Tilning passiv gimnastikasi. Og‘iz bo‘shlig‘idan tilni oldinga chiqarish.
Tilni orqaga tortib olish.
Tilni pastga tushirish.
Tilni tepaga ko‘tarish (labning tepa qismiga)
Tilni ikki yonga chapga va o‘ngga qaratish.
Og‘iz bo‘shltg‘ining ost qismiga til uchini bostirib turish.
Til uchini tanglayga ko‘tarish.
Tilning har tarafga yengil tebranish xarakatlarni bajarish.
Lablarning passiv gimnastikasi. Labning tepa qismining yig‘ish (ikkala qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘ini labning chetiga qo‘yib, uni o‘rta chiziqqa keltirish).
Labning pastki qismini yig‘ish (shu uslub bilan).
Lablarni naychasimon yig‘ish – xartumcha.
Tabassum qilish va og‘iz burchaklarini barmoqlar bilan ushlash.
Labning yuqori qismini ko‘tarish.
Labning pastki qismini tushirish.
Yopiq og‘izning kinestetik hislarini ishlab chiqish uchun lablarni yig‘ish.
Unli tovushlarni aytish uchun zarur bo‘lgan ( ,,a”, ,,o”, ,,u”, ,,e”) turli xil lablar shaklini yaratish.
Faol gimnastika mashiqlardagi xarakatlar passiv xolatda bajarilganda va rivojlangadagina bemor tomonidan mustaqil tarzda qilinadi. Faol gimnastikaning maqsadi harakatning qo‘lami, aniqligini, tezligi va boshqa xarakatlarga o‘tuvchanligini oshirishdan iborat.
Yuz mimikasi mushaklarini rivojlantirish uchun mashqlar.
Ko‘zlarni yumib, ochish.
Qoshlarni chimirish.
Qoshlarni yuqoriga ko‘tarib peshonada bir chiziq ajinlarni paydo qilish.