3-ma’ruza dizartriyani bartaraf etishda logopedik ish tizimi. R
Artikulyatsion harakat sezgilari va artikulyatsion praksisni rivojlantirish. Harakat-kinestetik bog‘lanishlarni rivojlantirish uchun qo‘yidagi ma-shqlarni o‘tkazish zarur.
Pastki jag‘ni yuqoriga ko‘tarish va pastga tushirish. Tilni yuqori va pastki milklarga tekkizish. Logoped mashqlarni avval oyna oldida, so‘ngra oynasiz bajaradi, bolaning ko‘zlari yumiq, logoped u yoki bu harakatlarni bajaradi, bola esa ularni nomlaydi.
Qo‘yidagi artikulyator - sensor sxemada mashq qilish zarur:
- lablar aro: lablar passiv jipslashadi va shu holatda ushlab turish. Bolaning diqqati jipslashgan lablarga qaratiladi va undan lablar o‘rtasi-dan ularning jipslovini buzib puflash taklif qilinadi;
- lab-tish aro: chap qo‘lni ko‘rsatgich barmog‘i bilan logoped bolaning yuqori labining tepa tishlarini ko‘rsatib ko‘taradi, ung qo‘linint ko‘rsatgich barmog‘i bilan pastki labni yuqori milklarigacha ko‘taradi va bolaga puflash taklif qilinadi;
- til-tish aro: til tishlar o‘rtasiga qo‘yiladi va shu holatda ushlab turiladi;
- til-tanglay: bolaning boshi bir muncha orqaga egiladi, tilning orqa qismi qattiq tanglayga ko‘tariladi, boladan yo‘talish harakatlarini baja-rish so‘raladi va diqqati til xamda tanglay sezgilariga qaratiladi.
Artikulyatsion praksisni rivojlantirishda erta boshlangan logopedik ish, bolaning nutqiy tajribasini kengaytirish va boyitish, maxsus bo‘yin mashqlari katta axamiyat kasb etadi.
Passiv artikulyar mashiqlarning maqsadi ilgari ishga tushirilmagan yangi mushakalar guruhini jarayoniga kiritish yoki mushaklar xarakatchanligini oshirishdan iborat. Passiv gimnastika mashqlari nutq mushaklarini ixtiyoriy xarakatini shakllantirish shartlarini yaratadi. Passiv xarakatlarning yo‘nalishi, hajmi va praektoriyasi faol xarakatkikiga o‘xshash. Gimnastika qat’iy nazorat ostida bajariladi. Passiv xarakatlar ketma-ketlikda 3-5 xarakatlardan boshlab bajariladi. Sekin – asta xarakatlarini his qilish, yod olish va ularga baho berish paydo bo‘ladi (kinestezik nazorat).