5 mavzu. Statistik ko’rsatkichlar


Tuzilma (struktura) miqdorlari



Yüklə 60,85 Kb.
səhifə3/4
tarix13.12.2022
ölçüsü60,85 Kb.
#74436
1   2   3   4
5-mavzu amaliy

Tuzilma (struktura) miqdorlari deyilganda to`plamdagi ayrim guruhlarning shu to`plamning umumiy yig’indisiga bo`lgan nisbati tushuniladi. Umumiy ko`rinishda bu ko`rsatkich quyidagicha hisoblanadi:

bu erda: TNM – tuzilma nisbiy miqdorlari;
n – to`plamdagi ayrim guruhlar (bo`laklar);
n – to`plam yig’indisi.
Tuzilma nisbiy miqdorlari o`rganilayotgan to`plamining tarkibini tavsiflaydi va shu to`plamdagi har bir guruh (bo`lak) lar umumiy to`plamning qancha qismini (ulushini) tashkil qiladi, degan savolga javob beradi.
Tuzilma nisbiy miqdorlari, odatda, to`plam o`z mohiyati jihatidan bir-biridan tubdan farq qiluvchi guruhlarga, bo`laklarga ajratilgan hollarda keng qo`llaniladi. SHuning uchun ham bunday mikdorlar statistik ma`lumotlarni guruhlash bilan bevosita bog’liq va ularni hisoblash asosida hlash yotadi.
Koordinatsiya nisbiy miqdorlari deyilganda to`plamdagi guruhlar (bo`laklar)ning bir-biriga bo`lgan nisbati tushuniladi. Ular tuzilma nisbiy miqdorlarini to`laroq xarakterlash, shuningdek to`plam birliklari o`rtasidagi zaruriy nisbatlarni nazorat qilish uchun keng qo`llaniladi. Masalan, sanoat mahsulotini ishlab chiqarishda «A» va «B» guruh mahsulotlari, milliy daromad qiymatida iste`mol va jamg’arma nisbati, korxonalarda xodimlar toifalari o`rtasidagi zaruriy nisbatlar koordinatsiya nisbiy miqdorlarini hisoblash yordamida kuzatiladi.
Intensiv nisbiy miqdorlar hodisa va jarayonlarning tarqalish zichligini, uchrashish tezligini tavsiflaydi. Bunday miqdorlar bir-biri bilan bog’langan turli xildagi hodisalarni taqqoslash natijasida olinadi.
Statistikada turli-tuman intensiv nisbiy miqdorlar qo`llaniladi. Jumladan, aholining turmush darajasini tavsiflovchi ko`rsatkichlar, masalan, jon boshiga to`g’ri kelgan milliy daromad, 100 kishiga to`g’ri kelgan o`rta va oliy ma`lumotlar soni, shifokorlar, 1 ga erga solingan o`g’it, 1 km2 ga to`g’ri kelgan aholi va hokazo.
Intensiv nisbiy miqdorlarning boshqa turdagi nisbiy miqdorlardan farqi shundaki, bu miqdorlarning natijalari mavhum ko`rinishda, ya`ni koeffitsient, foizda emas, balki aniq son, hajm va miqdorlarda ifodalanadi.

Yüklə 60,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin