5 mavzu. Statistik ko’rsatkichlar


Nisbiy miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi



Yüklə 60,85 Kb.
səhifə2/4
tarix13.12.2022
ölçüsü60,85 Kb.
#74436
1   2   3   4
5-mavzu amaliy

Nisbiy miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi.
Nisbiy miqdorlar hisoblanayotganda taqqoslash bazasi (maxraj) qilib har xil miqdorlar qabul qilinishi mumkin. Jumladan, bazis miqdor sifatida davlat buyurtmasi, o`tgan davr miqdori (hajmi), o`rganilayotgan hodisa yig’indisi, boshqa mintaqa (hudud) ko`rsatkichi yoki qandaydir boshqa hodisalar ko`rsatkichi olinishi mumkin. Shunga qarab, nisbiy miqdorlar quyidagi asosiy turlarga bo`linadi:

  • Reja topshirig’i nisbiy miqdorlari.

  • Buyurtma (shartnoma) bajarilishi nisbiy miqdorlari.

  • Dinamika nisbiy miqdorlari.

  • Tuzilma (struktura) nisbiy miqdorlari.

  • Koordinatsiya nisbiy miqdorlari.

  • Intensiv nisbiy miqdorlar.

  • Ob`ektlararo va hududiy taqqoslash nisbiy miqdorlari.

Har bir nisbiy miqdor turi muayyan vazifani bajaradi.
Reja topshirig’i nisbiy miqdori rejalashtirilayotgan davr ko`rsatkichining oldingi yilning haqiqiy ko`rsatkichiga nisbatan qanday o`zgarishi lozimligini ko`rsatadi va quyidagicha hisoblanadi:
.
bu erda: RTnm – reja topshirig’i nisbiy miqdori.
DRTjoriy davr uchun reja topshirig’i.
Dobazis davrda haqiqiy bajarilgan ko`rsatkich.
Buyurtma (shartnoma) bajarilishi nisbiy miqdori muayyan davr ichida shartnomadagi topshiriqlarning qay darajada bajarilganligini tavsiflaydi. Buning uchun haqiqiy bajarilgan ko`rsatkich buyurtmadagi ko`rsatkich bilan taqqoslanadi:
.
bu erda: RTnm – buyurtma (shartnoma) bajarilishi nisbiy miqdori;
D1joriy davrda haqiqiy bajarilgan daraja;
DBT – buyurtmadagi topshiriq darajasi.
Dinamika nisbiy miqdorlari bir xil turdagi hodisa va jarayonlarning vaqt bo`yicha o`zgarishini tavsiflaydi. Ular joriy davr ko`rsatkichini bazis davr ko`rsatkichiga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi. Agar davrlar soni uch va undan ortiq bo`lsa, u holda har bir keyingi davr darajasini undan oldingi davr darajasiga taqqoslash yo`li bilan ham dinamika nisbiy miqdorlarini aniqlash mumkin. Birinchi ko`rinishda hisoblangan dinamika nisbiy miqdorlari bazisli, ikkinchisi esa zanjirsimon deb yuritiladi. Umumiy ko`rinishda ular quyidagicha hisoblanadi:
1. .
2. .
bu erda: – bazisli usulda hisoblangan dinamika nisbiy miqdorlari;
Di – i davr darajasi;
Di-1 – har bir keyingi davrdan oldingi davr darajasi;
Dobazis davr darajasi.
Bazisli yoki zanjirsimon nisbiy miqdorlarni qo`llash tahlil oldida qo`yilgan maqsadga bog’liq. Agar faqat bazis davrga nisbatan keyingi davrlar darajasi qancha o`zgarganligini bilmoqchi bo`lsak, u holda bazisli usul, agar har bir keyingi davr o`zidan oldingi davr darajasiga nisbatan qancha o`zgarib borayotganini kuzatmoqchi bo`lsak, u holda zanjirsimon usul qo`llaniladi.
Reja topshirig’i (DRT/Do), rejaning bajarilishi (D1/DRT) va dinamika (D1/Do) nisbiy miqdorlari o`rtasida quyidagi bog’lanish mavjud: reja topshirig’i nisbiy miqdori bilan reja bajarilishi nisbiy miqdorining ko`paytmasi dinamika nisbiy miqdoriga teng. Buni quyidagicha yozish mumkin:
.

Yüklə 60,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin