5-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va mahnaviy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi. Reja


Qadriyat tushunchasi va uning umumiy tavsifi. Qadriyatlar va baholar



Yüklə 105,53 Kb.
səhifə16/23
tarix24.12.2023
ölçüsü105,53 Kb.
#193007
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
5-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va mahnaviy qadri-fayllar.org

Qadriyat tushunchasi va uning umumiy tavsifi. Qadriyatlar va baholar. Qadriyatlar haqidagi ta’limot yaqinda vujudga kelgan deb hisoblash odat tusini olgan. Ammo bu noto’g’ri. Falsafa tarixida ildizlari ilk falsafiy tizimlarga borib taqaluvchi ancha kuchli qadriyatlarga doir an’anaga duch kelish mumkin. Qadimgi davrdayoq faylasuflarni qadriyatlar muammosi qiziqtirgan. Ammo o’sha davrda qadriyat borliq bilan ayniylashtirilgan, qadriyatga xos bo’lgan xususiyatlar esa uning mazmuniga kiritilgan. Masalan, Zardo’sht, Moniy, Suqrot va Platon uchun yaxshilik va adolat kabi qadriyatlar haqiqiy borliqning bosh mezonlari hisoblangan. Bundan tashqari, qadimgi faylasuflar qadriyatlarni tasniflashga harakat qilganlar. Xususan, Moniy zulmat va ziyo dunyosi mavjud, birinchi dunyoda adolatsizlik, zulm, zo’ravonlik, ikkinchisida esa abadiy, engilmas doimiy qadriyatlar hukm suradi deb xisoblaydi Aristotel o’ziga to’q qadriyatlarni (ular jumlasiga faylasuf inson, baxt, adolatni kiritgan) va anglab etish imkoniyati insonning oqilligiga bog’liq bo’lgan nisbiy qadriyatlarni farqlaydi.
Turli falsafiy davrlar va ularda mavjud bo’lgan falsafiy maktablar qadriyatlar tushunchasining shakllanishiga o’z hissasini qo’shgan. Masalan, O’rta asrlarda g’arbda ham sharqda ham qadriyatlar diniy xususiyat kasb etgan va ilohiy mohiyat bilan bog’langan. Uyg’onish davrida A.Navoiy, A.Jomiy, Rumiy, Leonardo da Vinche ijodida insonparvarlik va hurfikrlilik qadriyatlari birinchi o’ringa chiqqan. Jumladan A.Navoiyning odil jamiyat qurish haqidagi g’oyasida umuminsoniy qadriyatlar tizimi, komil inson ta’limotida esa eng etuk inson qiyofasiga xos shaxsiy qadriyatlar tizimi ifodalangan.
YAngi davrda qadriyatlar haqidagi ta’limotga nisbatan yondashuvlar ratsionalizm nuqtai nazaridan tavsiflana boshlanganki, bu hol fanning rivojlanishi va yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi bilan izohlanadi. Bu davrda qadriyatlar va ularning mezonlari muammosi Rene Dekart, Benedikt (Barux) Spinoza, Klod Adrian Gelvetsiy, Pol Anri Golbax, A. Avloniy, A.Donish, Furqat, Muqumiy va boshqa mutafakkirlarning asarlarida o’z aksini topgan. Jumladan A.Avloniy ”Turkiy guliston yohud axloq” asarida “yaxshi xulqlar- muhabbat, yaxshilik, adolat, haqiqat, shijoat, ibrat kabi ijobiy qadriyatlarni va razolat, g’iybat, jaholat, adovat kabi “yomon xulqlar”ni farqlaydi. Keyinroq XX asrda o’zbek faylasufi S.SHermuxamedov Avloniy g’oyasini davom ettirib insonga tabiat 36 ta ijobiy fazilat va 36 ta salbiy illat ato etganligini, ularning qay darajada namoyon bo’lishi inson o’z hayotining qadriga etishida ko’rinishini e’tirof etadi.
Immanuil Kant falsafasi qadriyatlar haqidagi ta’limotning rivojlanish jarayonida tub burilish yasadi. Kant mavjudlik va joizlik, voqelik va ideal, borliq va yaxshilik tushunchalarini birinchi bo’lib farqladi, erkinlik sifatidagi axloqiylik muammosini zaruriyat qonuni ta’siri ostida bo’lgan tabiat sohasiga qarama-qarshi qo’ydi va h.k.
Qadriyatlar nazariyasi falsafiy bilimlarning ilmiy tizimi sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida Vilgelm Vindelband, Rudolf Lotse, German Kogen, Genrix Rikkert kabi nemis faylasuflarining asarlarida shakllana boshladi. Ayni shu davrda
R. Lotse va G.Kogen ob’ekt ma’nosidagi qadriyat tushunchasiga ilk bor falsafiy ta’rif berdi. XX asrning boshida fransuz faylasufi P.Lapi qadriyatlar nazariyasini ifodalash uchun «aksiologiya» (yunon. axios - qadriyat, logos – fan, ta’limot) atamasini muomalaga kiritdi. Keyinchalik aksiologiya muammolari fenomenologiya, germenevtika, ekzistensializm va boshqa falsafiy yo’nalishlarning vakillari tomonidan tadqiq etildi.
Mamlakatimizda aksiologiya qadriyatlar haqidagi fan sifatida sho’ro davrida, uning nazariy asosini idealistik falsafa tashkil qilgani uchun rad etildi. XX asrning 80-yillaridan e’tiboran bu nazariya rivojlana boshladi. Bu dastlab X. SHayxova, Q. Nazarov ijodida milliy qadriyatlarning asosiy shakllari, inson qadri va shaxsiy qadriyatlarning tahlilida, so’ngra bir qancha yosh olimlar ijodida o’z ifodasini topdi. Xususan, Q.Nazarov inson qadri haqida fikr yuritar ekan, “Qarilik iborasini insonga nisbatan biologik ma’noda ishlatish mumkin, ammo bu tushunchani inson qadriga va qadriyatlariga nisbatan ishlatish nojoiz. Zero, qarilik qadrsizlanish bo’lmagani kabi yoshlik ham beqadrlik degani emas”1 deb ta’kidlaydi. Binobarin o’z shaxsi va boshqalarning qadrini anglash uchun insonning ma’naviy dunyosi ezgulikka xizmat qilishi, yuksak ijtimoiy sifatlarga ega bo’lishi, uning o’zi esa hayotning bebaho ne’mat ekanligini anglaydigan darajada tarbiyalangan bo’lmog’i lozim.
Demak, qadim zamonlardan boshlab hozirgi vaqtgacha falsafada qadriyat muayyan narsaning atributimi yoki u shaxs va jamiyat ehtiyojlari bilan belgilangan baholash mahsulimi, degan masala atrofida turli falsafiy maktablar va yo’nalishlarning vakillari o’rtasida muhokama qilingan va u hozir ham davom etmoqda. Birinchi holda qadriyat insondan qat’iy nazar mavjud bo’lgan ob’ektiv narsa yoki hodisa sifatida talqin qilinadi. Ikkinchi holda qadriyat tushunchasi erkin xususiyatga ega bo’lgan sub’ektiv nisbiy mulohazalar bilan bog’lanadi. Qadriyatlar mazmuni ob’ektlardan emas, balki insonning ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Bu ikki qarama-qarshi nuqtai nazar qadriyat tushunchasining ba’zi bir xususiyatlarini aks ettiradi, lekin u haqda aniq tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi.
Qadriyat voqelikning, ya’ni tabiat, jamiyat yoki madaniyat hodisalarining xossasi, degan fikrga qo’shilsak, haqiqat va qadriyatning ayniylashtirilishi muqarrardir. Ammo aksiologiyaning: «Baxt-saodat nima?», degan asosiy masalasini birinchi bo’lib ta’riflagan Suqrot haqiqat va qadriyat o’rtasida jiddiy farqlarni ko’rsatib bergan. Bilim baxt-saodatga erishishning muhim sharti, lekin u mazkur qadriyatga erishishning birdan-bir sharti emas. Bu hol shu bilan izohlanadiki, tabiat va jamiyat predmetlari va hodisalari o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularni anglab etish yo amalda nima mavjudligi haqidagi bilim shaklida, yo bu borliq qanday bo’lishi lozimligi, inson tabiatga va boshqa odamlarga nisbatan o’zini qanday tutishi kerakligi haqidagi tasavvur ko’rinishida amalga oshirilishi mumkin. Birinchi holda predmet haqidagi bilim uning haqiqiyligi yoki soxtaligi nuqtai nazaridan, ikkinchi holda – predmetning qimmati, ya’ni uning inson uchun ahamiyati nuqtai nazaridan tavsiflanadi.
Xo’sh aksiologiya nimani o’rganadi? Aksiologiya – falsafaning qadriyatlarni o’rganish bilan shug’ullanuvchi alohida bo’limi (yunon. axios - qadriyatlar, logos – bilim: qadriyatlar haqidagi fan). Qadriyatlar ulkan falsafiy ahamiyatga ega. Qadriyatlar tushunchasi insonning dunyoga bo’lgan munosabatining alohida jihatini namoyon etadi. Ular inson faoliyati, jamiyat va madaniyatning o’ziga xos xususiyatlarini yanada teranroq anglab etish imkonini beradi. Qadriyatlar inson va jamiyat hayotida muhim o’rin egallaydi, chunki insonning hayot tarzini, uning hayvonot dunyosidan ajralish darajasini aynan qadriyatlar tavsiflaydi. Qadriyatlar shaxsning hayot faoliyatida fundamental ahamiyat kasb etadi. Qadriyatlar odamlarni jipslashtirish, ularni hamjamiyatlarga birlashtirishning muhim omili hisoblanadi. Umumiy qadriyatlarning mavjudligi fuqarolar, ijtimoiy birliklar va guruhlarning tinch-totuvligini ta’minlaydi. Qadriyatlar muammosi jamiyat rivojlanishining o’tish davrlarida, tub ijtimoiy o’zgarishlar jamiyatda mavjud bo’lgan qadriyatlar tizimlarida o’zgarishlar yasab, odamlarni yo o’zlari ko’nikkan eski qadriyatlarni saqlash, yo turli partiyalar, jamoat birlashmalari, diniy tashkilotlar, harakatlarning vakillari tomonidan taklif qilinayotgan, hatto majburiy tarqatilayotgan yangi qadriyatlarga moslashishga majbur etuvchi davrlarda alohida ahamiyat kasb etadi. Qadriyatlar va mo’ljallarni yo’qotish yoki vujudga kelgan qadriyatlar tizimidan voz kechish esa muqarrar tarzda jamiyatning tanazzulga yuz tutishi va parchalanishiga olib keladi. Qadriyatlar – madaniyatning tizim yaratuvchi muhim omili. Qadriyatlar mazmuniga qarab butun jamiyat haqida hukm chiqarish mumkin. SHu sababli qadriyatlar nima, qadriyat va bahoning o’zaro munosabati qanday, qaysi qadriyatlar inson uchun eng muhim va qaysilari ikkinchi darajali, degan savollar bugungi kunda olamshumul ahamiyat kasb etadi. Aksiologiyaning predmetini barcha turdagi qadriyatlar, ularning tabiati, turli qadriyatlarning bir-biri, ijtimoiy va madaniy omillar hamda shaxs strukturasi bilan aloqasi tashkil etadi. Aksiologiya ta’limotiga ko’ra, qadriyatlar muayyan normativ kategoriya bo’lib, ular maqsad, ideal, mayl, intilish, qiziqish predmeti sanalgan hamma narsani qamrab oladi. Quyidagilar bu nazariyaning asosiy tushunchalari va kategoriyalari hisoblanadi: yaxshilik, qadr-qimmat, foyda, ahamiyat, baho, g’alaba, hayotning mazmuni, baht, hurmat va h.k.
Qadriyatning tabiati va mohiyatini tushunishga nisbatan bir necha yondashuv mavjud bo’lib, ular aksiologiya falsafiy tadqiqotlarning mustaqil sohasi sifatida vujudga kelganidan so’ng paydo bo’lgan. Quyida ularning ayrimlarini ko’rib chiqamiz.
1. Naturalistik psixologizm (Aleksius fon Meynong, Ralf Barton Perri, Jon Dyui, Klarens Irving Lyuis) qadriyatlarga manbai insonning biologik va psixologik ehtiyojlarida mujassamlashgan ob’ektiv omillar sifatida qaraydi. Mazkur yondashuv inson o’zining muayyan ehtiyojlarini qondirish jarayonida foydalanuvchi har qanday predmetlar va harakatlarni qadriyatlar qatoriga kiritish imkonini beradi.
2. Personalistik ontologizm. Mazkur yo’nalishning eng taniqli namoyandasi Mark SHeler ham qadriyatlarning ob’ektiv xususiyatini asoslashga harakat qilgan. Ammo, SHeler konsepsiyasiga binoan, muayyan predmetlar, hodisalar qadriyatini ularning empirik tabiati bilan ayniylashtirish mumkin emas. Aytaylik, rang o’zi tegishli bo’lgan predmetlardan qat’iy nazar mavjud bo’lishi mumkin bo’lganidek, qadriyatlar ham (go’zallik, ezgulik, fojeaviylik) o’zlari tavsiflovchi narsalardan qat’iy nazar idrok etilishi mumkin.
SHeler fikriga ko’ra, qadriyatlar dunyosi muayyan ierarxiyaga ega. Bu ierarxiyaning quyi pog’onasini hissiy mayllarni qondirish va moddiy ne’matlar bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlar egallaydi; yuksakroq qadriyatlar – bu «go’zallik» qadriyatlari va «ma’rifiy» qadriyatlar; «ilohiylik» va Xudo g’oyasi eng oliy qadriyat hisoblanadi. Bu qadriyatlar dunyosining realligi ilohiy shaxsning qadriyatiga asoslanadi. Inson shaxsining tipi esa unga xos bo’lgan qadriyatlar ierarxiyasi bilan belgilanadi. Ayni shu ierarxiya mazkur shaxsning ontologik asosi hisoblanadi.
3. Aksiologik transsendentalizm (Vilgelm Vindelband, Genrix Rikkert) qadriyatlarni ob’ektiv borliq sifatida emas, inson ehtiyojlari va mayllariga bog’liq bo’lmagan ideal borliq sifatida tushunadi. Bunday qadriyatlar qatoriga mustaqil mazmun kasb etadigan va ideal me’yorlar tarzida mavjud bo’lgan qadriyatlar – haqiqat, yaxshilik, adolat, go’zallik kiradi. SHunday qilib, mazkur konsepsiyada qadriyat borliq emas, balki manbai muayyan transsendental, ya’ni g’ayrioddiy ong sanalgan idealdir.

Yüklə 105,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin