5-mavzu: ta`limni tashkil etish shakllari va turlari. (Noan`ANAVIY ta`lim shakllari). Quyidagi amaliy ishlarni bajaring



Yüklə 34,89 Kb.
səhifə2/4
tarix20.11.2023
ölçüsü34,89 Kb.
#163418
1   2   3   4
seminar-5

Tarbiyaviy maqsad Tarbiya qoidalarini o’rganish orqali ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, o’quvchilar shaxsini hurmatlash kabi fazilatlar ruhida tarbiyalash; tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli; mafkuraviy tushunchalarni shakllantirishda tarbiya jarayonining ahamiyati.
Rivojlantiruvchi maqsad: tarbiya qoidalari va metodlarini tarbiya jarayonida to’g`ri tanlab bilishni o’rgatish, o’zlashtirishi past bo’lgan talabalarga alohida topshiriqlar berib, ularni faollashtirish.


Mashg’ulotnin borishi
Ta’lim shakllarining tarixiy taraqqiyoti Dastlab ta’lim shakllarining paydo bo’lishi tarixiga qisqacha to’xtalib o’tish kerak. O’tmishdagi musulmon maktab va madrasalarning ta’lim berish shakllari, keyinchalik XV11 asrga kelib, buyuk pedagog Ya.A. Komenskiy (1592-1670) tomonidan maktab ta’limida sinf-dars tizimini yaratilishi, bu tizim tezda shuhrat qozonib, ko’p davlatlarga yoyilib ketganligi haqida gapiriladi. Bu tizimning Markaziy Osiyodagi eski musulmon maktablariga tadbiq etilmaganligi va faqat oktabr to’ntarilishidan so’ng bizga sinf-dars tizimining kirib kelganligiga to’xtalib o’tiladi. Sinf va dars tushunchalariga ta’rif beriladi. Sinf- dars tizimining mohiyati yoritiladi.
Sinf, dars tushunchalari va uning mohiyati, darsga qo’yilgan talablar. . O‘quvchining darsga tayyorgarligi. Dars oldiga qo’yilgan didaktik talablarga to’xtab o’tish lozim. Dars turlari: 1.Yangi bilimni bayon qilish, 2.O’quv materiallarini mustahkamlash, 3. Takrorlash va umumlashtirish, 4. O’zlashtirishni nazorat qilish va baholash, 5.Aralash darslar haqida gapiriladi. So’ngra esa yuqoridagi adabiyotlardan foydalangan holda har bir dars turining tuzilishi, tartmbiga oid misollar keltiriladi.
Biz hammamiz sinf-dars tizimida o’qiganmiz. Xo’sh, bu tizimning mohiyati nimadan iborat va u qanday tuzilishga ega?
Ta’limning maqsadi - mustaqil jamiyatimizning ravnaqiga nazariy va amaliy hissa qo’sha oladigan "barkamol avlod"ni tarbiyalash.
Ta’limning vazifasi - yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirish.
Darsning maqsadi - o’qituvchining rejalashtirgan aniq bir mavzusini o’quvchilarga bildirishi va o’quvchilar o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirib ko’rish hamda yangi mavzuga zamin yaratish.
Darsning mazmuni - uni o’qituvchi tomonidan rejalashtirilgan tugal ma’noga ega matn tashkil etadi. Uni o’quvchilar ongiga singdirish jarayonida manba, xulosa va hikoyalardan foydalanadi.
Sinf - deganda, yoshi va bilim darajasi bir xil bo’lgan o’quvchilar guruhi tushuniladi.
Dars - aniq maqsadni ko’zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o’quvchi, yoshlar bilan o’qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg`ulotlardir. Dars - o’z oldiga qo’yilgan aniq maqsad va tugal mazmundan iborat.
Shuni unutmaslik kerakki, ta’lim ishlari darsdan tashqari ham to’garak, ekskursiyalar shaklida olib boriladi.
Talabalar darsga qo’yilgan talablarga va sinf- dars tizimining zamonaviy /noan’anaviy/shakli haqida ham o’z fikrlarini bayon etishlari lozim.
Talabalar ma’ruza va seminar mashg`ulotlari davomida dars tiplari va ularning tuzilishini mazmun mohiyatini asosan o’rganib chiqishgan. Shuning uchun dars tiplarini tuzilishi jihatdan to’g`ri tanlab bilishlari haqida to’xtalib, dars tiplarini sanab o’tishlari mumkin

Yüklə 34,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin