3-ma’ruza dizartriyani bartaraf etishda logopedik ish tizimi. R
Tovushlar talaffuzini korreksiilash Tovushlar talaffuzini to‘g‘irlatda individual yondoshish tamoyilidan foydalaniladi. Tovushlarni to‘g‘rilash va nutqqa qo‘yish individual tan-lanadi. Bir nechta tovushlar ustida ishlash ishda izchillikni talab etadi. Tuzatish ishida birinchi navbatda artikulyatsion jihatdan oson talaffuz etiladigan tovushlar yoki tuzatish oson bo‘lgan tovushlar tanlab olinadi. Bu tovushlar; a, p, u, m, k, n, x, b, o, t, s, l. Ushbu tovushlar ustida ishlash jarayonida ularni talafuz normasigacha keltirish mumkin. Yuqorida ko‘rsa-tilgan tovushlar ustida ishlash bilan bir vaqtda fonematik eshituvni rivojlantirish va tovushlar analizi malakalarini shakllantirish ustida ham ish olib boriladi.
Artikulyatsion buzilishlarning og‘ir hollarida tovushlarni nutqga qo‘yish maxsus yordamni talab etadi. Bunda logoped ko‘rish, taktil-vibratsion sezish-dan foydalangan holda u yoki bu tovushning talaffuzi uchun zarur bo‘lgan harakatni bajarishni bolaga tushuntiradi va yordam beradi. Masalan, anartriyada logoped «u» tovushi artikulyatsiyasini hosil kilish uchun bola lablariga qo‘lini yaqinlashtiradi.
Tovushlarni nuqtaga qo‘yish ustida ishlaganda logoped aniq bo‘lmasa ham tovushni to‘g‘ri talaffuz darajasiga yaqinlashtirishi lozim. Dastlabki vaqtlarda normal talaffuzga erishish qiyin. Bu vaqtda bolaning o‘xshash tovushlarni uzlashtirishi, ularni farklashi juda muhimdir. Tovushlarni normal talaffuziga yakinlashtirish darajasi artikulyatsion apparatning jarohatlanish darajasi bilan aniqlanadi. Har bir yangi tovush ustida ishlashda, uning artikulyatsion xususiyatlarini o‘rganish zarurdir, ya’ni artikulyatsiyaning asosiy xarakterli belgilari, uning boshqa tovushlardan farqli tomoni, artikulyatsiyani boshqalari bilan solishtirish.
Muntazam mashqlar olib borilishi tovushni kerakli artikulyatsion tartibga yaqinlashtiradi va to‘liq tovush talaffuziga o‘tiladi. Logoped sekin-asta o‘rganilayotgan tovushni aniq va turli talaffuz etishni talab etib boradi.
Artikulyatsion motorika va tovushlarni nutqga qo‘yish ustida ishlashdan tashqari, fonematik eshituvni rivojlantirish uchun xam muntazam ravishda ish olib boriladi. Bunda bolalar unli tovushlar qatoridan kerakli unli tovushlarni, undosh tovushlar qatoridan undosh tovushlarni ajratishga va analiz qilishga o‘rganadilar. Bolalar o‘rganadigan tovushlarni turli bo‘g‘inlar birikmalarida qaytarishga, bo‘g‘in va so‘z hosil qilgan tovushlarni aytish, ularning ketma-ketligini aniqlashga o‘rganib boriladi.
Talaffuz mashg‘ulotlarida artikulyatsion apparat a’zolarini rivojlan-tirishga qaratilgan ishlar frontal tarzda olib boriladi. Foydalaniladigan mashqlar bolalarning individual rivojlanishlarini nutqiy holatlarini hisobga olgan holda tanlab olinadi. Bundan tashqari mashg‘ulotlarda nafas mashqlari ham olib boriladi. Mashg‘ulotlarning asosiy qismi o‘rganilgan tovushni aloxida va bo‘g‘inlar birikmasida talaffuz etishga, mustahkamlashga ajratiladi. Logoped o‘tilganlarni bola qanday o‘zlashtirganligini doimo tekshirib bormog‘i lozim. Buning uchun boladan u yoki bu tovush uchun xarakterli bo‘lgan artikulyatsiya a’zolari holatini aytib berish yoki ko‘rsatib berish taklif etiladi, so‘ng tovushni alohida va so‘zlarda talaffuz etish so‘raladi. Tovushlar ustida olib borilayotgan mashqlar ko‘ruv va taktil idrok etish ostida nazorat qilib boriladi.
Bu davrda yana artikulyatsion belgilar bo‘yicha bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan tovushlar differensiyasi ustida mashqlar o‘tkaziladi.
1) og‘iz va burin tovushlar differensiatsiyasi (p-m);
2) burunli tovushlar guruhi o‘rtasida tovushlar differensiatsiyasi (m va n);
3) dortlovchi tovushlar guruxida tovushlar differensiatsiyasi (k-x)
4) unli tovushlar differensiatsiyasi (a, u, o, u)
5) portlovchi va qorshiq tovushlar differensiatsiyasi (t-s)
Bu mashqlar jarayonida boshqa tovushlarning o‘zlashtirish uchun asos yaratiladi.
Endigi davrda artikulyatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo‘lgan tovushlar ustida ish olib boriladi. Bu jarangli shovqinli undoshlar, qor-shiq va «r» tovushidir. Bu davrda ishni muvaffaqiyatli olib borilishida fonematik eshituvni yetarli rivojlantirilganligi, tovushlar analiz malakasining birmuncha shakllanganligi asosiy rol o‘ynaydi. Bolalar bu davrga kelib tovushlarni yaxshi ajrata oladilar. Bolalar nutq faolligi, tovushlar analiz malakasi sezilarli darajada oshadi.
«R», «Sh», «J» tovushlarni bolalar aniq, yaxshi talaffuz qilishda qiynaladilar. Lekin ularni farqlashda qiyinchiliklar kam kuzatiladi. Bu davrda xam tovushlar differensiatsiyasi ustida ishlashga maxsus vaqt ajratiladi. Bu vaqtda s-z, sh-j tovushlar differensiatsiyasi ustida ish olib boriladi. Bunda bolalar tovushlarni bir biridan xatosiz ajratishga o‘rganganliklariga logoped ishonch hosil qilgach, tovushlarni burin va so‘zdagi o‘rinlarini aniqlashga qaratilgan mashqlarga o‘tadi. Tovushlarni to‘g‘ri ta-laffuzi, fonematik eshituvni rivojlantirish, tovushlar analiz malakasini shakllantirish ustida olib borilgan muvaffaqiyatli ishlar, dizartrik bolalarning yozuvni o‘zlashtirishlari uchun asos bo‘ladi.