Toshkent 2023 Mavzu: Vizantiya impеriyasi taraqqiyoti
I. Kirish II. Asosiy qism Vizantiya imperiyasining paydo bo'lishi.
Vizantiyadagi iqtisodiyot, dini va tibbiyoti.
3. Vizantiya gullab-yashnashi va qulashi.
III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
Tarix fani keng qamrovli fan bo'lib, o'zining tarkibida, harbiy tarix, siyosiy tarix, madaniyat tarixi va boshqa sohalar bo'yicha tarixiy tarmoqlarni mujassamlashtirgan. Tarix fani shuningdek mamlakatlarning ichki va tashqi siyosatini ham o'rganuvchi fandir. Mamlakatlar o'rtasidagi diplomatik aloqalar harakati ancha qadim zamonlarga borib taqaladi. Buning ta'sirida mamlakatlar o'rtasida turli sohalardagi hamkorlik natijasida davlatlar gullab yashnagan. Misol tariqasida Vizantiyadagi Isavrlar sulolasi (717-802-yy) va undan keyingi hokimiyat Makedoniya sulolasiga (867-1057-yy) o'tgach imperiyada nafaqat ijtimoiy, siyosiy, ma'muriy,iqtisodiy, madaniy sohalar balki o'z navbatida harbiy ish, tashqi siyosat masalalari ham hukmdorlarning diqqat markazida bo'lgan. Sharq va G'arb davlatlari bilan munosabatlarda Vizantiya bu yerlarda missionerlik g'oyalarini yoyishga harakat qilgan. Vizantiya imperiyasida IX-XI asrlarga kelib, mamlakatni boshqarish tizimi murakkablashgan, davlatning ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradigan bir qancha organlar tashkil etilgan. Ularning eng yetakchi organlaridan biri ichki ishlar vazirligi edi. Soliqlar boshqarmasi (Genikon), moliya idorasi, imperatorning shaxsiy mulklari mahkamasi, tashqi aloqalar kanselyariyasi va harbiy idoralar shular jumlasidandir. Vizantiya imperiyasining ijtimoiy tuzumi quydagilardan iborat bo'lgan ruhoniylar, amaldor qatlami, yer egalari, fuqarolar, ozod dehqonlar va qaram dehqonlardan iborat bo'lgan. IX asrning ikkinchi yarmi XI asrning boshlari Vizantiyaning oltin asri hisoblanadi. Buning omillari quydagilardir. Shaharlarning o'sishi- savdoning jonlanishi, iqtisodiy uyg'onish, tashqi siyosatda kuch qudrtaga to'lishi, madaniy uyg'onishi-madaniyatning rivojlanib gullab yashnashi, Vasiliy II (976-1025-yy)ning hukmronligi, Yevropaning eng kuchli davlatiga aylanishi Vizantiya imperatorlari mamlakatning manfaatlarini ko'zda tutib, xalqaro munosabatlarda qatnashganlar. Imperiyaning tashqi siyosatida armiya va diplomatlarning o'rni katta bo'lgan. Masalan: VI asrda yashab o'tgan, Vizantiya imperiyasi tashqi ishlari siyosatida yetakchilik qilgan inson - taniqli siyosatchi tadqiqotchi, sayyoh va diplomat Zemarx katta o'rin tutadi. Bu paytda Vizantiya mamlakati Eron sosoniylari bilan urush xolatida bo'lgan. Bu Sharqiy Osiyodagi birinchi elchilik missiyasining harakati: xristian mamlakatlari ichida turklar bilan Eronga qarshi tuzilgan harbiy ittifoq edi. Turklar hukmdori Mukkan xoqon va Istami yabg'u bu taklifni qabul qilishadi. Vizantiya imperatori Yustinianning armiyasi bilan Eron sosoniylarning qo'shini 530-yilda Dara yonida to'qnashadi. Jangda omad vizantiyaliklarga kulib boqadi. Vizantiya qo'shini 25 000, eronliklar qo'shini esa 50 000 kishini tashkil etgan. Ikki kunlik shidatli jangdan so'ng tomonlar o'rtasida sulh tuziladi. Vizantiya imperiyasi XI asrning oxiri XII asrning boshlariga kelib, saljuqiylarning bosqiniga uchraydi. Ma'lumki saljuqiylar davlatiga Saljuqningnabirasi To'g'rulbek tomonidan asos solingan. Dastlabki hujumlar 1048-yildan Vizantiya imperiyasining hududiga yurishdan boshlanadi. Bu davrda Vizantiyada Konstantin X vafot etgan edi. Hokimiyatni uning xotini Yevdokiya boshqarardi . 1064-yilda Saljuqiylar sultoni Alp- Arslon tomonidan Vizantiyaning Ani shahri bosib olinadi. 1064-1071-yillar davomida saljuqiylar tomonidan Vizantiyaga qarshi qaqshatqich bosqinchilik yurishlari olib boriladi. 1071-yilning 26-avgust kuni Vizantiya shaharlaridan biri bo'lmish Mansikert yonida tomonlar to'qnashadilar. Jang saljuqiylar g'alabasi bilan yakun topadi. 1081-yilda Vizantiya imperatori AlekseyI Komnin edi (1081-1118-yy). Uning oldiga qo'ygan dolzarb masalalardan biri bu tashqi siyosat masalasi bo'ldi. Bu davrda saljuqiy turklari butun Kichik Osiyoni egallab olishgan edi. Ularni haydab chiqarishga yuborilgan Vizantiya imperiyasi qo'shinlari bir qator janglarda mag'lubiyatga uchraydi. Qaltis vaziyatda imperator Venetsiya savdogarlari bilan ittifoq shartnomasini tuzadi.Natijada imperator qo'shini moliyaviy jihatdan yordam oladi. Shunnigdek ayyorona yo'l bilan saljuqiylarni mag'lub qilishga kirishadi va bunga erishadi . Aleksey I dan so'ng Vizantiya imperiyasi taxtiga uning vorislari: Ioann II, Manuil I, Aleksey II, Andronik I larning zamonida ham saljuqiylarni ma'lubiyatga uchratiladi. Andronikning islohotlari dehqonlarning manfaatlarini himoya qilgan. Bu boylarga yoqmaydi. Mazkur hukmdorning ichki siyosatida birinchidan feodallarning hukmronligiga chek qo'yish, ikkinchisi milliy hukumatni tashkil etish bo'lgan. Bundan tashqari, Sitsiliya qiroli Vilgelm II Vizantiyaga bir necha bor hujumlar qilgan. Bunday paytda imperiyaning xavfsizligini ta'minlash kerak bo'lgan. Bunda esa tabiiyki qo'shinning o'rni kattadir. Vizantiyaning armiyasi va dengiz harbiy kuchlari uzoq yillar davomida mamlakatni bosqinchilardan himoya qilib kelgan. Imperiya qo'shinlari daslab tashkil topganidan buyon otliqlar, piyodalar hamda dengiz harbiy kuchlaridan iborat bo'lgan. Shuningdek imperiyada harbiy unvonlar quydagilar hisoblangan: Imperator, harbiy logofet, drungariy va boshqalar mavjud bo'lgan. Sharqda saljuqiy sulton Malikshoh I hukmronligi davrida ham davom etib kelgan bu raqobat faqatgina saljuqiy davlatining inqirozi bilan hal qilingan. Boz ustiga Vizantiya imperiyasi o'zining madaniyatini dunyoga yoyishga kirishganligi tarixchilarning bergan ma'lumotlarida qayd etilgan.