3-ma’ruza: dizartriyani bartaraf etishda logopedik ish tizimi. Reja



Yüklə 41,15 Kb.
səhifə4/8
tarix07.04.2023
ölçüsü41,15 Kb.
#94336
1   2   3   4   5   6   7   8
3-ma’ruza dizartriyani bartaraf etishda logopedik ish tizimi. R

nutqiy nafasni korreksiyalash. Nafas gimnastikasi umumiy nafas mashqlaridan boshlanadi. Uning asosiy maqsadi nafas hajmini oshirish va uning ritmini normallashtirishdar.
Nutq nafasining buzilishi dizartriyada doimiy belgilariga kiradi, bular quyidagi ko‘rsatkichlar orqali ifoda etiladi: biror bir nutq so‘zlashdan oldin noto‘liq olingan nafas, nutq nafasi va fonatsiya orasidagi koordinatsiya (yo‘nalishli) mexanizimlari shakllanmaganligi.
Nutq nafasini shakllantirish ishlari o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  1. Nafas olish apparatining fiziologik imkoniyatlarini kengaytirish (qovurg‘a diafragmasi nafasini yo‘lga qo‘yish va og‘iz orqali davomiy nafas chiqarishni shakllantirish).

  2. Davomiy fonatsion nafas chiqrishni shakallantirish.

  3. Nutqdagi nafas chiqarishning shakllanuvi.

Nutqdagi chiqarilgan nafasni shakillantirish ravon so‘zlashuvni tashkil etadi. Bizga ma’lumki, ravon so‘zlashuv – bu bir uzluksiz nafas chiqarish jarayonidagi mantiqiy - oxongli tugallangan gapning to‘liq artikullsiyasidir.
Bolaning og‘zi yopiq holda burun teshiklarini navbatma-navbat yopib nafas olishga o‘rgatiladi. Nafas olishni chuqurlashtirish uchun bolaning burun teshigi yonida «nafas yelpig‘ichi» hosil qilinadi.
Burundan nafas chiqarishni o‘rganish bo‘yicha mashqlar o‘tkaziladi. Bolaga og‘zini ochmasdan «chuqur nafas ol va cho‘zib burun orkali chiqar» deb ko‘rsatma beriladi.
Keyingi mashqlar og‘izdan nafas olishni rivojlantirishga qaratiladi. Logoped bolaning burnini yopib alohida unli tovush yoki bo‘g‘inlarni talaffuz qilishni so‘rashga qadar og‘izdan nafas olish taklif qilinadi.
Nutqiy nafasni korreksiyalashda «qarshilik mashqlaridan» ham foyda-laniladi. Bola og‘izdan nafas oladi. Logoped nafas olishga qarshilik qilgandek 1-2 sekund davomida qo‘lini bolaning ko‘kragiga qo‘yadi. Bu ancha chuqur va tez nafas olishga va uzoq nafas chiqarishga imkon yaratadi.
Nafas mashqlari har kuni 5-10 minut davomida o‘tkaziladi. Ushbu mashq-larni bajarishda nafas chiqarish vaqtida logoped unli tovushlarning turli qatorini talaffuz qiladi va bolani unga taqlid qilishga undaydi va bunda ovozni balandligini o‘zgartirali. So‘ngra bolani undosh tovushlarni alohida va unli tovushlar bilan birgalikda talaffuz qilishga undaydi.
Dinamik va statik nafas mashqlari mavjud.
Nafas mashqlarini o‘tkazishda bolaning toliqib qolmasligiga yelka va bo‘yin muskullarini taranglashtirmasligiga ahamiyat berish lozim. Mashqlar sanoq ostida yoki musiqa jo‘rligida bajarilishi lozim.
Nafas mashqlari ovqatlanishga qadar yaxshi shamollatilgan xonada o‘tka-ziladi.

Yüklə 41,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin