3-ma’ruza: dizartriyani bartaraf etishda logopedik ish tizimi. Reja



Yüklə 41,15 Kb.
səhifə1/8
tarix07.04.2023
ölçüsü41,15 Kb.
#94336
  1   2   3   4   5   6   7   8
3-ma’ruza dizartriyani bartaraf etishda logopedik ish tizimi. R


3-MA’RUZA: DIZARTRIYANI BARTARAF ETISHDA LOGOPEDIK ISH TIZIMI.


REJA:
1. Dizartriyada korreksion logopedik ishlarning maqsad va vazifalari
2. Korreksion logopedik ishning tayyorlov bosqichi
3. Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni korreksiyalash


Tayanch tushunchalar: korreksiya, ritm,oxangdorlik, ovoz, nutqiy nafas, artikulyatsion gimnastika, kommunikatsiya, motivatsiya, passiv gimnastika, fonematik idrok, harakat sezgilari.

Dizartriyani bartaraf etish bo‘yicha olib boriladigan logopedik ta’sir tizimi kompleks ravishda amalga oshiriladi, ya’ni artikulyatsion apparat massaji va gimnastik mashqlari, ovoz va nafas ustida ishlash, umumiy davolash, davolovchi jismoniy —tarbiya, fizioterapiya va dori —darmonlar bilan davolash ishlari.


Asosiy diqqat bolada nutkning rivojlanishi holatiga, nutqning leksik—grammatik tomoniga hamda nutqning aloqa funksiyasi xususiyatlariga qaratiladi. Maktab yoshidagi bolalarda yozma nutq holati ham xisobga olinadi.
Uzoq vaqt davomida muntazam ravishda olib borilgan mashg‘ulotlar sekin—asta artikulyatsion apparat, apparat motorikasini normallashtiradi, arti-kulyatsion harakatlarni rivojlantiradi, artikulyatsiya a’zolarida ixtiyoriy harakatlarni bir harakatdan boshqa bir harakatga o‘tish qobiliyatini shakllantiradi, hamda fonimatik eshituvni to‘la qonli ravishda rivojlantirishga yordam beradi.
Dizartrik bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning usullari AG.Ippalitova, O.V.Pravdina, V.V.Ippalitova, Ye.M.Mastyukova, G.V.Chirkina, I.I.Panchenko, va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan.
Dizartrik bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning vazifalari kuyidagilardan iborat:
1 - tovushlarning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish, ya’ni artikulyatsion motorikani, nutqiy nafasni rivojlantirish va tovushni nutqga qo‘yish va mustahkamlash.
2 - fonematik idrokni rivojlantirish, tovush analiz malakasini sha-kllantirish.
ituvni rivojlantirish, tovush analiz malakasini shakllantirish.
3- nutqning ritm, oxangdorligi va ifodaliligi tomonidagi kamchiliklarni bartaraf etish.
4 - paydo bo‘lgan nutqning umumiy rivojlanmaganligini
to‘g‘rilash.
Dizartrik bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish, tuzatish ishning eng asosiy vazifalaridan biridir. Tovushlar talaf-fuzidagi kamchiliklarining asosiy sababi nutq apparati a’zolarining harakatchanligida kuzatiladigan kamchiliklardir. Shuning uchun logoped asosiy diqqatni artikulyusion apparat harakatchanligini rivojlantirishga qaratishi lozim.
Tovushlar talaffuzi ustida ishlash quyidagi holatni hisobga olib tashkil etiladi:
1- dizartriya shakli, bolaning nutqini rivojlanish holati va bola yoshi-ni hisobga olish.
2- nutq kommunikatsiyasining rivojlanishi. Tovushlar talaffuzining shakllanishi komunikatsiyaning rivojlanishiga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
3- motivatsiyaning rivojlanishi, bor bo‘lgan buzilishlarining bartaraf etishga intilish, o‘z - o‘zini anglashni, o‘ziga ishonch, o‘zini boshqarish va nazorat qilish, o‘z qadrini bilish hamda o‘z kuchiga ishonish.
4-differensial eshitish idroki va tovush analizi qobiliyatini ri-vojlantirish.
5-ko‘ruv—kinestetik tuyg‘uni rivojlantirish yo‘li bilan artikulyatsion tartib va artikulyatsion harakatni kuchaytirish.
6-ishni bosqichma—bosqich tashkil etish. Korreksion ish bolada ta-laffuzi saqlanib qolgan tovushlardan boshlanadi. Ba’zan tovushlar ancha sodda motor koordinatsiyalari tamoyiliga ko‘ra tanlab olinadi, ammo arti-kulyatsiyaon buzilishni hisobga olingan holda birinchi navbatda ilk ontogenez tovushlari ustida ish olib boriladi.
7-eng og‘ir buzilishlarda ya’ni bola nutqi atrofdagilar uchun umuman tushunarsiz bo‘lganda korreksion ish alohida ajratilgan tovushlar va bo‘g‘inlardan boshlanadi. Agarda bola nutqi atrofdagilar uchun nisbatan tushunarli bo‘lsa va u ayrim so‘zlarda nuqsonli tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qila olsa unda ish «tayanch» so‘zlardan boshlanadi. Har qanday hollarda va turli nutqiy holatlarda tovushlar nutqda mustahkamlanishi zarur.
8-markaziy asab tizimi shikastlangan bolalarda nutqdan oldingi davrda logopedik ishlarni muntazam olib borish yo‘li bilan tovushlar talaffuzidagi murakkab buzilishlarni oldini olish muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 41,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin