Teri sezgilari va muskul-harakat sezgilari
Teri sezgilariga tuyush va harorat sezgilari kiradi, bu sezgilarning teri
sezgilari deb atalishiga sabab shuki, bu sezgilarning chekka nerv apparatlari
(retseptorlar) terida va organizmimizning tashqi shilliq pardalarida boʼladi. Tuyush
sezgilari — tegish, tarqalishni tuyush sezgilari yoki tuyush tanachalari. Taktil
sezgilar, shuningdek, silliq yoki gʼadir-budurni tuyush sezgilaridir. Biror narsaning
tegishini sezish tashqi taʼsir (qoʼzgʼalish) kuchayganda siqiq sezishga aylanadi.
Qoʼzgʼalish yanada kuchayganda siqiq ogʼriq sezgisiga aylanishi mumkin. Ammo
terida seziladigan har qanday ortiq teriga taʼsir yetadigan tashqi qoʼzgʼalishga
bogʼliq boʼlavermaydi, albatta.
Tuyush sezgilari organi — teridagi va tashqi shilliq pardalardagi tuyush
tanachalari degan maxsus tanachalardir. O‘sha tanachalarning ichida, qisman esa
tashqarisida (bevosita epiteliyda) tuyush nervining chekka tarmoqlari bor. Ular
terida va gavdamizning shilliq pardalarida bir tekisda taqsimlangan yemas. Bu
tanachalar barmoqlarning uchida, til uchida, labda zich joylashgandir. Shuning
uchun ham gavdamizning ana shu qism¬lari tekkan narsani, silliq va gʼadir-
budurni boshqa qolganlaridan yeng koʼp sezgiridir. Tuyush tanachalari orqa
terisida juda siyrakdir. Tuyush tanachalari va sezuvchi nervning chekka tarmoqlari
nechogʼli zich taqsim langanligi esteziometr nomli maxsus asbob yordamida
aniqlanadi.
Tuyush markazi bosh miya poʼstining orqadagi markaziy pushtasida deb
faraz qilinadi. Tuyush sezgilarining tashqi, fizik sababi biron-bir bu-yumlarning
teriga bevosita tegishidir. Bunda biz narsaga tegish bilan birga uni paypaslasak,
uning bilan biron ish qilsak, tuyush sezgisi ancha oshadi. Bunday hollarda tuyush
organlari muskul-harakat organlari bilan bir-galikda ishlaydi. Harakat bilan bogʼliq
sezgilar taktil sezgilar ila birga qoʼshilganda, narsalarning asosan, sil¬liq yoki
gʼadir-budur yekanligi bilinadi. Tuyush sezgisida va paypaslashda qoʼl, jumladan,
qoʼl barmoqlari, ayniqsa, katta rol oʼynaydi. Odamning faoliyatida, tevarak-
atrofdagi olamni bilishida qoʼl tuyush va paypaslashning maxsus organi boʼlib
xizmat qiladi.
Harorat sezgilariga issiq va sovuqni sezish kiradi. Terida va shilliq
pardalarda maxsus tanachalar bor, ularning ichida issiqni yoki sovuqni sezadigan
maxsus nervlarning chekka tarmoqlari boʼladi.
Harorat sezgilarining tashqi sababi biron haroratga ega boʼlgan qattiq, suyuq
va gazsimon jismlarning organizmimizga tegib turishidir. Issiqni yoki sovuqni
ayirish terimizga tegib turgan narsa (qoʼzgʼovchi) harorati bilan badan harorati
oʼrtasidagi nisbat bilan belgilanadi. Muskul-harakat sezgilari motor sezgilar yoki
kinestetik sezgilar deb ham ataladi. Bu xil sezgilarga tazyiq (ogʼirlik)ni bilish
sezgilari, qarshilikni (qattiqlik, yumshoqlikni) bilish sezgilari va ayrim
organlarning ha-rakatini bilish sezgilari kiradi. Bu sezgilarning organlari —
gavdamizdagi hamma muskullar, paylar va boʼgʼim yuzalaridir. Hamma
muskullarda, paylarda va boʼgʼimlarda maxsus sezuvchi nervlarning chekka
tarmoqlari bor, muskul-harakat sezgilari va statik sezgilar ana shu nerv tarmoqlari
yordami bilan hosil boʼladi. Muskul-harakat sezgilarining tashqi, fizik sababi
muskullarimizga taʼsir etuvchi narsalarning mexaniq tazyiqi yoki qarshiligi,
shuningdek, gavdamizning harakatlaridir.
Statik sezgilar gavdamizning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash
sezgilari deb ataladi. Gavdaning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash
sezgisi uchun ichki quloqdagi vestibulyar apparat retseptor vazifasini oʼtaydi.
Organiq sezgilar. Ochiqqanda, suvsaganda, ortiq toʼyib ketganda,
charchaganda, koʼngil ayniganda, ichki organlarimiz ogʼriganda ichki sezgilar
tugʼiladi, bularni organiq sezgilar deyiladi; kishining oʼzini tetik, salomat, kasal his
qilish-lari ham organiq sezgilar jumlasidandir. Organiq sezgilarning koʼpi
differensiatsiyalanmagan va betayin boʼladi. Bu sezgilarning retseptorlari ichki
organlarda: qiziloʼngach, meʼda, ichak, qon tomirlari, oʼpka va shu kabilarda
boʼladi. Yuqorida aytganimizdek, ichki organlarda boʼlib turadigan jarayonlar
organiq sezgilar retseptorlarining qoʼzgʼovchilaridir. Ammo ichki organlar salomat
boʼlib, sogʼlom ishlab turgan vaqtda biz ichki (organiq) sezishlarni yo
payqamaymiz yoki bu sezgilar oʼzimizni umuman «yaxshi» his qilish tetiklik,
sogʼlomlik va boshqa shu kabi tuygʼular tarzida ifo-dalanadi.
Dostları ilə paylaş: |