3-ma’ruza: dizartriyani bartaraf etishda logopedik ish tizimi. Reja


Korreksion logopedik ishning tayyorlov bosqichi



Yüklə 41,15 Kb.
səhifə2/8
tarix07.04.2023
ölçüsü41,15 Kb.
#94336
1   2   3   4   5   6   7   8
3-ma’ruza dizartriyani bartaraf etishda logopedik ish tizimi. R

Korreksion logopedik ishning tayyorlov bosqichi
Dizarteriyada olib boradigan logopedik ishlar bosqichma bosqich olib boriladi.
1- bosqich tayyorlov bosqichi - bu bosqichning asosiy maqsadi:
- artikulyatsion apparatni, artikulyatsion tartibni shakllantirishga tay-yorlash;
- bolaning ilk yoshida—nutqiy muloqot ehtiyojini tarbiyalash;
- passiv lug‘atni aniqlash va rivojlantirish;
- nafas va ovozdagi kamchiliklarni korreksiyalash.
Bu bosqichning eng ahamiyatli vazifalari bu - sensor funksiyani ayniqsa eshitish idroki va tovushlar analizini rivojlantirishdir.
Korreksion ish metodlari va usullarini qo‘llash nutq, rivojlanishi darajasiga bog‘liq. Bolada muloqot nutq vositalarining bo‘lmasligi boshlang‘ich ovoz reaksiyasini tezlashtiriladi va tovushlarga taqlid qilishga olib keladi, hamda unga kommunikativ ahamiyat tusini beradi.
Logopedik ishlar dori darmonlar bilan ta’sir etish, fizioterapevtik davolash, davolov jismoniy tarbiyasi va massaj bilan qo‘shib olib boriladi.
2 - bosqich boshlang‘ich kommunikativ talaffuz qobiliyatini shakllanti-rish bosqichi.
Bu boskichning asosiy maksadi:
- nutqiy muloqot va tovushlar analizi malakasini rivojlantirish;
- artikulyatsion apparat muskullarini bo‘shashtirish;
- og‘iz holatini nazorat qilish;
- artikulyatsion harakatlarni rivojlantirish;
- ovozni rivojlantirish;
- nutqiy nafasni to‘g‘rilash;
- artikulyatsion harakatlarni sezish va maksadga yo‘naltirilgan artikul-yatsion harakatni rivojlantirish.
Og‘izning holatini nazorat qilish
Dizartriyada og‘izning holatini nazorat qilmaslik ixtiyoriy artikulyator harakatlarni rivojlanishini qiyinlashtiradi. Dizartriyada, odatda bolaning og‘zi ochiq, so‘lak oqishi kuzatiladi.
Olib boriladigan ishlar 3 bosqichga bo‘linadi.
Birinchi bosqich - lablar uchun mashqlarda taktil sezgilarni bolaning og‘zini passiv yopishi bilan birgalikda rivojlantirish. Asosiy diqqat bolaning og‘zini yopish sezgilariga qaratiladi, bola bu holatlarni oyna orqali ko‘rib turadi.
Ikkinchi bosqich - passiv faol yo‘llar orqali og‘izni yopish. Og‘izni yopish avval boshni pastga egish va og‘izni ochish, boshni orqaga tashlash holatida oson bajariladi. Ishning boshlang‘ich bosqichlarida ushbu osonlashtirilgan usullardan foydalangan holda amalga oshirish mumkin.
Uchinchi bosqich - og‘izni faol ochish va yopish mashqlari so‘z ko‘rsatmasi bo‘yicha o‘tkaziladi. Masalan «Og‘izni katta och», «Lablarni cho‘chchaytir», «Lablarni naycha shakliga keltir va avvalgi holatiga qaytar».
Og‘izning turli harakati tasvirlangan rasmlarga qarab mashqlarni bajarish. Mashqlar asta-sekin murakkablashib boradi: boladan bo‘shashtirilgan lablar orqali puflash, tebranish harakatlarini bajarish so‘raladi.

Yüklə 41,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin