5-mavzu. SHaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘lish. SHaxs taraqqiyotining
individual – psixologik xususiyatlari
Бажарди: 9-2ПСС-20 Давронова С.К
1.Psixik taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuch
muammosi
• 2.Yosh tushunchasi. Psixologik yosh va psixik rivojlanishni
davrlashtirish
3. Insonning hayot yo‘li va hayot tarzi
• 4.Temperamentga oid qarashlar tarixi, asosiy yondashuvlar
Reja:
Turning rivojlanishidan-filogenezdan farqli
ravishda individning taraqqiyoti “ontogenez”
tushunchasi bilan ishlatiladi. Bu tushunchani
nemis biologi E.Gekkell taqdim etgan. Psixika
ontogenezi insonning tug‘ilganidan to umrining
yakunigacha davom etadigan uzluksiz
rivojlanishi sanaladi.
Psixik taraqqiyot haqidagi masala boshqa so‘z
bilan, ya’ni psixik taraqqiyotning harakatga
keltiruvchi kuch masalasi orqali psixologiyadagi
eng muhim muammolardan bir sanaladi. Uzoq
yil davomida olimlar ushbu muammoga
yondashgan bo‘lsalarda, ammo yagona bir
to‘xtamga kelmadilar. Yosh psixologiyasi –
psixologiyaning alohida sohasi bo‘lib, inson
taraqqiyotining dalillari va qonuniyatlarini
o‘rganadi.
Psixik taraqqiyotni belgilovchi ikkita an’anaviy
kategoriya mavjud: biologik va sotsial.
Myers D. G. Psychology. Hope College. Holland,
Michigan, 2010. - Р.173
Psixik taraqqiyotni harakatga
keltiruvchi kuch muammosi
“Muhit”, jamiyat taraqqiyotini asosiy belgilovchi roli to‘g‘risidagi
tasavvur tarafdorlari mavjud bo‘lib, ular sotsiogenetiklar deb
nomlanadi. Ushbu yo‘nalish vakillaridan bir ingliz filosofi Dj. Lokk
hisoblanadi. Uning talqinicha bolaning qalbi nimani xohlasa
yozish mumkin bo‘lgan toza doskaga (tabula rasa) o‘xshaydi.
Olimlar shaxsning har qanday qirrasi shaxs tajribaga bog‘liq,
tug‘ma omillar katta ahamiyatga ega emas degan g‘oyani qo‘llab
quvvatladilar. Insonning psixik taraqqiyotida ta’lim va
tarbiyaning ahamiyati bilan bog‘lovchilar hozirgacha mavjud.
Masalan, shaxs nazariyasining “vaziyatlilik” yondashuviga ko‘ra
insonlar boshidan pok va pok emas, mehribrn yoki vahshiy,
fidoiy va egoist bo‘lmaydilar, ular vaziyatning bosimi ostida
tarkib topadilar degan g‘oyaga tayanadilar.
Yuqoridagi yondashuvga qarama-qarshi g‘oyani ilgari surganlar
esa fransuz faylasuflari R.Dekart va Jan-Jak Russolardir. Bu
yo‘nalish vakillari biologizatorlar hisoblanadilar. Ularning fikricha
shaxs taraqqiyotida belgilovchi rolni nasliy, genetik omillar
belgilashi ta’kidlanadi. Bola tabiat qonuniyatlariga muvofiq
rivojlanadi
Shaxs rivojlanishida har ikkala yondashuvni
uyg‘unligini ta’minlovchi qarashlar mavjud
bo‘ldiki, bu konvergensiya nazariyasi deb
ataladi va V. Shternga tegishli. U psixik
taraqqiyot tug‘ma xususiyatlarni va tashqi
ta’sirlarni oddiy namoyon bo‘lishi emas,
balki ichki imkoniyatlarni taraqqiyotning
tashqi shart-sharoitlari bilan o‘zaro
konvergensiyasi deb hisobladi.
Konvergensiya nazariyasiga ko‘ra psixik
taraqqiyot X – nasliy element va U-muhit
elementlari ostida to‘planuvchi jarayon
sifatida qaraladi. Bu g‘arb psixologiyasida
eng keng tarqalgan konsepsiya sanaladi.
Masalan, ingliz psixologi G. Ayzenk 80%
muhit ta’sirida , 20% irsiyat ta’sirida
aniqlanadi deb hisoblaydi.
Ammo konvergensiya nazariyasi vakillari
irsiy omillarning o‘rni muhim hisoblab,
muhit nasliy belgilarning tartibga soluvchi
ruyobga chiqishini ta’minlovchi sanaydi.
Konvernetsiya nazariyasining biologik va
sotsial omillarni mexanik qo‘shishidagi
cheklanganligi insonning tabiat va
jamiyatdagi mohiyatini tushunishga olib
kelmadi.
Masalani hal etishga yo‘naltirilgan boshqa bir yondashuv ikki
omilning ta’siri bilan bog‘liqlikni psixoanaliz va ko‘pgina
neofreydistlarning ishlarida kuzatildi.
Z.Freyd shaxs taraqqiyotini qoniqish va reallik prinsiplariga
bog‘liq tushunishga harakat qildi.
Qoniqish olishga intilish jinsiy mayllar bilan bog‘liq bo‘lib,
biologik,y tug‘ma va tabiiy berilgan bo‘lib, unga intilish
ijtimoiy, jamiyatdagi muhit bilan o‘zaro to‘qnash keladi. Reallik
prinsipiga ko‘ra inson dunyodagi munosabatlarda namoyon
bo‘ladi. Tarbiya tufayli reallik va qoniqish prinsipi ziddiyatga
uchraydi. SHunday qilib, ikkala prinsip o‘rtasidagi ziddiyatlar
tufayli jamiyat bilan mayllar o‘rtasidagi nizo shaxsning turli
instatsiyalari –“Kayvoniy Men” va “U” o‘rtasidagi tafovutda
aks etadi. “Kayvoniy Men” o‘zida shaxsning sotsial rollarni
o‘zlashtirishi, “U” Tada esa insondagi tabiiy boshlang‘ich
manba, chuqur mayllarni ifodalaydi.
•Myers D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2010. - Р. 555.
Psixikaning irratsional (aqliy bilish jarayonlaridan
tashqari) tarkibiy qismlari bo‘lmish emotsiya, mayl
va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tahlil
qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Mazkur
nazariyaning yirik namoyondalaridan biri - bu
amerikalik psixolog E.Eriksondir. U shaxs rivojini 8
ta davrga ajratadi va ularning har qaysisi o‘ziga xos
betakror xususiyatga egadir.
Birinchi davr - go‘daklik. Ushbu davrda go‘dakda
ongsizlikka asoslangan tashqi dunyoga nisbatan
“ishonch” tuyg‘usi vujudga keladi. Buning bosh
sababchisi ota-onaning mehr-muhabbati,
g‘amxo‘rligi va jonkuyarligining nishonasidir.
Agarda go‘dakda ishonch negizi paydo bo‘lmasa,
balki borliqqa nisbatan ishonchsizlik hissi tug‘ilsa, u
taqdirda voyaga etgan odamlarda mahdudlik,
umidsizlik shaklida aks etuvchi xavf vujudga kelishi,
ehtimol.
Ikkinchi davrda, ya’ni ilk bolalikda jonzodda yarim
mustaqqillik va shaxsiy qadr-qimmat tuyg‘usi
shakllanadi yoki aksincha, ularning qarama-qarshisi
bo‘lmish uyat va shubha hissi hosil bo‘ladi. Bolada
mustaqillikning o‘sishi, o‘z tanasini boshqarishga
keng imkoniyat yaratib, bo‘lg‘usida shaxs
xususiyatlariga aylanuvchi tartib va intizom,
mas’uliyat, javobgarlik, hurmat tuyg‘ularini tarkib
toptirishga puxta zamin hozirlaydi.
Uchinchi davr - o‘yin yoshi deb atalib 5 yoshdan 7
yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘ziga qamrab oladi. Mazkur
davrda tashabbus tuyg‘usi, qaysidir ishni amalga oshirish
va bajarish maylini tarkib toptiradi. Mabodo unda xohish-
istakni ro‘yobga chiqarishning yo‘li to‘sib qo‘yilsa, ushbu
holatda bola o‘zini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur yosh
davrida davra, ya’ni guruhiy o‘yin, tengqurlari bilan
muloqotga kirishish jarayonlari muhim ahamiyat kasb
etadi, natijada bolaning turli rollar sinab ko‘rishiga,
xayoloti o‘sishiga imkon yaratiladi. Xuddi shu davrda
bolada adolat tuyg‘usi, uni tushunish mayli tug‘ila
boshlaydi.
To‘rtinchi davr - maktab yoshi deb nomlanib, undagi asosiy
o‘zgarishlar ko‘zlagan maqsadga erishish qobiliyati,
uddaburonlik va mahsuldorlikka intilish tuyg‘usi bilan
ajralib turadi. Uning eng muhim qadriyati - omilkorlik va
mahsuldorlikdan iboratdir. Ushbu yosh davrining salbiy
jihatlari (illatlari) ham ko‘zga tashlanadi va ularning
qatoriga ijobiy xislatlari etarli darajada bo‘lmaganligi, ongi
hayotning barcha qirralarini qamrab ololmasligi,
muammolarni echishda aql-zakovatning etishmasligi,
bilimlarni o‘zlashtirishda qoloqligi (sustligi) va hokazo.
Xuddi shu davrda shaxsda mehnatga nisbatan individual
munosabati shakllana boshlaydi.
Beshinchi davr - o‘spirinlik - o‘zining betakror xislati, individualligi va
boshqa odamlar bilan keskin tafovutlanishi bilan tavsiflanadi.
SHuningdek, o‘smirlik shaxs sifatida noaniqlik, muayyan rolning
uddalamaslik, qat’iyatsizlik singari nuqsonlarga (illatlarga) egadir.
Mazkur davrning eng muhim xususiyati “rolni kechiktirish”ning
o‘zgarishi hisoblanib, birmuncha taraqqiyot bosqichiga
ko‘tarilishining daqiqasidir. Unda ijtimoiy hayotda bajarayotgan
rollarining ko‘lami kengayadi, lekin ularning barchasini jiddiy egallash
imkoniyati mavjud bo‘lmaydi, vaholanki bu kezda o‘spirin rollarda
o‘zini sinab ko‘rish bilan cheklanadi, xolos. Erikson o‘spirinlarda o‘z-
o‘zini anglashning psixologik mexanizmlarini batafsil tahlil qiladi,
unda vaqtni yangicha his qilish, psixoseksual qiziqish, patogen
(kasallik qo‘zg‘atuvchi) jarayonlar va ularning turli ko‘rinishlari
namoyon bo‘lishini sharhlaydi.
Oltinchi davr - yoshlik boshqa odamga (jinsga) nisbatan psixologik
intim yaqinlashuv qobiliyati (uquvi) va ehtiyoji vujudga kelishi bilan
ajralib turadi. Ayniqsa, jinsiy mayl bu sohada alohida o‘rin tutadi.
Bundan tashqari, yoshlik tanholik va odamovilik kabi bexosiyat
xususiyatlari bilan tafovutlanadi.
Yettinchi davr - etuklik davri deb atalib, hayot va
faoliyatning barcha sohalarida (mehnatga, ijodiyotga,
g‘amxo‘rlikda, pusht qoldirishda, tajriba uzatishda va
boshqalarda) mahsuldorlik tuyg‘usi unga uzluksiz
ravishda hamroh bo‘ladi va ezgu niyatlarning amalga
oshishida turtki vazifasini bajaradi. SHuningdek,
mazkur davrda ayrim jihatlarda turg‘unlik tuyg‘usi
nuqson (illat) sifatida hukm surishi ehtimoldan holi
emas.
Sakkizinchi davr, ya’ni qarilik inson tariqasida o‘z
burchini uddalay olganligi, turmushning keng
qamrovligi, undan qanoatlanganligi (qoniqqanligi)
tuyg‘ulari bilan tavsiflanadi. Salbiy xususiyat sifatida
ushbu yoshda hayotdan, faoliyatdan noumidlilik,
ulardan ko‘ngil sovish his-tuyg‘ularini ta’kidlab o‘tish
o‘rinlidir. Donolik, soflik, gunohlardan forig‘ bo‘lishlik
bu yoshdagi odamlarning eng muhim jihati, saxovati
hisoblanadi, binobarin, har bir alohida olingan holatga
nisbatan shaxsiyat va umumiyat nuqtai nazardan
qarash ularning oliy himmati sanaladi.
Myers D. G. Psychology. Hope College. Holland,
Michigan, 2010. - Р. 556.
Dostları ilə paylaş: |