3-ma’ruza: dizartriyani bartaraf etishda logopedik ish tizimi. Reja



Yüklə 41,15 Kb.
səhifə3/8
tarix07.04.2023
ölçüsü41,15 Kb.
#94336
1   2   3   4   5   6   7   8
3-ma’ruza dizartriyani bartaraf etishda logopedik ish tizimi. R

Artikulyatsion gimnastika
Artikulyatsion gimnastikani o‘tkazishda taktil-propriotseptiv stimulya-siya, statik-dinamik sezgilarni rivojlantirish, aniq artikulyatsion kines-teziyalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishning dastlabki bosqichlarida saqlangan analizatorlardan (eshitish, ko‘rish, taktil) mukammal ravishda foydalanish orqali amalga oshiriladi. Mashqlar ko‘zlarni yopiq holda bolaning diqqatini proprotseptiv sezishlarga qaratish orqali bajariladi. Artikulyatsion gimnastika dizartriyaning shakli va artikulyatsion apparatning jarrohatlanish darajasiga qarab differen-siyalashtiriladi.
Nutq muskullari harakatini rivojlantirishdan avval yuzning mimik muskullari mashqlaridan foydalaniladi. Maktabgacha yoshdan boshlab bolada mimikaning ixtiyoriy va differensirlashgan harakatlari va o‘z mimikasi ustidan nazorat qilish rivojlantiriladi. Bolaning so‘zli ko‘rsatma bo‘yicha ko‘zini ochish va yopishga, qoshlarini chimirish, lunjini shishirish, so‘lagini yutish, og‘zini ochish va yopishga o‘rgatiladi.
Yuz va lab muskullarini yetarlicha kuchini rivojlantirish uchun toza ro‘molcha, naychadan foydalanib maxsus qarshilik mashqlaridan foydalanila-di. Bola naychani lablari bilan ushlab, katta odam uni tortib olishga harakat qilsa ham ushlab turishi lozim.
Tilning artikulyatsion gimnastikasi tilning uchini pastki tishlarning chetlariga faol tegishini tarbiyalashdan boshlanadi. So‘ngra tilning umumiy, kam diferensirlangan harakatlari avval passiv keyin passiv-faol va faol harakatlari rivojlantiriladi.
Tilning ildizi muskullarini rivojlantirish ularni maxsus zond orkali til ildizini ta’sirlash yo‘li bilan reflektor ravishda qisqartirishdan boshlanadi. Mustahkamlash ixtiyoriy yo‘talishdan foydala-nib o‘tkaziladi.
Artikulyatsion matorikani rivojlantirish uzviy ravishda umumiy va maxsus mashqlardan foydalanilgan holda olib boriladi. O‘yinlar artikulya-sion motorikani xarakteri va nuqsonning darajasi, bolaning yoshini e’tiborga olgan holda tanlaniladi.
Ovozni rivojlantirish. Dizartrik bolalarda ovozni rivojlantirish va korreksiyalash uchun turli xil ortofonik mashqlardan foydalaniladi, bu mashqlar nafas faoliyati, fonotsiya va artikulyatsiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Ovoz ustida ishlash artikulyatsion gimnastika va massajdan so‘ng olib boriladi. Bular bilan birga yana bo‘yin muskullarini bo‘shashtiruvchi, boshni xar tomonlama harakatini bajarish bo‘yicha maxsus mashqlar, shu mashq bilan bir vakqni, o‘zida i-e-o-u-a unli tovushlarni talaffuz etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ovozni korreksiyalash uchun yumshoq tanglay harakatini faollashtirish katta ahamiyat kasb etadi. Buning uchun suv tomchilarini yutish, yo‘talish, esnash imitatsiyalarini bajarish, qattiq atakada «a» unlisini talaffuz etish mashqlarini bajarish tavsiya etiladi. Ushbu mashqlar oyna oldida hisob ostida o‘tkaziladi. Qo‘yidagi usullardan foydalaniladi: tilni orqa qismini qo‘zg‘atish va til yordamida tanglayni taqillatish harakatini bajarish; ixtiyoriy yutish harakatini bajarish; bunda logoped tomizg‘ich bilan halqumning qarshi devoriga suv tomizadi, bu vaqtda bolaning boshi bir oz orqaga egilgan bo‘ladi.
Ovoz hosil qilishda jar harakatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun og‘izning ochish va yopish, chaynash imitatsiyasi mashqlaridan foydalanila-di.
Shuningdek pastki jag‘ni tushirish bo‘yicha maxsus mashqlardan foydala-niladi. Logoped muskullar bo‘shashganidan so‘ng pastki jag‘ni 1-1,5sm pastga tushirishga yordam beradi. (bola og‘zini mustaqil ravishda yopadi.)
Harakatlar hajmi va suratini ixtiyoriy nazorat kilish turli ko‘rgazmali usullardan foydalanib amalga oshiriladi. (quduqqa chelakni tushayotgani, arqonga borlangan sharcha tasvirlangan rasmlar va hokazo). So‘ngra bu mashqar so‘z ko‘rsatmasi bo‘yicha bir vaqtning o‘zida turli tovushlar birikmasini (don-don, pap-pap, kar-kar) talaffuz qilish bilan birgalikda bajariladi.
Tanglay muskullarini mustahkamlash uchun uni bo‘shashtirish va tarang-lashishni navbati bilan almashtirish mashqlaridan foydalaniladi. Bolaga esnash harakatini tugashida «a» tovushi talaffuz etish, og‘izning katta ochiq holatida «a» tovushini talaffuzidan «p» tovushiga nafasni bosim ostida ushlab turib o‘tiladi. Bolaning diqqati tanglay holatini sezishga qaratiladi. Shuningdek ovoz kuchi tembri va balandligini rivojlantirish mashqlaridan foydalaniladi. Masalan, o‘nliklar bo‘yicha ovozni kuchaytirib turri sanash va ovozni asta-sekin pasaytirib teskariga sanash mashqlaridan foylaniladi. Ovoz tembri, balandligi va ovoz intonadiyasini rivojlantir-ishda turli o‘yinlar ertaklarni rollarga bo‘lib o‘kish, inssenirovkalar katta ahamiyatga ega.

Yüklə 41,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin