼzgʼaydi;
2) shu yerda kelib chiqqan qoʼzgʼalish oʼsha nervning oʼtkazuvchi yoʼli
orqali bosh miya poʼstining tegishli markaziy hujayralar sistemasiga oʼtadi;
3) bu yerda nerv qoʼzgʼalishi psixik hodisaga, yaʼni sezgiga aylanadi.
Sezish jarayonining ana shu 3 bosqichi I.P. Pavlov tomonidan analizator deb
atalgan sezuvchi nerv apparatining tuzilishiga muvofiq ravishda oʼtadi.
Har bir
analizator sezuvchi nervning chekka tarmoqlaridan, oʼtkazuvchi yoʼlidan va bosh
miya poʼstining markaziy hujayralaridan iborat. Аnalizatorning yuqorida
koʼrsatilgan qismlaridan
birortasi zararlansa, sezgi hosil boʼlolmaydi. Nomidan
ham koʼrinib turibdiki, analizatorlar tevarak-atrofdagi olam taʼsirlarini analiz qilib
beradi. Аnalizatorlar insonning koʼp asrlardan beri
davom etib kelgan tarixida
hayot uchun nihoyatda muhim boʼlib kelgan qoʼzgʼovchilarni boshqa
qoʼzgʼovchilardan ajratadi, ularni bir-biridan ayirib beradi.
Sezgilar xilma-xil boʼladi. Turli-tuman sezgini qaysi sezgi organlari yordami
bilan
hosil qilsak, ularni oʼsha organlarga qarab,
quyidagi turlarga, yaʼni koʼrish
sezgilari, eshitish sezgilari,
hid bilish sezgilari, taʼm (maza) bilish sezgilari, teri
sezgilari, muskul-harakat sezgilari va organik sezgilarga ajratiladi. Sezgi organlari
qayerda ekanligiga va qayerdan qoʼzgʼalishiga qarab,
ularni uch guruhga ajratish
mumkin: